O`z xo`jalik faoliyatini yuritishdagi mutlaq huquqiy munosabatlar subyekt o`z faoliyatini erkin yuritishda vujudga kelib,
mazkur faoliyat munosabat obyekti sifatida maydonga chiqadi. Bunda
xo`jalik yuritishni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiradigan shaxs uchun majbur shaxs bo`lmaydi. Boshqa barcha shaxslar
xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirayotgan subyekt faoliyatiga
to`sqinlik qilmasliklari lozim bo`ladi. Bunga misol qilib, o`z xo`jalik
faoliyatini yuritayotgan xo`jalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
bahosini
belgilashi,
tannarxini
shakllantirishi, belgilangan normativ hujjatlarga binoan sanitariya,
gigiyena, ekologik, yong`inga qarshi talablar bo`yicha va o`zga
faoliyatlarni amalga oshirishda vujudga keladigan mutlaq huquqiy
munosabatlarni keltirish mumkin. Mabodo, xo`jalik yurituvchi subyekt
belgilangan tartibga xilof ish tutsa, vakolatli davlat organi yo`l qo`yilgan
huquqbuzarlikni bartaraf etish bilan bog`liq hatti-harakatni amalga
oshirishi, jumladan zararlarni undirishni talab qilishi mumkin. Bunday
holda vujudga keladigan munosabatlar albatta nisbiy xarakterda bo`ladi.
Nomulkiy huquqiy munosabatlar xo`jalik yurituvchi subyektlar o`z
faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan, firma nomi,
tovar belgisi, xizmat ko`rsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi,
tijorat siridan foydalanishda, shuningdek
ishchanlik obro`sini himoya
qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi.
Bular kabi nomulkiy huquqlarni amalga oshirish jarayonida vujudga
keladigan huquqiy munosabatlar mutlaq bo`lib hisoblanadi, chunki bunday
nematlarga nisbatan xo`jalik yurituvchi subyektning mutlaq huquqi qonun
bilan etirof etilgan va bu kabi mutlaq huquq obyekti bo`lgan intellektual
faoliyat natijalari va o`ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq
egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin, xolos.