Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining tushunchasi va uning



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining tushunchasi va uning 
predmeti 
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqiga tarif berishdan avval uning huquq 
tizimida tutgan o`rniga to`xtalib o`taylik. Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqiga 
bir tomondan huquqning mustaqil sohasi sifatida, ikkinchi tomondan 
qonunchilik tarmog`i, uchinchidan fan, to`rtinchidan o`quv predmeti (fani) 
sifatida qaraladi. 
Ammo ayrim olimlar xo`jalik huquqini qonunchilik tarmog`i, fan va 
o`quv predmeti deb tan olsada, huquq tarmog`i ekanligiga shubha bilan 
qaraydilar. Jumladan, YU.K. Tolstoy xo`jalik huquqiga huquqlarning 
(kompleksi) yig`indi sohasi deb qaraydi. Bu fikr ayrim olimlar tomonidan 
quvvatlanadi. Buning isboti sifatida Alekseyev S.S. fikrini keltiraylik. 
Uning qarashicha, xo`jalik huquqi “fuqarolik xo`jalik huquqi va mamuriy 
xo`jalik huquqi“dan iborat bo`lib, huquq tizimida “ikkinchi darajali 
tuzilma“ sifatida qaralmog`i kerak. 
Ayrim olimlar esa xo`jalik huquqini huquqlarning (kompleks) 
yig`indisi sifatida tan olmasdan, balki xo`jalik munosabatlarini tartibga 
solib turuvchi huquqiy xujjatlarning bir butun yig`indisini tashkil etadi deb 
(Yakovlev V.F, Yakushev V.S.) hisoblaydilar. 
Boshqa guruh mualliflarining, masalan I.YE.Kraskoning fikricha, 
xo`jalik 
huquqi 
davlat 
sektorida 
vujudga 
keladigan 
xo`jalik 
munosabatlarini tartibga soladi, O.A.Krasavchikov fikricha, xo`jalik 
huquqi funksiyalari o`zaro bir-biri bilan bog`liq bo`lgan turli xil huquq 
sohasi qoidalari jamlangan huquqiy massivdir. Ushbu fikrlarga qarshi 
o`laroq, o`tgan asrning oxirgi yillariga kelganda xo`jalik huquqini yagona, 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1998 й., 5,6-сoн, 84-мoддa 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1998 й., 5,6 -сoн, 88-мoддa. 
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнун ҳужжaтлaри тўплaми", 2004 йил, 40-41-сoн, 433-мoддa. 
4
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 2000 й., 5,6-сoнлaр, 140-мoддa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


mustaqil huquq sohasi sifatida ilgari surgan yangi konsepsiya, qarashlar 
yuzaga keldi. Bu qarashlarga ko`ra, xo`jalik huquqi korxona, 
tashkilotlarning o`zaro va ularning bo`limlari bilan bo`ladigan xo`jalik 
faoliyatini amalga oshirishda rahbarlik qilishda tashkil topadigan 
munosabatlarni tartibga soladi. Bunday qarashning asosiy vakili, tarafdori 
V.V. Laptev edi. Uning fikricha xo`jalik huquqi huquqning mustaqil 
sohasi sifatida o`zida huquqiy qoidalar yig`indisini ifoda etadi. Shu sababli 
u xo`jalik huquqiga shunday tarif beradi: xo`jalik huquqi xo`jalik 
yuritishning maqsadga muvofiqligini taminlash maqsadida, huquqiy 
boshqarishning turli xil usullaridan foydalanilgan holda korxona, 
tashkilotlar va ularning bo`limlari o`rtasidagi xo`jalik munosabatlarini 
tartibga soluvchi xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi va rahbarlik 
tartibini belgilovchi qoidalardan iboratdir.
Malumki, xo`jalik faoliyati, sobiq tuzum sharoitida yagona mulkka 
va davlat rejasiga asoslangan xo`jalik munosabatlaridan iborat bo`lib. u 
gorizontal xo`jalik munosabatlarini xuddi shunday ularga rahbarlikdan 
kelib chiqadigan vertikal munosabatlarini o`z ichiga qamrab olgan edi. 
Xo`jalik huquqi xo`jalik munosabatlarining subyektlari o`rtasidagi 
vertikal va gorizontal aloqalarni tartibga soladi. Ammo hozirgi 
munosabatlar rejali taqsimotdan, mamuriy buyruqbozlikdan mutlaqo holi 
bo`ladigan iqtisodiy munosabtlardir. Bu munosabatda ishtirok etadigan 
subyektlar mutlaqo erkin bo`lib, faqat qonunga va tuzilgan shartnoma 
shartlariga qatiy rioya etadilar.
Bozor munosabatlarini tobora rivojlanib borishi, yangi-yangi 
mulkdorlar guruhini tadbirkorlarni keltirib chiqaradigan bu guruhlar 
xo`jalik munosabatlarining mustaqil subyekti bo`lib ishtirok etadi. Ular 
o`rtasidagi mulkiy munosabatlarning aksariyati xo`jalik qonunchiligi bilan 
tartibga solinadi. Xo`jalik huquqiy munosabatlar doirasi, bozor 
iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan birga borgan sari kengayib boradi, 
xususan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasida korxonalar, 
tadbirkorlar, fermerlar, dehqon xo`jaliklari, banklar, birjalar va shunga 
o`xshash boshqa subyektlar o`ziga xos maxsus faoliyat ko`rsatadilar. 
Shu tufayli xo`jalik huquqining tushunchasi, xo`jalik huquqining 
predmeti qanday? U mustaqil fan tarmog`imi? Yoki tadbirkorlikning 
turimi? Tadbirkorlik munosabatlari ham xo`jalik munosabatlarini tashkil 
etadimi? kabi savollarning javoblarini aniqlashtirish lozim, shundan so`ng 
xo`jalik (tadbirkorlik) xuquqining o`ziga xos tamoyillariga to`liq tavsif 
berish mumkin. Xo`jalik xuquqi xuquq tarmog`i sifatida xo`jalik va 
iqtisodiyot sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normalar yig`indisidan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


iborat. 
“Iqtisodiy 
faoliyat“ 
termini 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasining 
53-moddasida 
belgilangan. 
“Iqtisod“ 
so`zi 
“ekonomika“ grekcha “ekonomos“so`zidan olingan bo`lib, “xo`jalik“ 
degan manoni anglatadi. Ushbu termin qonun chiqaruvchi tomonidan 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Xo`jalik faoliyati 
sohasidagi jinoyatlar“ deb nomlangan XSH bobida qo`llanilgan. Bundan 
tashqari O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69-moddasida 
“xo`jalik faoliyati“ O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunning 18-moddasida “iqtisodiy 
faoliyat“ iboralari qo`llanilganligini misol tariqasida ko`rsatib o`tish 
mumkin.
Iqtisodiy (xo`jalik) faoliyatni quyidagi bosqichlarini:
-
ishlab chiqarish (ekspluatasiya)gacha bo`lgan bosqich (ro`yxatdan 
o`tkazish, lisenziyalash, ruxsatnoma olish); 
-
ishlab chiqarish (ekspluatasion), (tovarlarni ishlab chiqarish, ularni 
topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko`rsatish); 
-
ishlab chiqarishdan (ekspluatasiyadan) keyingi bosqich (soliq 
xizmati oldidagi, statistika organlari oldidagi majburiyatlarning vujudga 
kelishi); 
iqtisodiy (xo`jalik) faoliyati manfaatlarining subyektlari sifatida:
-
jamiyat va davlat;
-
korxonalarning mehnat jamoalari; 
-
mahsulot istemolchilari; 
-
korxona mulkdorlarini ajratish mumkin. 
Xo`jalik faoliyati jarayonidagi manfaatlar hudud va milliy sifatlari 
bo`yicha tasniflanadi:
1. Milliy va xorijiy
2.
Regional va mahalliy
3. Iqtisodiyot sohalari bo`yicha.
Jumladan, notijorat munosabatlarni, shuningdek davlat va jamiyat 
manfaatini taminlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga 
solish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solib turuvchi qoidalar 
yig`indisini o`zida mujassamlashtiradi.
1
Xo`jalik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat emas, 
balki ishlab chiqarishni boshlash uchun bino olish yoki qurish, joy olish, 
yoqilg`i, xom ashyo, asbob-uskunalarga ega bo`lish bilan bog`liq 
munosabatlarni ham qamrab oladi. Ana shular xo`jalik huquqining 
1
Мартемиянов А.С. Хозяйственое право Т.1 –М.: БЕК,1994. 1-2-бeтлaр. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bo`lib, bevosita daromad (foyda) 
olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham bog`liq bo`ladi. Bular 
jumlasiga mulkni boshqarish, korxonani tuzish va tugatish bo`yicha 
tashkiliy mulkiy tusdagi bog`liq barcha faoliyatlarni kiritishimiz mumkin. 
Xo`jalik munosabatlarining asosiy qismini xo`jalik subyektlarining 
o`zaro vertikal va gorizontal munosabatlari tashkil etadi. Xo`jalik huquqi 
fanida 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin