tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag`batlantirishni va
yo`qotilgan xo`jayinlik tuyg`usini qayta tiklaydi.
Ishlab chiqaruvchining hukmini sindirish, ishlab chiqarishni
istemolchinining manfaatlariga bo`ysundirish, mahsulotga bo`lgan talabni
aniq
hisobga olish, konyuktura o`zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish
imkonini beradi. Tejamli xo`jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini
yaratadi, harajatlarni kamaytiradi, talon tarojga qarshi kurashadi.
Faqat bozorgina yangiliklarga sezgirlik qilib, fan va texnikaning eng
so`nggi yutuqlarini dadil va g`ayrat bilan joriy etadi, o`z ishining ustasiga,
kasb mahoratiga munosib baho beradi.
1
Bozor munosabatlari Respublikamizda borgan sari chuqurlashib
bormoqda. Moddiy ishlab chiqarish va ayriboshlash tobora rivojlanmoqda.
Lekin uning o`ziga xos xususiyatlariga ham etibor berish lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish muammolariga tik ko`z bilan qarash
kerak, degan edi I.A. Karimov. Bozor iqtisodiyotining
faqat ijobiy
tomoninigina emas, balki uning salbiy tomonini ham ko`ra bilish kerak.
Bozorga, ayniqsa uning shakllanish bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy
inqirozlar, ishsizlikning o`sishi, pulning qadrsizlanishi, ko`pgina
korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo`lishi,
aholining moddiy taminot jihatidan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid
xatti-harakatlar va jinoyatlarning o`sishi xosdir. Bozorning bu illatlarini
bilish,
ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to`g`ri
yechimlar topa bilish kerak.
2
Demak, bozorga o`tish, bu hozirgi davrdagi muqarrar jarayondir.
Ayni vaqtda bozor bu faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni
shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatidan tubdan yuqori
darajasiga erishish uslubi va vositasidir.
Shu sababli bozor munosabatlari korxona, tashkilotlarning va boshqa
turdagi tovar, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`zaro shartnomaviy
munosabatlari bilan uzviy bog`liqdir.
Bozor munosabatlari davridagi tovar ishlab chiqarish va uni
iste’molchilarga
yetkazib
berish
bilan
bog`liq
jarayonlar
respublikamizning
bir qator qonunlarida, jumladan, Fuqarolik Kodeksi
3
,
«Mulkchilik to`g`risida”
4
, «Ijara to`g`risida”
5
, «Qishloq xo`jaligi
1
Кaримoв И.A. Ўзбeкистoннинг ўз истиқлoл вa тaрaқиѐт йўли. –Т.: Ўзбeкистoн, 1992. 24-бeт.
2
Кaримoв И.A. Ўзбeкистoннинг ўз истиқлoл вa тaрaқиѐт йўли. –Т.: Ўзбeкистoн, 1992. 28-бeт.
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик Кoдeкси. –Т.: Aдoлaт, 1998 й.
4
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1990 й., 31-33-сoн.
5
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1992 й., 1-сoн, 45-мoддa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kooperativi
(shirkat xo`jaligi) to`g`risida”
1
, «Dehqon xo`jaligi
to`g`risida”
2
, «Fermer xo`jaligi to`g`risida”
3
,
“
Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to`g`risida”
4
gi va boshqa bir qator qonunlar bilan
huquqiy tartibga solinadi. Ana shu va shunga o`xshash boshqa qonunlar
bozor munosabatlarini tartibga soluvchi muhim huquqiy hujjatlar bo`lib
hisoblanadi. Xo`jalik huquqi esa ushbu qonunlarga tayanib rivojlanadi,
bozor iqtisodiyotining shakllanish jarayonida muhim huquqiy vosita bo`lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: