tuzmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor fuqarolar
ishtirok etishlari mumkin. Ular barcha iqtisodiy ishlab chiqarish
jarayonlarida, jumladan moddiy ishlab chiqarish, ayirboshlash, ishlab
chiqarish, taqsimot jarayonlarida faol ishtirok etib munosabatga
kirishadilar.
Xo`jalik majburiyatlari to`g`risida so`z ketar ekan, xo`jalik
subyektlari qaysi jabhada faoliyat yuritishlaridan qatiy nazar ularni
quyidagicha turlarga ajratish mumkin:
operativ-xo`jalik majburiyatlari;
xo`jalik-boshqaruv majburiyatlari;
ichki xo`jalik majburiyatlari.
Operativ xo`jalik majburiyatlari xo`jalik huquqi subyektlarining
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmat ko`rsatish sohasida
o`zaro shartnomaviy munosabatlari tufayli vujudga keladi. Mazkur
huquqiy munosabatning subyekti bo`lib tadbirkor fuqarolar ham
hisoblanadilar. Xo`jalik huquqi subyektlari xo`jalik faoliyatini amalga
oshirishda operativ xo`jalik majburiyatlarning mukammal bo`lishi uchun
o`z faoliyatlarini rejalashtiradilar.
Xo`jalik huquqining subyektlari ichida korxona muhim o`rin tutib,
o`z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xom ashyo resurslari hamda
materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga,
bajarilayotgan ishga belgilaydi, shu bilan bir qatorda u davlat ehtiyojlari
uchun shartnoma asosida mahsulot ishlab chiqaradi, ishlarni bajaradi va
xizmat ko`rsatadi.
Xo`jalik huquqi subyektlari barcha jabhalarda o`z xo`jalik
faoliyatlarini amalga oshirishda boshqa subyektlar bilan munosabatlarini
shartnomaviy majburiyat negizida quradilar. Xatto, subyekt davlat
ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulotni yetkazib berayotgan
taqdirda ham, davlat (uning organlari) bilan xo`jalik yurituvchi subyektlar
o`rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida o`rnatiladi va unga muvofiq
mahsulotni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yuzasidan ikkinchi tarafni
davlat xom ashyo yoki texnika vositalari bilan taminlash majburiyatlarini
olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: