Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

BBK 67.404ya73
Alisher Navoiy nomidagi
O`zbekiston Milliy kutubxonasi 
 
© Toshkent davlat yuridik instituti, 2007-yil. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu darslikni yuridik fanlari doktori, 
professor 
B.I.Ibratov, katta o`qituvchi 
N.N.Ro`zmatovlarning yorqin xotirasiga 
bag`ishlaymiz. 
 
KIRISH 
Iqtisodiyotni markazlashtirilgan rejali tizimidan erkin bozor 
munosabatlariga o`tib borilayotgan bir davrda xo`jalik yurituvchi 
subyektlar huquqiy holati va ular o`rtasida vujudga keladigan 
munosabatlar tabiati o`ziga xos tarzda o`zgarmoqda va bunday 
munosabatlar yangicha mazmun bilan boyimoqda. Bu esa o`z navbatida 
turli xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasida vujudga keladigan 
munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunlarni qabul 
qilish va ularni muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi.
Malumki, O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga 
kiritgandan so`ng qabul qilingan qonunlarning aksariyati mulkiy va mulk 
bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. 
Xo`jalik (tadbirkorlik) subyektlari o`rtasida, qolaversa, iqtisodiyotni 
boshqarishda xo`jalik (tadbirkorlik) subyektlari bilan davlat o`rtasida 
vujudga keladigan munosabatlar aynan xo`jalik munosabatlari hisoblanib, 
uni tartibga solishning huquqiy jihatlarini tadqiq qilish va bu sohadagi 
huquq normalarini takomillashtirib borish muammolarini tadqiq qilish 
xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi fani zimmasiga tushadi. 
Keng kitobxonlar etiboriga havola etiladigan mazkur «Xo`jalik 
(tadbirkorlik) huquqi» bo`yicha darslik yuqoridagi vazifalarni amalga 
oshirishdek dolzarb masala va muammolarni yoritishga xizmat qiladi. 
Unda nazariyot va amaliyotda katta tajribaga ega bo`lgan mualliflar 
amaldagi qonun hujjatlari mazmunini tahlil etadilar, xo`jalik (tadbirkorlik) 
faoliyatini huquqiy tartibga solish ahamiyatini ochib bergan. Qolaversa, 
darslikda foyda olishga qaratilgan faoliyat mazmunigina emas, balki 
istemolchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat mazmuni 
ham keng yoritilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-moddasiga muvofiq, 
bozor munosabatlariga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini 
xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat istemolchilarning huquqi 
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish 
erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy 
jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mazkur darslikning alohida ahamiyatga molik jihati shundaki, uning 
har bir mavzusi iqtisodiyot bilan huquqning aloqadorligi va mushtarakligi 
tamoyiliga tayangan holda ochib beriladi. Mualliflar faqatgina xo`jalik 
(tadbirkorlik) sohasidagi qonun hujjatlarini tahlil etibgina qolmasdan, balki 
o`z yechimini kutayotgan muammolarga ham to`xtalib o`tganlar. Bundan 
tashqari, 
tadbirkorlik 
huquqiy 
munosabatlari 
xo`jalik 
huquqiy 
munosabatlarining ajralmas tarkibiy qismi ekanligi ham nazariy, ham 
amaliy jihatdan darslik mavzulari mazmuniga singdirilgan va ularning 
o`zaro uyg`unligi har taraflama bayon qilingan. 
Darslikning amaliy ahamiyati to`g`risida to`xtalar ekanmiz, uning 
tegishli paragraflarida xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini huquqiy tartibga 
solishda davlatning roli, bunday tartibga solishning shakllari va usullari, 
kichik va o`rta biznesning rivojlantirishga tasir etish, istemolchilarning 
huquqlarini turli usullar bilan himoya qilish masalalari batafsil ochib 
beriladi. 
Iqtisodiyot va huquqning umumiy masalalari bilan bir qatorda 
darslikda xo`jalik faoliyatining yuridik shakli bo`lgan xo`jalik 
shartnomalarining roli va ahamiyati, qimmatli qog`ozlar muomalasi, 
raqobatni rivojlantirish, shuningdek monopolistik faoliyatni cheklashning 
huquqiy masalalari, investisiya faoliyatini huquqiy tartibga solish, xo`jalik 
nizolarini hal etish usullari kabi masalalar darslikdan salmoqli o`rin 
egallagan. 
Fikrimizcha, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida 
Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan qonunlarni hayotga tatbiq 
etishdagi bazi xato va kamchiliklar asosan iqtisodiy bilimlarni chuqur 
egallanmaganligi bois sodir bo`lmoqda. Shu sababli, huquqiy davlat 
qurishdek yuksak vazifani amalga oshirish bevosita kadrlarimizni iqtisodiy 
huquqiy bilimlarini oshirish vazifasini ham o`z ichiga qamrab olmog`i 
lozim. 
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi asoslari to`g`risidagi bilim nafaqat 
huquqshunoslik sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun, balki ijtimoiy, 
texnik, qolaversa medisina kabi boshqa sohadagi oliy, o`rta-maxsus o`quv 
yurtlari talabalari uchun ham juda muhimdir. Chunki o`quv yurtini bitirgan 
mutaxassis bugungi kunda xohlasa-xohlamasa xo`jalik (tadbirkorlik) 
faoliyatiga daxldor bo`lib qoladi, chunonchi, uning shaxsan o`zi xo`jalik 
(tadbirkorlik) faoliyati bilan shug`ullanishiga to`g`ri keladi yoki u o`z 
xizmat vazifasini bajarish jarayonida unga ro`baro` keladi. Xulosa qilib 
aytganda, xo`jalik (tadbirkorlik)ning huquqiy asoslari bilan O`zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining hayoti chambarchas bog`liqdir. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qolaversa, xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi asoslari bo`yicha bilimlar 
majmui nafaqat O`zbekiston Respublikasi xo`jalik yurituvchi subyektlari 
faoliyati uchun, balki chet el investorlarini O`zbekiston hududida faoliyat 
olib borishlarining huquqiy jihatlarini ham belgilab beradi.
Fikrimizcha, mazkur darslikdan xalq xo`jaligining turli sohalari 
mutaxassislari, turli o`quv yurtlari talabalari va boshqa iqtisodiyot va 
huquq masalalariga qiziquvchi shaxslar o`zlariga kerakli malumotlarini va 
bilimlarni topa oladilar. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin