Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining subyekti sifatida davlat



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining subyekti sifatida davlat
 
O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishining asosiy tamoyillaridan 
biri bu–davlatning bosh islohotchi ekanligidir. 
«Davlatning boshqaruv sohasidagi roli inkor etilsa, mamuriy 
buyruqbozlik tizimidan iqtisodiyotning bozor tamoyillariga o`tishini 
taminlash qiyin kechadi. 
O`z-o`zidan ravshanki, bozor munosabatlari meyori mustahkamlanib, 
islohotlarning ortga qaytmasligi taminlanib borgan sari davlatning tasiri 
ham shunga muvofiq ravishda izchillik bilan kamayib boraveradi».
1
Shu nuqtai nazardan davlat iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning hamma 
sohalarini o`zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishni 
taminlashni o`z zimmasiga oladi. Bu esa bozor sharoitida iqtisodiyotni 
davlat yo`li bilan boshqarish va tartibga solish hamda ijtimoiy va iqtisodiy 
muammolarni bevosita huquqiy vositalar yordamida hal etishga imkoniyat 
yaratadi. 
Davlat xo`jalik huquqi subyektlariga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. 
Bular, 
birinchidan,
uning o`z mulkiga egaligida, 
ikkinchidan,
uning 
xo`jalik faoliyatini boshqarishligida, 
uchinchidan
, bevosita xo`jalik 
vakolatlariga egaligida, 
to`rtinchidan
, xo`jalik aloqalarida boshqa 
ishtirokchilar 
bilan 
shartnomaviy 
munosabatlarga 
kirishishlarida 
gavdalanadi.
Xo`jalik huquqining subyekti sifatida davlat bir vaqtning o`zida 
boshqa xo`jalik huquqining subyektlaridan farq qiladi. Bu shunda 
ko`rinadiki, uning faoliyatida xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlikni amalga 
oshirish anchayin ustunroq turadi. Davlat iqtisodiy munosabatlarga 
kirishar ekan, boshqa subyektlar kabi o`z faoliyatini amalga oshirishi 
uchun ruxsatnoma olishi talab etilmaydi. Shu bilan birga iqtisodiyotga 
rahbarlik qilishni yuridik kuchga ega bo`lgan normativ hujjatlar asosida 
amalga oshirilishi ham unga xos bo`lgan xususiyatlardan bo`lib 
hisoblanadi. 
Davlatning xo`jalik huquqi subyektlari qatoriga qo`shmaslik, xo`jalik 
faoliyatiga oid masalalarni hal qilishda ko`pgina noaniqliklarni kelib 
chiqishiga, bu boradagi masalalarni qaysi huquq sohasi normalari bilan 
tartibga solinishi lozimligi to`g`risidagi masalalarda chalkashliklarni kelib 
1
И.A.Кaримoв. «Ўзбeкистoн ХХИ aср бўсaғaсидa: xaвфсизликкa тaҳдид, бaрқaрoрлик шaртлaри тaрaққиѐт 
кaфoлaтлaри». –Т.: Ўзбeкистoн, 1997, 189-б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqishiga sabab bo`lar edi. Davlatning xo`jalik huquqining subyekti 
sifatida o`ziga xos xususiyatlarini birma-bir tahlil qilishga harakat qilamiz. 
Davlatning o`z mulkiga ega ekanligi to`g`risida shuni takidlash 
joizki, Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarning 
o`zidayoq, O`zbekiston o`zining «Mulkchilik to`g`risida»gi qonunini 
qabul qildi va ushbu qonunga muvofiq O`zbekiston davlati mulk egasi 
sifatida tan olindi. 1978 yilgi O`zbekistonning Konstitusiyasida 
jamiyatning iqtisodiy negizini asosan sosialistik mulkning ikki xil shakli, 
yani davlat va kolxozkooperativ mulki tashkil etilishi belgilangan edi. 
Endilikda mulk ommaviy va xususiy shakllarda mavjud bo`lishligi 
qonuniy mustahkamlanib, hatto fuqarolarning mulki qaysi shakllarda va 
qay maqomda mavjud bo`lishiligi qonuniy hal etilib, mulklar tengsizligiga 
barham berildi. 
Mulkning kimga tegishli bo`lishidan qatiy nazar, teng ravishda 
rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilib, ularni babbaravar huquqiy 
muhofaza qilish qoidalari tegishli qonunlarda o`z ifodasini topdi.
Jamiyat iqtisodiy negizini tashkil qiluvchi asosiy masala bo`lgan 
mulk masalasining bunday ijobiy hal qilinishi ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida tashabbuskorlik hissiyotlarining kamol topishi uchun ishlab 
chiqarishda, xo`jalik sohasida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda 
fuqarolar hamda tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar va yuridik 
shaxslarning birgalikda teng manfaatdor bo`lishi, ular o`rtasida umumiy 
mulkdan hamkorlikda foydalanish va buning oqibatida samarali natijalarga 
erishish imkoniyatlari yaratib berildi. 
Malumki, O`zbekistonning mustaqillikka erishilgunga qadar amalda 
bo`lgan 1963 yilgi Grajdanlik kodeksiga muvofiq fuqaro bilan yuridik 
shaxs o`rtasida umumiy mulk bo`lishiga yo`l qo`yilmas edi. Amaldagi 
qonunlarimizga muvofiq, endilikda mulk ikki xil, yani xususiy va 
ommaviy shakllarda mavjud bo`lishligi mumkinligi belgilanib qo`yildi. 
Ommaviy mulk davlat mulkidan iborat bo`lib, u ikki xil turdagi 
mulkdan, yani O`zbekiston Respublikasi mulki va munisipial mulkdan 
tashkil topadi. 
Ommaviy mulk davlatning barcha fuqarolariga va shuning bilan har 
bir fuqarosiga tegishli bo`lgan mulk bo`lib hisoblanadi, ammo u 
o`tmishdagi davlat mulkiga o`xshash mavhum tushuncha emas, uning 
muayyan obyektlari, uni egallab turuvchi, undan foydalanuvchi va uni 
tasarruf etuvchi subyektlar qonunlarimizda aniq ko`rsatilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ommaviy mulk davlat mulki sifatida O`zbekiston Respublikasining 
shaxsan o`ziga va uning mamuriy-hududiy tuzilmalariga tegishli mulkdan 
(munisipial) iborat. 
Fuqarolik kodeksi va boshqa tegishli qonun normalarida ommaviy 
mulkning vujudga kelish asoslari, bunday mulk obyektlarining turlari (yer, 
yer osti boyliklari suv, havo bo`shlig`i, o`simlik, hayvonot dunyosi, 
boshqa tabiiy boyliklar; davlat hokimiyati va boshqaruvi mol-mulki, davlat 
ahamiyatiga ega bo`lgan madaniy va tarixiy boyliklar, O`zbekiston 
budjetining mablag`lari, oltin zahirasi, davlatning valuta fondi va boshqa 
fondlar, shuningdek, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, ilmiy, 
ilmiytadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari), 
ularning respublika va mamuriy-hududiy tuzilmalarga (mahalliy hokimiyat 
va boshqa mahalliy organlarga) tegishli qismlari belgilangan bo`lib, 
bundan tashqari mazkur mol-mulklarni tasarruf etish huquqiga ega bo`lgan 
davlat organlari aniqlangan. Masalan, Respublika mulkini Oliy Majlis, 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi yoki ular maxsus vakil qilgan organlar tasarruf qiladi. 
Munisipial hisoblangan mol-mulkni tasarruf qilish vakolatli davlat 
hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar zimmasiga 
yuklatilgan. 
Davlatning barcha mol-mulkini, bu mulk Respublika yoki mahalliy 
davlat hokimiyati organlariga tegishli bo`lishidan qatiy nazar, asosan ikki 
guruhga: 
1) davlat korxonalari va muassasalariga biriktirib qo`yilgan mulk; 
2) tegishli budjet mablag`lari va davlat korxonalari, muassasalariga 
biriktirilmagan Respublikaning davlat xazinasini tashkil qilinadigan mol-
mulklarga ajratish mumkin. 
Munisipial mulk ham Respublika mulki kabi ikki xil asosiy 
guruhlarga bo`linishi mumkin, ular: 
a) munisipial korxonalar va muassasalarga biriktirib qo`yilgan mol-
mulk; 
b) mahalliy budjetni tashkil qiluvchi mablag`lar, munisipial 
korxonalarga va muassasalarga biriktirilmagan tegishli viloyat, shahar va 
boshqa munisipial g`aznalarini tashkil qiluvchi mulklardan iborat. 
Davlat 
mulkini 
bunday 
obyektlarga 
bo`lish 
O`zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «Davlat mulkini davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida»gi qonuniga 
muvofiq belgilangan. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Respublika 
mulki 
obyektlari 
doirasiga 
kiritilgan 
obyektlar 
davlatimizning milliy boyligining asosini tashkil qiladi. Bu mulk davlat 
hokimiyat va boshqaruv organlarini amal qilish, umumdavlat vazifalarni 
amalga oshirish uchun (mudofaa kuchlarining, chegara qo`shinlari, milliy 
xavfsizlik va ichki ishlarning mulklari asosida), O`zbekiston xalq 
xo`jaligini 
rivojlantirilishini 
taminlovchi 
tarmoqlar 
(mudofaa 
ishlabchiqarishiga 
xos 
korxonalar, 
yoqilg`i-energetika 
kompleksi, 
transport, aloqa tarmoqlari), shuningdek O`zbekiston Respublikasi 
taminoti uchun zarur bo`lgan tarmoqlar (farmasevtika, medisina-biologik 
preparatlarni, spirt-mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar) uchun 
zarur bo`lib hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilgan mulk obyektlari asosida O`zbekiston davlati 
xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi. Ushbu mulklarni davlat o`z organlari 
orqali korxonalarning xo`jalik yuritishiga berib, yangi subyekt 
korxonalarni tashkil etadi. Shu bilan birga bu korxonalarni davlat 
tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish masalasini, ularning tugatilish 
masalalarini bevosita mulkdor bo`lgan davlat o`zining maxsus organlari 
vakolatiga kiritgan. 
Davlat mulki bo`lgan maxsus obyekt - davlat xazinasiga O`zbekiston 
Respublikasi nomidan tushadigan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy 
to`lovlar bo`yicha davlat kreditor hisoblanadi. Shuningdek, davlat 
nomidan tuzilgan shartnomalar bo`yicha g`azna mablag`lari hisobidan 
javobgar hisoblanadi. Davlatning xo`jalik vakolati tadbirkorlik va xo`jalik 
subyektlariga nisbatan boshqaruv faoliyati bo`lib hisoblanadi. 
Davlat xo`jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan xalq nomidan 
harakat qiluvchi subyekt sifatida qonun chiqarish orqali umumiy asosda 
o`z tasirini ko`rsatadi, bunda u davlat vazifalarini mohiyatidan kelib chiqib 
xo`jalik munosabatlarida ishtirok etadi, jumladan uning xo`jalik subyekti 
sifatidagi faoliyati uning o`z ehtiyojlaridan kelib chiqib moddiy-texnika 
taminoti, investisiyalash kabi masalalarni hal qilishda ayniqsa yaqqol 
namoyon bo`ladi. 
Bu tarzdagi faoliyat ilgari davlatning iqtisodiyotni mamuriy 
boshqarish shakli bo`lgan direktiv aktlarga o`xshamasdan, balki, davlat 
insonlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirishdek ulkan vazifani 
bajarish maqsadida erkinlik asosidagi xo`jalik faoliyatini amalga oshirishi 
bilan bir vaqtda, hisob-kitob yuritish, moliya, soliq, subyektlar imtiyozlari 
kabi institutlarni tartibga solish ishini olib boradi va ular yagona dastur 
sifatida ko`rinadi. Chunonchi iqtisodiyot sohasidagi qonunlarning davlat 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonidan qabul qilinishi orqali subyektlar faoliyatini tartibga solinishi 
amalga oshiriladi. 
Xo`jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi usuli umumiy 
va alohida asoslarda amalga oshiriladi. Umumiy asos bo`lib qonun 
chiqarish bo`lib hisoblansa, alohida asosda turli-tuman sohalar bo`yicha 
xo`jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan o`z tasirini o`tkazadi, yani 
iqtisodiy faoliyatning turli jihatlarini tartibga soladi. Masalan, davlat 
ehtiyojlari uchun qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetkazib berish va xarid 
qilish, budjet manfaatlarini ko`zlagan holda qonunlar, ekologiya 
masalalariga oid, tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunlarni qabul 
qilinishi orqali subyekt sifatida ko`rinadi. 
Xo`jalik faoliyatida davlatning tasiri mazmuniga etibor beriladigan 
bo`lsa, bunda biz, xo`jalik yurituvchi subyektlarni tuzish, bekor qilish, 
xo`jalik faoliyatini tartibga solishni nazorat qilish faoliyatini guvohi 
bo`lamiz. Masalan, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to`g`risida»gi 
1993-yil 7-mayda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi qonuni va 
ushbu qonunni qo`llashdagi bazi masalalar haqidagi O`zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1994-yil 9-sentabrdagi qaroriga 
muvofiq, uy-joyni xususiylashtirish va fuqarolarga berishni mulk egasi 
bo`lgan davlat nomidan uy-joy fondiga xo`jalik yuritish huquqiga yoki 
operativ boshqarish huquqiga ega bo`lgan davlat tashkilotlari va 
korxonalari amalga oshiradilar. Mahalliy mamuriyat munisipial uy-joyda 
yashovchi fuqarolarning arizalari bo`yicha faqat qaror qabul qiladi. 
«O`zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mulkini 
boshqarish 
va 
tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash Davlat qo`mitasini tashkil qilish 
to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo`mitasiga davlat 
mulkini xususiylashtirish va respublikada xususiy biznesni rivojlantirishga 
ko`maklashish dasturini ishlab chiqish, tashkiliy va uslubiy jihatdan 
rahbarlik qilish, davlat mulki obyektlarini boshqa mulkchilik shakllariga 
aylantirishdan tushgan mablag`larni iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarga 
oid vazifalarni hal qilish uchun safarbar etish kabi tadbirlarni amalga 
oshirish yuklatildi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, davlatning xo`jalik faoliyatini 
tartibga solishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin: 
1) normativ huquqiy hujjatlar chiqarish; 
2) davlat buyurtmalari; 
3) davlat kontrakti; 
4) davlat tomonidan tartibga solishni belgilovchi hujjatlar. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Normativ xarakterdagi hujjatlar to`g`risida gap ketar ekan, bular 
asosan biron bir tovarni to`g`ridan-to`g`ri realizasiya qilishga ruxsat 
etmaydigan hujjatlar, faoliyatni ruxsatnoma asosida olib borishni nazarda 
tutuvchi kabilar tushuniladi. 
Bunday hujjatlar huquqni vujudga keltiradi, o`zgartiradi va bekor 
qilishi mumkin. Huquqlarni vujudga keltiruvchi hujjatlarga imtiyozlar 
beruvchi yoki ruxsat beruvchi lisenziyalarni kiritish mumkin, shuningdek, 
dotasiyalar, subsidiyalar, ssudalar ham shu guruh hujjatlariga kiradi. 
Huquqlarni o`zgartiradigan hujjatlarga atrof muhitni muhofaza 
qiluvchi organlarning korxonalar faoliyatini cheklashga qaratilgan 
hujjatlarini kiritish mumkin. 
Huquqlarni bekor qiladigan hujjatlarga nazorat hujjatlari kiradi. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish xususiy mulk manfaatlarini muhofaza qilish, 
tadbirkorlik faoliyatiga davlat aralashuvini cheklash maqsadida nazorat 
qiluvchi organlar doirasida cheklanib, ularni nazorat qilishning qatiy 
muddatlari ham belgilanib qo`yilmoqda. 
Xo`jalik huquqining subyekti sifatida davlatning iqtisodiyotga tasir 
etishining yana bir usuli bu bozor mexanizmini tashkil etib, unda 
monopoliyaga yo`l qo`ymaslik, soliq tizimi orqali va har bir subyektining 
huquqini 
himoya 
qilish, 
iqtisodiy 
erkinliklarining 
kafolatlashni 
belgilashdan iborat. 
Xo`jalik huquqi subyektlari tarkibida korxonalar alohida o`rin 
egallab, ular turli mulk shakllarida tashkil etilishi mumkin. 
Korxonalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishning 
umumiy, huquqiy, iqtisodiy asoslari O`zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi
1
, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to`g`risida»gi
2

«Ijara 
to`g`risida»gi
3

«Chet 
el 
investisiyalari 
to`g`risida»gi
4
, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarining 
kafolatlari to`g`risida»gi
5
, «Masuliyati cheklangan va qo`shimcha 
masuliyatli jamiyat to`g`risida»gi
6
, «Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat 
xo`jaligi) to`g`risida»gi
7
, «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi
8
, «Dexqon 
xo`jaligi to`g`risida»gi
9
kabi qonunlar bilan tartibga solinadi.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Фуқaрoлик кoдeкси. – Т.: Aдoлaт. 1996. 
2
Хaлқ сўзи – 2000 йил – 15 июн. 
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси – 1992 йил,1-сoн, 45-мoддa 
4
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси – 1998 йил, 5-6-сoнлaр, 91-мoддa 
5
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмси-1996 й., 5-6-сoнлaр, 61-мoддa 
6
«Хaлқ сўзи» гaзeтaси, 2002 й., 17 янвaр, 12-сoн 
7
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмси-1998 й., 5-6-сoнлaр, 84-мoддa 
8
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмси-1998 й., 5-6-сoнлaр, 86-мoддa 
9
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмси-1998 й., 5-6-сoнлaр, 88-мoддa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuridik adabiyotlarda korxonaning quyida takidlangan belgilari 
to`g`risida so`z boradi. Bular quyidagilar bo`lib, birinchidan, mulk huquqi 
yoki xo`jalik yuritish huquqi asosida o`z xodimlarining kuchi bilan ishlab 
chiqarish-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi, ikkinchidan, mustaqil reja 
asosida talab va taklifni etiborga olib davlat ehtiyojlari uchun mahsulot 
ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko`rsatish bo`yicha faoliyat yuritadi, 
uchinchidan, o`z mulkiga, xo`jalik yuritish yoki operativ boshqaruvda 
alohida mol–mulkka ega bo`ladi, to`rtinchidan, huquqiy munosabatlarda 
mustaqil subyekt sifatida qatnashadi va yuridik shaxs huquqidan 
foydalanadi
1

Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlari mazmuniga nazar tashlanadigan 
bo`lsa, korxona tushunchasi ikki xil manoda, huquq subyekti va huquq 
obyekti 
sifatida 
tushuniladi. 
O`zbekiston 
Respublikasida 
bozor 
munosabatlari tarkib topgunga qadar amal qilib kelgan fuqarolik qonun 
hujjatlarida korxona faqatgina huquq subyekti manosida tushunilib 
kelingan, chunki korxonani mol-mulk kompleksi sifatida bitimlar predmeti 
bo`lishi qonun bilan taqiqlangan. Yangi Fuqarolik Kodeksida korxona ikki 
xil manoda ifoda qilingan, ammo takidlash joizki, korxona hali huquq 
obyekti sifatida olimlar tomonidan ilmiy tarzda lozim darajada 
o`rganilmagan. Shu vaqtga qadar, haqiqatan “korxonani huquq obyekti 
sifatida tavsiflash yuridik adabiyotlarda munozarali masalalardan biri 
bo`lib keldi”
2
, ammo so`nggi yillarda huquqshunos olimlar tomonidan 
korxonaning huquq subyekti sifatidagi tushunchasi va mohiyatiga katta 
etibor berilmoqda
3

Korxona huquq va muomala layoqatining mazmunini yoritishda 
uning mulk huquqi obyekti sifatidagi o`ziga xos xususiyatlarni ochib 
berish nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy nuqtai nazardan muhim 
ahamiyatga egadir. 
1
Қaрaнг: Тaдбиркoрлик ҳуқуқи: (Умумий қисм): Дaрслик (Тaҳририят ҳайъати: 
Ќ.Рaҳмoнқулoв, СЌ.Рўзинaзaрoв, 
СЌ.Рўзинaзaрoв, М.Ниѐзoв вa бoшқ.; Масъул муҳaррир: СЌ.Рўзинaзaрoв. –Т.: «Кoнсaудтинфoрм», 2002.,60-бeт., 
Мaртeмянoв В.С. Хозяйство и право. Том 1. Общие положения. Курс лекции-М.: Издательство БЕК, 1994, 70-
75-бeтлaр., Суxaнoв Э.A. Система юридическиx лиц // Государствоо и право, 1981 йил,11-сoн, 42-50 бeтлaр; 
Кaрaxoджaевa Д. O юридическиx лицаx и иx имушественныx правомочияx //Дaвлaт вa ҳуқуқ -2000 йил, 1-сoн, 
34 бeт; Тўрaев A. Юридик шaxслaрнинг ҳуқуқ лaѐқaти – 1999 йил,5-сoн, 37- бeт. 
2
Якушeв В.С. Юридическая личност государственного производственного предпринимателя. Свердловск. 1973. 
1973. Йeрмoшин Г.Н. Закон о государственном предприятии трудавой коллектив, администрация, работник, 
М.Мoскoвский рабочий. 1989. 
3
Тoтев К.Ю. Предприятия и его организационно-правовое формы // Государство и право. 1994, №10. 60-67 б; 
Зинчeнкo С, Лaпaч В., Гaзaрян С. Пaрaдoксў правосубъекности предприятий // Хозяйство и право, 1995 №1. 73 
б; Мeдвeдeв Д.A. Прoблeмў реализации гражданской правосубъекности государственного предприятия. 
Автореф. дисс… к.ю.н. Л.: 1990; Лaптeв В.В. Предпринимательского право: понятия и субъекты. М. Юрист, 
1997: Плиев Е.Г. Прововые проблемы предпринимательства в России. Цивилистический аспект. М.: Проспект,
1999; Бeкмурoдoв Т. Ўзбeкистoн Рeспубликaсидa жaмoa тaдбиркoрлиги aсoсидaги жaмoa кoрxoнaлaри // 
Хўжaлик вa ҳуқуқ, - 2000, - № 4-31б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Butun korxona mol-mulk kompleksi sifatida ko`chmas mulk 
hisoblanar ekan, korxona egasi o`zlariga tegishli bo`lgan bunday obyektga 
nisbatan nafaqat mulk huquqi subyekti sifatida, balki mulk huquqi obyekti 
sifatida munosabatda bo`ladilar. Endilikda korxonani sotish va sotib olish 
mumkin, chunonchi korxona oldi-sotdi shartnomasining predmeti bo`lib 
hisoblanishi mumkin. Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlariga binoan butun 
korxona yoki uning qismi oldi-sotdi, garovga qo`yish, ijara hamda 
ashyoviy huquqlarni belgilash, o`zgartirish va bekor qilish bilan bog`liq 
bitimlarning obyekti bo`lish bilan bir qatorda uni mol-mulkni ishonchli 
boshqarish huquqini beruvchi shartnoma asosida boshqa shaxslarga 
mulkni boshqarish vakolatini berib qo`yishi mumkin.
Xo`jalik huquqi subyektlari ichida korxonalar uyushmalari (ittifoq) 
va o`zga birlashmalari hamda ularning filial va vakolatxona, 
bo`linmalarining huquqiy maqomi (statusi) o`ziga xos bo`lib, mamlakat 
iqtisodiyotini yuksaltirishda ularning o`rni beqiyosdir. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek, 
o`tish davrida uyushmalar, konsernlar, korporasiyalar va boshqa 
birlashmalarning asosiy vazifasi respublika xalq xo`jaligini ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning aniq turlari bilan taminlash, yagona 
ilmiytexnikaviy va investisiya siyosatini o`tkazish, ichki va tashqi bozorlar 
konyukturasini 
o`rganish, 
tarmoqda 
bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirishdir. Shuningdek, ularning vazifasi davlat korxonalari hamda 
tashkilotlarini nodavlat mulkiga aylantirish ishlarini tashkil etish, 
tadbirkorlikni rivojlantirishni butun choralar bilan qo`llab-quvvatlashdan 
iboratdir. Bulardan tashqari, xo`jalik birlashmalari o`z muassislarini 
huquqiy himoya qilishni taminlaydi, davlat va mahalliy hokimiyat hamda 
boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalaydi, tarmoqni 
rivojlantirish strategiyasini belgilaydi. 
Biz quyi bo`g`in tashkilotlari va korxonalariga iqtisodiy erkinlik 
berish, ularni davlat taziyqidan ozod qilish bilan yangicha ish uslubiga 
o`tdik. Korxonalar ishlab chiqarishni mustaqil tashkil etish, o`z 
mahsulotlarini sotish huquqini oldi. Shu bilan birga mulkchilikning turli 
shakllariga mansub korxonalarning xo`jalik yuritish shart-sharoitlari teng 
bo`lishi faqat huquqiy jihatdan emas, balki amalda ham taminlandi
1

Tijorat 
tashkilotlari 
o`zlarining 
tadbirkorlik 
faoliyatlarini 
muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish 
1
Кaримoв И. Ўзбeкистoн иқтисoдий ислoҳoтлaрни чуқурлaштириш йўлидa. –Т.: Ўзбeкистoн, 1995, 84-85-
бeтлaр. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi 
uyushmalar (ittifoqlar) va o`zga birlashmalarga birlashishlari mumkin. 
Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va 
o`zga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish vazifasi 
yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va o`zga birlashma ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan tartibda xo`jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi 
kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo`jalik 
jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin. Notijorat 
tashkilotlari o`z faoliyatlarini muvofiqlashtirishi, shuningdek mushtarak 
manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar 
(ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin. 
Uyushma (ittifoq) va o`zga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi. 
Uyushma (ittifoq) va o`zga birlashmalarning azolari o`z mustaqilliklarini 
va yuridik shaxs sifatidagi huquqlarini saqlab qoladilar. Uyushma (ittifoq) 
va o`zga birlashmalar o`z azolarining majburiyatlari bo`yicha javob 
bermaydi.Uyushma (ittifoq) va o`zga birlashmalarning azolari ularning 
majburiyatlari bo`yicha uyushma (ittifoq) va o`zga birlashmalarning tasis 
hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar 
bo`ladilar. 
Uyushma (ittif
o
q) va o`zga birlashmalarning nomi ularning asosiy 
faoliyatini ko`rsatishi, unga «uyushmasi» yoki «ittifoqi» so`zlari yoki 
birlashma turini ko`rsatadigan boshqa so`z kiritilgan bo`lishi kerak. Qonun 
hujjatlarida 
yuridik 
shaxslar 
birlashmalari 
huquqiy 
mavqeining 
xususiyatlari belgilanishi mumkin. (Fuqarolik kodeksining 77-moddasi.) 
Yuqorida korxonalarning ichki tuzilmalari (bo`limlari) ham xo`jalik 
huquqining subyektlari sifatida sanab o`tilgan edi. Korxona ichki 
tuzilmalari maqomi va uning korxona bilan munosabatlari munozarali 
tadqiq qilinganligini takidlash joiz.
1
Korxona sex, ishlab chiqarish, xo`jalik, uchastka, brigada va boshqa 
ichki xo`jalik bo`linmalaridan iborat bo`lishi mumkin. Bular korxona 
tomonidan o`rnatilgan
2
o`zining ichki xo`jalik vakolatiga ega bo`lib, turli-
1
Хозяйственное право. Общие положения. Пoд рeд. В.В.Лaптeвa М.; Изд-во Наука, 1983, 64-65 б; В.К. Aндрeев. 
Правосубъектност xозяйственныx органов: суxност и реализация. М: Изд-во Наука. 1996, 108-114 б; Мaкaрoвa 
Э.В. Правовые положение внутрипроизводственныx структурныx продразделения государственныx 
предприятий промышленности в условияx к рыночным отношениям. Автореф. дисс… к.ю.н. М.: 1991. Чeрняев 
Г. внутриxазяйственные отнощения в селкозоxяственныx предприятияx и межфермерская кооператсия. // АПК: 
Экономика и управление. 1995. № 2. 65 б; қишлoқ xўжaлик ҳуқуқи. Масъул муҳaррирлaр. Х.Р. Рaҳмoнқулoв, 
М.Б. Усмoнoв. Т.: Иқтисoдиѐт вa ҳуқуқ дунѐси нaшриѐт уйи – 2000 – 184-б.
2
Ички xўжaлик бўлинмaлaрининг вaкoлaтлaри кoрxoнa тoмoнидaн ишлaб чиқилгaн бўлимлaр ҳaқидaги 
Низoмдa бeлгилaб қўйилaди. Ундa бўлинмaлaрнинг бoшқa ички бўлинмaлaр фaoлияти билaн бoғлиқ ички 
xўжaлик ҳуқуқий мунoсaбaтлaригa киришиш вa бундaй ҳуқуқий мунoсaбaтлaрсиз aмaлгa oширилaдигaн ҳууқ вa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tuman xo`jalik huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi, ayniqsa, bozor 
munosabatlari takomillashib borayotgan hozirgi sharoitida bu kabi 
huquqiy munosabatlarning mohiyati, mazmuni o`zgarib bormoqda. 
Chunonchi, korxonalar tarkibida mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega 
bo`lgan kichik, sho`ba korxonalar, vakolatxonalar va boshqa ichki 
tuzilmalarni tashkil etilmoqda. Korxonaning xo`jalik va boshqa tusdagi 
faoliyati uchun u joylashgan manzildan boshqa joyda vakolatxona va 
filiallar tashkil etilishi mumkin. Filial vakolatxonadan farqli ravishda 
yuridik shaxsning hamma yoki qisman vazifalarini amalga oshirishga 
haklidir. 
Vakolatxona hamda filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ularga 
korxona mol-mulkining bir qismi biriktiriladi. Uning rahbari ishonchnoma 
asosida yuridik shaxsning nomidan va uning manfaatlarini ko`zlab 
qatnashadi. Filial va bo`limlar yuridik shaxs sifatida tasis etilsa, uning 
nomida «filial» va «bo`lim» atamalaridan foydalanmaslik lozim. Umumiy 
qoidagi ko`ra, yuridik shaxsning majburiyatlari bo`yicha nizo vujudga 
kelgan taqdira, davo talabi va etirozlar filial va vakolatxona nomidan 
bildirilmaydi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudining 1999 yil 5 
fevraldagi «Xo`jalik sudlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining javobgarlik to`g`risidagi qoidalarini qo`llashning 
ayrim masalalari haqida»gi
1
77-sonli qarorining 15-bandiga asosan yuridik 
shaxs hisoblanmagan alohida bo`linma (vakolatxona, filial) faqatgina 
yuridik shaxs nomidan davo qilishi mumkin. Ish bo`yicha hujjatlar davo 
arizasida ko`rsatilgan pochta manziliga yuboriladi. 
Nizoning sudlovga tegishliligi yuridik shaxsning emas, balki alohida 
bo`linmaning joylashgan joyi orqali belgilanadi. Alohida bo`linmaning 
rahbari tomonidan imzolangan davo arizasiga uning yuridik shaxs 
nomidan davo arizasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi yuridik shaxsning 
ishonchnomasi ilova qilinishi kerak. Shunday vakolatnoma bo`lmagan 
taqdirda Xo`jalik prosessual kodeksining 118-modda 2-qismiga binoan 
davo arizasi ko`rmasdan qaytariladi. Takidlash joizki, filial va vakolatxona 
yuridik shaxsning boshqa ichki xo`jalik tuzilmalariga (bo`lim, sex va 
boshqalar) o`xshash bo`lsada, ulardan farqli xususiyati shuki, u yuridik 
мaжбуриятлaр бeлгилaнaди. Бaъзaн кoрxoнa тoмoнидaн чиқaрилaдигaн бoшқa нoрмaтив ҳуқуқий ҳужжaтлaрдa 
бўлинмaлaрнинг вaкoлaтлaри мустaҳкaмлaниши мумкин. 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий суди вa Oлий xўжaлик суди Плeнуми қaрoрлaрининг тўплaми, Нукус, 
«Билим» нaшриѐти, 2000. 224 б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo`linmasi 
ekanligidadir.
O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 
«Chet el investisiyalari to`g`risida»gi qonunining 7- moddasiga asosan, 
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona O`zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlarining talablariga rioya etgan holda O`zbekiston 
Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan sho`ba 
korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs bo`lmagan vakolatxonalar 
va boshqa alohida bo`linmalar tashkil etishi mumkin. Filial hamda 
vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida 
bo`ladi. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyulda 
qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida xorijiy investisiyalar 
ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan, davlat ro`yxatidan 
o`tkazish va tugatish tartibi to`g`risida»gi Nizomga ko`ra, bosh korxonasi 
Respublika tashqarisida joylashgan va xo`jalik faoliyatini amalga 
oshiradigan sho`ba korxonalari va filiallar, O`zbekiston Respublikasi 
hududida faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi 
korxonalarning sho`ba korxonalar va filiallari ham xorijiy investisiyalar 
ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi. Umumiy qoidaga ko`ra, muassis 
sho`ba korxona ustavini tasdiqlaydi, uning rahbarini tayinlaydi va sho`ba 
korxonaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan mulk egasining boshqa huquqlarini amalga oshiradi. Sho`ba 
korxona bosh korxonaning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi, bosh 
korxona esa o`zining sho`ba korxonalari majburiyatlari bo`yicha javob 
beradi. 
Sho`ba korxona o`z faoliyatini tasischi bergan vakolat doirasida 
amalga oshiradi. Sho`ba korxonasi qarzlari yuzasidan tasischi javobgar 
bo`lmaydi. Sho`ba korxonasining sinishiga tasischi (mulkdor)ning 
faoliyati sabab bo`lganda kreditorlarning talabini qanoatlantirishga sho`ba 
korxonaning mablag`i yetarli bo`lmasa, uni tasischi (mulkdor) 
qanoatlantiradi. Sho`ba korxonasiga biriktirilgan mulk hisobidan qarzlar 
qanoatlantirilishga 
tasischining 
qarzlari 
yuzasidan 
faqat 
sho`ba 
korxonasining kreditorlari talabi qanoatlantirilgandan keyingina hamda 
sho`ba korxona tugatilishidagina yo`l qo`yiladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin