Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Uning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Uning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
malumki 
Xo`jalik huquqi Fuqarolik huquqiga juda yaqin soha bo`lsada, u eng 
avvalo tushunchasi, predmeti, subyektlari orqali juda aniq farqlanadi. 
Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib ko`raylik. Fuqarolik 
huquqiga hozirgi davr talabini hisobga olgan holda professor I.B.Zokirov 
shunday tarif beradi: «Fuqarolik huquqi O`zbekiston Respublikasida amal 
qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo`lib, mamlakatimizda iqtisodiy 
munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga o`tish davrida fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy 
va manaviy ehtiyojlarini tobora to`liqroq qondirish maqsadida mulkiy 
munosabatlarni 
hamda 
mulkiy 
xarakterda 
bo`lmagan 
shaxsiy 
munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy 
normalar yig`indisidan iboratdir»
1
.
Ana shu tarifdan ham aniq ko`rinib turibdiki, Fuqarolik huquqi 
subyektlar o`rtasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan bog`liq 
bo`lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq 
sohasidir.
1
Қaрaнг. И.Б.Зoкирoв. Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик ҳуқуқи.1-қисм. –Т.: Aдoлaт, 1996-й. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo`jalik huquqi ham Respublikamizdagi huquq sohalaridan biri 
bo`lib, mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-
bosqich o`tib borishida, davlat va jamiyat, xo`jalik manfaatlarini hisobga 
olgan holda, xo`jalik subyektlari o`rtasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va 
yon atrofdagi subyektlarga gorizontal) bo`ladigan xo`jalik munosabatlarni 
tartibga soluvchi, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish 
chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig`indisidan iboratdir. 
Ana shu yuqorida berilgan tariflarga ko`ra, bu fuqarolik huquqi 
qoidalari aksariyat mulkiy munosabatlarni tartibga solib tursa, Xo`jalik 
huquqi qoidalari ham mulkiy munosabatlarga taalluqli. 
Lekin 
fuqarolik 
huquqida 
munosabatlar 
shu 
munosabat 
ishtirokchilarining o`zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa, 
Xo`jalik huquqida subyektlar teng huquqli bo`lishi bilan birga idora etish, 
davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosabatlarni ham 
tartibga solishga qaratiladi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin