etishda barcha xo`jalik subyektlarining iqtisodiy
faoliyatini malum bir
maqsad sari yo`naltirib, huquqiy tartibga solib turadi.
2. Xo`jalik huquqining asosiy tamoyillaridan biri xo`jalik
(tadbirkorlik)
subyektlarining
iqtisodiy
faollik
erkinligidir.
U
Konstitusiyamizning 53-moddasida o`z ifodasini topgan. Bu tamoyilning
bozor iqtisodiy munosabatlarini tashkil
etishdagi ahamiyati shundan
iboratki, muqaddam iqtisodiy munosabatlar faqat yuqori turuvchi davlat
organlarining direktiv ko`rsatmalari asosida belgilangan edi. Bunday tartib
ishchi, xizmatchi va ziyolilarning ishbilarmonligi, ijobiy tashabbuskorligi,
qisqasi ijtimoiy faolliligiga to`sqinlik qilib qolgan edi.
Bozor
iqtisodiyotiga o`tib borish esa, jamiyat ehtiyojini
hisobga olgan holda
mulkiy munosabatlarning o`zgarib borishiga,
moddiy ishlab chiqarishni
rivojlantirib, mehnat unumdorligini oshirishga,
erkin mehnatning qaror
topishiga olib keldi. Natijada xo`jalik subyektlari yuqoridan beriladigan
buyruq
yoki
ko`rsatmaga
asoslanmasdan,
balki
ular
iqtisodiy
qonuniyatlargabozor qonuniyatlariga tayangan
holda moddiy ishlab
chiqarish va xizmat ko`rsatishda erkin bo`lib, faqat bozor talablariga rioya
etgan holda iqtisodiy raqobatda mustaqil qatnasha oladigan bo`ldi.
3.
Xo`jalik (tadbirkolik) subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini
Dostları ilə paylaş: