Yuqorida ko`rsatib o`tilgan munosabatlar guruhi bozor iqtisodiga oid
bo`lgan va davlat tomonidan tartibga solinadigan xo`jalik
subyektlarini
ko`p qirrali faoliyatini ifodalaydi.
Boshqariladigan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish xo`jalik
munosabatlari to`g`risidagi va tegishli xo`jalik huquqi predmeti haqidagi
tushunchaning ham o`zgarishiga olib keladi. Chunki, mamuriy
buyruqbozlikka asoslangan xo`jalik huquqi tizimi muqaddam faqat
davlatga
tegishli
bo`lgan
korxona,
tashkilotlarga
doir
xo`jalik
munosabatlariga, shuningdek kooperativ va boshqa tashkilotlar bilan
bog`liq xo`jalik munosabatlariga xizmat qilgan edi. Hozirgi kunda esa
mulk shakllarining ko`p xilligi, fuqaro
mulklarining kichik korxona
shaklida, dehqon xo`jaligi, xususiy tadbirkorlik faoliyati shaklida ishlab
chiqarishga jalb etilishi, xo`jalik munosabatlarining shakli, hajmi, xarakteri
va mazmunini o`zgartirib yubormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma uchun majburiy rejali tartib o`z
kuchini yo`qotadi. Ammo reja faqat alohida olingan holatlarga, yani davlat
ehtiyojlarini taminlashga qaratilgan topshiriqlarni bajarishga tatbiq
etiladigan bo`ladi.
Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida xo`jalik munosabatlarini
huquqiy tartibga solish bozor uchun tovar (ish va xizmat) ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan faoliyati bilan bog`liq bo`ladi.
Shu sababli har qanday subyekt o`ziga tegishli mulk yuzasidan ishlab
chiqarish faoliyatiga kirishadi va uni amalga oshirish jarayoni xo`jalik
huquqi bilan tartibga solinadi.
Xo`jalik huquqi davlatning ishlab chiqarish faoliyatiga tasir etishi
bo`yicha kelib chiqadigan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Bu davlat
bilan boshqa subyektlarning o`zaro vertikal bo`yicha xo`jalik yuritish
munosabatlaridir.
Hozirgi sharoitda rejalashtirish shaklidagi davlat rahbarligi, nazorat,
idora etish o`z xarakterini va xususiyatini yo`qotdi. U ko`proq shartnoma
asosida tasir etish usuliga o`tdi.
Masalan, korxonalarning o`z ichki bo`g`inlariga rahbarlik qilishi
ichki xo`jalik shartnomalariga asoslanadi. Biroq ozmi ko`pmi qabul
qilingan rejali hujjat natijasida tashkil topadigan
tegishli munosabatlar va
rahbarlik, davlat ehtiyoji uchun davlat buyurtmasi ustidan mulk egasining
nazorat qilish funksiyasi o`rnatilgan qoida va tartib yo`li bilan davlat tasir
chorasini amalga oshirish (ijtimoiy, ekologik va shunga o`xshash) tartibga
solishning malum bir yig`indisini tashkil etadi, iqtisodga davlatning tasir
www.ziyouz.com kutubxonasi
etish choralarining yangi turlari: soliq, antimonopoliya nazorati va
boshqalar kelib chiqadi.
Xo`jalik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan
munosabatlar qandaydir itoat etish yoki hukmronlik qilishga qaratilgan
emas,
balki tovar ayirboshlash, korxonalarning va regionlarning o`zaro
tovar shaklida bo`lmagan harakatidir. Shuningdek, bu to`liq xo`jalik
yuritish, operativ boshqarish munosabatlari bo`lib, ayirboshlash jarayonida
aniq, o`zaro xattiharakat sifatida namoyon bo`ladi. Masalan, korxona o`z
fondini tashkil etadi, mehnatga haq to`lash tizimini ishlab chiqadi va tatbiq
etadi, asbobuskunalardan foydalanishni tashkil etadi va h.k. Fuqarolar
xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda ishlab chiqarish vositalari,
materiallar, xom ashyoga ega bo`ladi va ularni belgilangan tartibda ishlab
chiqarish, tovar ayirboshlash jarayonida qo`llaydi, harajat qiladi. Shundan
bir savol paydo bo`ladi. Bozor iqtisodiyot munosabatlariga o`tish
sharoitida bir tarmoqli boshqarishda vertikal va gorizontal aloqalarni
birlashtirish maqsadga muvofiqmi? Yuridik adabiyotlarda hozir ham
vertikal munosabat majburiy-huquqiy
tartibga solishga doir, degan fikrlar
mavjud. Bu fikrlar ularni har xil munosabat deb hisoblashga asos
bo`lmaydi.
Ular
hammasi
iqtisodiy
mazmuni
bilan
birlashgan
munosabatdir. Malumki, tadbirkorlik faoliyati davlat tasiri chorasi bilan
ham rivojlanadi. Demak, yuqoridan quyiga (vertikal) va yon atrofdagi
gorizontal munosabatlar bu yagona xo`jalik muomalasi,
takroriy ishlab
chiqarish
jarayonidan
tashkil
topadigan
iqtisodiy
munosabatlar
yig`indisidir.
Shunga ko`ra xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi, huquq tizimi sohalaridan
biri
bo`lib,
mamlakatimizda
bozor
iqtisodiy
munosabatlariga
bosqichmabosqich borishda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan,
xo`jalik subyektlari o`rtasidagi yuqoridan quyiga (vertikal) va yon atrofga
(gorizontal) bo`ladigan xo`jalik (tadbirkorlik) munosabatlarini tartibga
soluvchi va bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-
tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig`indisidan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: