Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik-boshqaruv majburiyatlari



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Xo`jalik-boshqaruv majburiyatlari
to`g`risida so`z ketar ekan, bu 
turdagi majburiyatlarni avvalo davlat organlari hujjatlari, shuningdek 
davlatlararo bitimlar, hududlar va korxona (birlashma)lar o`rtasidagi 
shartnomalar asosida kelib chiqishligini takidlash joiz. Masalan, davlat 
ehtiyojlari uchun kapital qurilishni moliyalashtirish maqsadida davlat 
budjetini tasdiqlash to`g`risidagi hujjat tegishli majburiyat keltirib 
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqaradi. Mazkur hujjatga asosan davlat yoki hujjatda ko`zda tutilgan 
mamuriy-hududiy tuzilma (mahalliy budjet) moliyalashtiruvchi hisoblansa, 
ishni bajaruvchi mablag`ni qabul qiluvchi hisoblanadi. Shuningdek bunday 
majburiyat monopoliyaga qarshi kurashuvchi organ tomonidan chiqarilgan 
hujjat asosida ham kelib chiqishi mumkin. Bunga asosan korxona ishlab 
chiqarishni hujjatda ko`zda tutilgan tarzda tashkil qilishga masul bo`ladi 
va h.k. 
Davlat idoralari va mansabdor shaxslar o`zlarining qonun hujjatlarida 
belgilab qo`yilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga ko`rsatma 
berishlari mumkin. 
Davlat idoralari yoki o`zga idoralar o`z vakolatlariga kirmaydigan 
yoki boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga xilof hujjatlarni 
qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas deb topishni 
talab qilib, ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir. 
Korxona huquqini buzgan davlat idorasi yoxud ularning mansabdor 
shaxslari ko`rsatmalarini bajarish natijasida shuningdek, bunday idoralar 
yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko`zda 
tutilgan majburiyatlarni tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida 
korxonaga yetkazilgan zararni to`laydilar. Zararni to`lash to`g`risidagi 
nizolarni sud yoki xo`jalik sudi o`z vakolatlariga muvofiq hal qiladi. 
Ichki xo`jalik majburiyatlari
bevosita ishlab chiqarish doirasida 
vujudga keladi. Ular korxonalar va boshqa xo`jalik organlari ichida paydo 
bo`ladi. Korxonaning ichki bo`linmalari va tuzilmaviy birliklari bunday 
munosabatlarning ishtirokchilari hisoblanadilar. Ular o`zaro va xo`jalik 
organi bilan birgalikda xo`jalik faoliyatini yuritish va uni boshqarish 
jarayonida ichki xo`jalik munosabatlariga kirishadilar. Xo`jalik organi 
ichida ham gorizontal, ham vertikal munosabatlar vujudga keladi. Xo`jalik 
organi o`z tarkibiy bo`linmalarining faoliyatini u yoki bu tarzda 
muvofiqlashtirib turish maqsadida turli hujjatlarni qabul qilishi 
mumkinligini nazarda tutmoq lozim.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin