Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

himoya qilish tamoyili.
Bu tamoyilning mohiyati har bir moddiy tovar 
ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi ho`jalik subyektining 
iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orqali 
himoya qilinadi. Eng avvalo iqtisodiy manfaatlarning himoyasi soliq 
munosabatlarida yorqin ko`zga tashlanadi. Jumladan, yangi tashkil etilgan 
korxonalar va tadbirkorlarga moddiy jihatdan o`z iqtisodini tiklab olishda 
imtiyozlar berilgan. Bank orqali ularga qarz berishda va soliq to`lashda 
ham malum bir imtiyozlar yaratilgan. Xo`jalik subyektlarining mulkiy 
huquqlari buzilganda qonunga muvofiq himoya qilinadi. Jumladan, 
xo`jalik subyektining mulkiga zarar yetkazilganda, shu zarar to`la hajmda 
zarar yetkzgan shaxsdan undirib olinadi. Agar mulk egasining xohishidan 
tashqari, qonunga zid holda boshqa shaxsga o`tkazilganida, bu mulkka 
davo qo`zg`atilib, egasiga (xo`jalikka) qaytariladi. (Fuqarolik Kodeksining 
228-233-moddalari). Agar to`sqinlik qilinganida, unday to`sqinliklar 
bartaraf etiladi. Mulk egasining huquqlari O`zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 231-moddasida belgilanganidek himoya qilinadi. 
Bundan tashqari FKning 232-moddasida belgilanganidek, xo`jalik 
subyekti mulkdor bo`lmasa ham lekin mol mulkka meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish, xo`jalik yuritish, operativ boshqarish 
huquqi asosida yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


asosga ko`ra egalik qilayotgan bo`lsa ham uning shu mol mulkka bo`lgan 
huquqlari FKning 228-231-moddalari qoidalariga muvofiq himoya 
qilinadi. 
Xo`jalik subyektining iqtisodiy manfaatlari, huquqi ham qonun bilan 
himoya qilinadi. Jumladan, xo`jaliklar boshqa shaxslar bilan shartnoma 
munosabatlariga kirishganida ularning manfaatlarini himoya qilishda 
monopoliyadan himoyalash tamoyili muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bu 
tamoyilning mazmuni tovar ishlab chiqaruvchilarning va xizmat 
ko`rsatuvchilarning bozorlarda erkin harakat qilishini taminlash maqsadida 
monopolistik faoliyatni cheklashga, nosog`lom raqobatning kelib 
chiqishiga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlar olib borilishida 
namoyon bo`ladi. Bu sohada O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 
dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatini 
cheklash va raqobat to`g`risida”gi qonuni muhim ahamiyatiga ega. 
Ana shu qonun orqali ayrim shaxslar tomonidan bozorni 
monopollashtirib, o`z shaxsiy manfaatiga xizmat qiladigan joyga 
aylantirishiga qarshi kurash olib borilyapti. Erkin bozorning tobora keng 
rivoj topishiga shart-sharoit yaratilib, bozorning eshigi hamma uchun 
ochiq bo`lishi, narx-navo talab bilan taklif natijasida belgilanishi 
taminlanmoqda.
4. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin