Respublikamizda bozor munosabatlarining bosqichma bosqich
shakllanib borishida tadbirkorlik faoliyatining, tadbirkorlik munosabatlari
ishtirokchilarining ham roli, tasiri tobora muhim ahamiyatga ega bo`lib
bormoqda. Jumladan, bu munosabatning o`ziga xos xususiyatlari, yani
ishlab chiqarishni tashkil etish, tadbirkorlikni ro`yxatga olish, uni korxona
shaklida rasmiylashtirish, hisob kitob olib borish, soliq to`lash, bozorga
tovar, ish va xizmat bilan chiqish tartibini va qoidasini belgilash, boshqa
korxona va tashkilotlar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarni huquqiy
boshqarishni taqozo etadi. Agar muqaddam fuqaro bozorga chiqishi
bizning iqtisodimiz uchun tasodifiy bir hol bo`lib va mamuriy huquq
qoidalari bilan boshqarilgan bo`lsa, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida
bu munosabatlar bir butun bo`lib, tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini
tartibga soluvchi yagona qoidalar bilan tartibga solinadi. Demak, korxona,
tashkilotlarning tadbirkorlarning moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko`rsatish bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlari bir butun holda xo`jalik
huquqiga oid qonunlar orqali tartibga solinib turiladigan xo`jalik
munosabatlarining
Dostları ilə paylaş: