Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)
Demak, bu ikki fan bir biridan predmeti orqali ham tubdan farqlanadi. Jumladan, Fuqarolik huquqining predmeti taraflarning teng
huquqliligiga asoslangan mulkiy munosabatlar bo`lsa, xo`jalik huquqida
ham mulk bilan bog`liq munosabatlar salmoqli hissani tashkil etadi. Lekin
mulkiy munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining teng huquqliligi
bilan birgalikda biri ikkinchisiga itoat etishi, davlatning iqtisodga rahbarlik
qilishi orqali ham kelib chiqadi.
Fuqarolik huquqining subyektlari bo`lib barcha fuqarolar hisoblansa,
xo`jalik huquqining subyekti faqat tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan
o`tgan fuqarolar bo`lishi mumkin.
Fuqarolik huquqining ham, xo`jalik huquqining ham subyekti bo`lib
yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo yuridik shaxsning tashkil bo`lish,
xo`jalik faoliyatini amalga oshirish va unga rahbarlik qilish jarayonlarida
farqlanadi. Davlat fuqarolik munosabatlarida ikkinchi taraf bilan teng
huquqli bo`lib qatnashsa, xo`jalik huquqida esa iqtisodga rahbarlikni
amalga oshiruvchi subyekt bo`lib ishtirok etadi.
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi shartnoma munosabatlari
asosan istemolchilarning moddiy ehtiyojini taminlashga qaratilgan bo`lib,
uni ishlab chiqarish bilan aloqasi bo`lmasa, Xo`jalik huquqi shu tovarlarni
ishlab chiqarish jarayonini ham tartibga solishda qo`llaniladi.
Ana shu jihatlari bilan xo`jalik huquqi mehnat huquqiga ham juda
yaqin bo`lib ko`rinadi. Ammo ular bir-biridan farqlanadi. Xo`jalik huquqi
subyektlar o`rtasidagi xo`jalik munosabatlarini tartibga solsa, mehnat
huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi asosida
www.ziyouz.com kutubxonasi
munosabatlarini, ichki tartib qoidalarini, ish rejimini va shunga o`xshash
mehnat shartnomasi bilan bog`liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi.