Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik huquqining asosiy tamoyillaridan yana biri tovar



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Xo`jalik huquqining asosiy tamoyillaridan yana biri tovar 
ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi subyektlarning o`zaro 
raqobatidir.
Bu tamoyilning asosiy mazmuni va mohiyati shundan 
iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va harajat sarf qilib, 
ko`p va yuqori sifatli mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqara olsa, u 
ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotda imtiyozga ega bo`la oladi. Malumki, 
bu tamoyil iqtisodiyotning rivojida eng birinchi va hal qiluvchi vosita 
hisoblanadi. Chunki, u raqobatbardoshlikni chiniqtiradi, yomon ishlovchi 
korxonani samaradorlikka olib chiqadi yoki uzoq muddat davomida 
tovarlariga talab yo`qligi sababli zarar ko`rib kelayotgan, to`lovga 
qobiliyatsiz korxonalarni qayta tashkil etish yoki kasodga uchragani 
sababli O`zbekiston Respublikasinig 2003 yil 24 apreldagi “Bankrotlik 
to`g`risidagi” qonuniga muvofiq mutlaqo tugatib yuborishga olib keladi. 
7.
Qonuniylik tamoyili barcha fanlarga doir bo`lgan umumiy 
tamoyil
bo`lsa ham, xo`jalik huquqida u bozor munosabatlariga o`tish 
sharoitida o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, bu tamoyil mazmunida 
xo`jalik subyektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat bilan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


shug`ullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi. Demak, korxona hamda 
tashkilotlar davlat va jamiyatga foydali bo`lgan, qonun bilan 
taqiqlanmagan faoliyat bilan shug`ullanish ustuvorligini taminlashi shart. 
Bu esa bozor munosabatlariga o`tib borishimiz bilan bog`liq holda 
iqtisodni tashkil etish, samaradorlikka erishish, davlatimiz va xalqimizning 
buyuk kelajagini taminlashimizning asosiy vositalaridan biri bo`ladi. 
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining boshqa huquqiy fanlardan farqi 
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi mustaqil fan tarmog`i sifatida boshqa 
huquqiy fanlardan o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu 
farqlarni eng avvalo Fuqarolik huquqi faniga nisbatan ko`rib chiqaylik. 
Chunki uzoq yillardan buyon olimlar o`rtasida bu ikki fanning farqi 
yuzasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi Xo`jalik huquqi mustaqil 
fan tarmog`i emas, u Fuqarolik huquqining tarkibini tashkil etadi deb 
hisoblasa, ikkinchi guruhi esa Xo`jalik huquqini alohida fan, deb qarash 
kerak deydi. Bu haqda biz shu bobning 2-paragrafida batafsilroq to`xtab 
o`tgan edik.
Xo`jalik huquqini huquq sohasining bir tarmog`i deb hisoblashga 
uning Fuqarolik huquqi va boshqa turdosh bo`lgan huquqlardan farqi asos 
bo`ladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin