Xo`jalik subyekti haqida belgilab qo`yilgan tartibni buzish yoki uning tasis
hujjatlari qonun talablariga
mos
kelmasligi
davlat ro`yxatidan
o`tkazilishining rad etilganligiga sabab bo`ladi. Ro`yxatdan o`tkaziluvchi
organlar ariza beruvchiga xo`jalik subyekti sifatida davlat ro`yxatidan
o`tkazishni, uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad
etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo`shimcha talablarni
belgilashga haqli emas.
Ariza beruvchi xo`jalik yurituvchi subyekt tariqasida davlat
ro`yxatidan o`tkazishni rad etganlik, shuningdek ro`yxatdan o`tkazish
muddatini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Ro`yxatdan
o`tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor
shaxslarning harakatlari sud tomonidan xilof deb topilgan taqdirda, ular
ro`yxatdan o`tkazishni rad etganlik yoki ro`yxatdan o`tkazish muddatini
buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o`rnini qoplaydilar va manaviy
zarar uchun tovon to`laydilar.
Xo`jalik subyektining qayta tashkil etilishi to`g`ri-sida so`z borar
ekan, xo`jalik subyektining huquq va majburiyatlarini xuquqiy vorislik
asosida boshqa shaxsga o`tishi orqali uning tugatilishi tushuniladi. Qayta
tashkil etishning maqsadi bo`lib, yuridik shaxsning huquqiy maqomini
o`zgartirish bo`lib hisoblanadi.
Qayta tashkil etish ixtiyoriy va majburiy bo`lishi mumkin. Ixtiyoriy
qayta tashkil etish to`g`risidagi qaror tasischilar yoxud uning tasis
hujjatlarida vakolat berilgan organlar tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Majburiy qayta tashkil etish esa tasischilarning xohish irodasiga qarshi,
yani vakolati bo`lgan davlat organi yoxud sud tomonidan qabul qilingan
qarorga asosan amalga oshiriladi. Bunday hollar qonun hujjatlarida
to`g`ridan-to`g`ri belgilangan bo`lishi mumkin. Masalan, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 avgustdagi 300-sonli
qaroriga ilova qilingan «O`zbekiston Respublikasi monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi to`g`risida»
1
gi
Nizomda uning zimmasiga ayrim xo`jalik subyektlarini qo`shib yuborish,
qo`shib olish, o`zgartirish shakllaridan qayta tashkil etilishini nazorat
qilish yuklatilgan. Amaldagi qonunga muvofiq yuridik shaxslarni qayta
tashkil etishning 5-ta:
Dostları ilə paylaş: