5.
Respublikamizning mustaqil taraqqiyotini belgilovchi asosiy
tamoyillaridan
biri
narxlarni
erkinlashtirish
va
bozor
infrastrukturasini shakllantirishdir.
Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar va
xizmatlar bilan to`ldirishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biridir. Shu
sababli davlatimiz narxlarni birdaniga o`z holicha qo`yib yubormasdan
asta sekinlik bilan erkin narxga o`tib borishni taminladi. Narx-navo talab
bilan taklif o`rtasida belgilana boshladi. Chinakam
talab va taklif asosida
vujudga keladigan erkin bozor narxlarning amal qilishi bozor
iqtisodiyotining g`oyat muhim bo`g`ini bo`lib, bu bo`g`in mahsulot ishlab
chiqaruvchilar bilan istemolchilarni o`zaro jips tasirini taminlaydi. Ammo
davlatning bozor bahosiga tasir etishi, malum bir
iqtisodiy usullar orqali
olib boriladi, albatta.
Davlatning eng avvalo bozor va bahoga tasiri uni kuzatish va nazorat
qilish orqali amalga oshiriladi. Davlat xo`jalik munosabatlariga nisbatan
bahoni nazorat qilish standart xizmati,
soliq xizmati, sanitariya va
ekologiya xizmati kabi usullar orqali faoliyat ko`rsatadi.
Bozor infrastrukturasi bu bevosita transport xizmatini yo`lga qo`yish,
yuk tashish, tushirish, saqlash va tovar mahsulotlarini sotish bilan bog`liq
xizmat turlarining sifatini oshirish, bozorni o`rganish, bozordagi narx-navo
haqida malumot olib turish kabi xizmatlarni o`rniga qo`yish va shunga
o`xshash bozor rivojiga ko`mak beruvchi boshqa xizmat turlarini samarali
tashkil etish bilan bog`liq munosabatlardir.
6.
Dostları ilə paylaş: