Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi subyekti sifatida korxonalarning



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

5-§. Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi subyekti sifatida korxonalarning 
ayrim turlari: unitar korxonalar; aksiyadorlik jamiyatlari; ishlab 
chiqarish kooperativlari; xo`jalik shirkati; masuliyati cheklangan va 
qo`shimcha masuliyatli jamiyatlar 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
A) Aksiyadorlik jamiyatlari 
Aksiyadorlik jamiyati to`g`risidagi umumiy qoidalar, aksiyadorlik 
jamiyati tuzish, Ustav fondi, jamiyatning aksiyalari, Obligatsiyalari va 
boshqa qimmatli qog`ozlari, jamiyatning sof aktivlari, aksiyalar va 
qimmatli qog`ozlarni tarqatish hamda joylashtirish, aksiyadorlar reyestri 
va aksiyalarni saqlash, dividendlar, aksiyadorlik jamiyatini boshqaruvchi 
organlari, jamiyatning yirik bitimlar tuzishi, uni qayta tashkil etish va 
tugatish, hisob-kitob va jamiyat faoliyatini nazorat qilish masalalari 
O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan 
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to`g`risida»gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida o`z aksini topgan. 
Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini 
tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo`jalik 
yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. 
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o`zining mustaqil balansida 
hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo`ladi, o`z nomidan mulkiy 
va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga 
majburiyatlar olishi, sudda davogar va javobgar bo`lishi mumkin. 
Aksiyalarni chiqarish hamda ularni muomalaga kiritish aksiyadorlik 
jamiyatining asosiy jihati bo`lib, bu uni boshqa tijoratchi yuridik 
shaxslardan farqlab turadi. Mazkur xususiyat aksiyadorlik jamiyatini 
boshqa tijoratchi yuridik shaxslarga nisbatan muayyan darajada ustunlikka 
ega ekanligidan ham dalolat beradi, ayniqsa ochiq aksiyadorlik jamiyatida 
bu yaqqol namoyon bo`ladi. Ushbu ustunliklar asosan quyidagilardan, 
chunonchi kapital kirib kelishining cheklanmaganligi, uning erkin 
harakati, faoliyatning barqarorligi, javobgarlikning cheklanganligi hamda 
professional boshqaruv va boshqalarda namoyon bo`ladi. 
Ochiq aksiyadorlik jamiyatida kapital to`planishini oddiy mexanizmi 
mavjud, yani investorlarning mablag`lari aksiyalarni chiqarish yo`li bilan 
jalb 
etiladi 
va 
eng 
muhimi 
jamiyat 
ishtirokchilarining 
soni 
cheklanmagandir. 
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarning egalari ularni erkin 
ravishda sotishlari yoki sotib olishlari mumkin, bu jamiyatning faoliyatiga 
aslo tasir etmaydi hamda bu uchun jamiyatning boshqa ishtirokchilarining 
roziligi talab qilinmaydi. Bunda kapital tadbirkorlikning bir faoliyati 
sohasidan boshqasiga hech qanday qiyinchiliksiz o`tishi mumkin, boshqa 
tijoratchi tashkilotlarda esa kapitalni erkin aylanishi muayyan darajada 
cheklangan. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ustunligi uning faoliyatini 
barqarorligidadir. Masalan, to`liq shirkatdan to`liq sherikni chiqib ketishi 
shirkatni tugatilishiga, masuliyati cheklangan jamiyatdan esa uning 
ishtirokchisini chiqib ketishi ustav kapitalining sezilarli darajada 
kamayishiga sabab bo`ladi. Aksiyador esa jamiyatdan chiqib ketayotganda 
jamiyatdan hech qanday mol-mulk talab qilmaydi, balki o`ziga tegishli 
bo`lgan aksiyani boshqa shaxsga sotib yuborib, o`z ulushini oladi.
Aksiyadorlik jamiyatida ishtirokchilarni jamiyat majburiyatlari 
bo`yicha javobgarligining o`ziga xos ko`rinishi mavjud. Agar jamiyat 
zarar ko`rsa, aksiyador faqatgina aksiya sotib olish uchun sarflagan 
mablag`ini yo`qotadi, xolos. Ishtirokchining cheklangan javobgarligi 
hamda aksiyalarni sotib yuborish orqali aksiyadorlik jamiyatidan erkin 
ravishda istalgan vaqtda chiqib ketishi aksiyadorlik jamiyatiga kapitalni 
jalb etishni osonlashtiradi. 
Aksiyadorning mulki aksiyadorlik jamiyatining mulkidan butunlay 
ajratilgan. 
Shuning 
uchun 
aksiyadorning 
kreditorlari 
va 
uning 
majburiyatlari bo`yicha talabni jamiyat mulkiga qarata olmaydilar, biroq 
aksiyadorning aksiyasiga qaratishlari mumkin.
Aksiyadorning jamiyat majburiyatlari bo`yicha javobgarligini 
cheklanganligi masuliyati cheklangan jamiyat kabi ularning kreditorlari 
manfaatlari himoyasini asosiy kafolati bo`lgan ustav fondining ahamiyatini 
oshiradi. 
Ochiq aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarni jamiyatning kundalik 
boshqaruv faoliyatida ishtirok etishi talab etilmaydi. Aksiyadorlik 
jamiyatida xo`jalik shirkatidan farqli ravishda mulk bilan boshqaruv bir-
biridan ajratilgan. Aksiya egasi jamiyatning kundalik boshqaruvida 
ishtirok etishi uchun vaqti bo`lmasligi yoki yetarli darajada malakaga ega 
bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun ham jamiyat maxsus bilim hamda 
malakaga ega bo`lgan shaxslar tomonidan boshqariladi.
Aksiyadorlik jamiyati uni yangidan tasis etish yoki mavjud yuridik 
shaxsni qayta tashkil etish orqali tashkil etilishi mumkin. Yuridik hamda 
jismoniy shaxslar jamiyatning muassilari bo`lishi mumkin. Jamiyat yakka 
shaxs tomonidan ham tasis etilishi mumkin. 
Agar aksiyadorlik jamiyati ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan 
tashkil etilsa, muassislar o`rtasida tasis shartnomasi tuziladi. Shartnomada 
ularning jamiyatni tasis etish borasida birgalikda faoliyat ko`rsatish tartibi, 
jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o`rtasida joylashtirilishi kerak 
bo`lgan aksiyalarning xillari va turlari, ular uchun to`lanadigan xaq 
www.ziyouz.com kutubxonasi


miqdori va bu xaqni to`lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir 
huquq va majburiyatlari belgilab qo`yiladi. 
Jamiyat muassislari jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgunga qadar 
uning tuzilishi bilan bog`liq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar 
bo`ladilar. Jamiyatni ro`yxatdan o`tkazish yig`imi, tasis hujjatlarini 
tayyorlash bilan bog`liq xizmatlar, muhr va aksiyalarning sertifikatlarni 
tayyorlash uchun sarflangan mablag`lar hamda jamiyatni ro`yxatdan 
o`tkazish bilan bog`liq boshqa harajatlar aksiyadorlik jamiyatini tashkil 
etish bilan bog`liq harajatlar kiradi. Jamiyat muassislarining uni tuzish 
bilan bog`liq bo`lgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari 
keyinchalik 
aksiyadorlarning 
umumiy 
yig`ilishida 
maqullangan 
taqdirdagina javobgar bo`ladi. 
Jamiyatning ustavi uning muassislari yoki muassisi tomonidan 
tasdiqlanadi. Agar jamiyat ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan 
tashkil etilayotgan bo`lsa, uning ustavi muassislarning tasis yig`ilishida 
tasdiqlanadi. Tasis yig`ilishi qarorlarini oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul 
qiladi. Tasis shartnomasini o`zgartirish to`g`risidagi qarorlar qabul 
qilinayotganda esa barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqariladigan aksiyalar davlat 
ro`yxatidan o`tkazilishi lozim. Davlat ro`yxatidan o`tkazilmay chiqarilgan 
aksiyalar ularning egalaridan majburiy ravishda olib qo`yiladi, qimmatli 
qog`ozlarni sotishdan to`plangan pul emitentdan olinib, aksiya egalariga 
qaytariladi hamda emitentga nisbatan qonun hujjatlarida ko`rsatilgan 
muayyan sanksiyalar qo`llaniladi. 
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat 
aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan 
barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo`lishi lozim. Jamiyat tasis 
etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar o`rtasida joylashtirilgan 
bo`lishi kerak. Aksiyalar haqining hammasini to`lamagan aksiyadorlar 
jamiyat majburiyatlari yuzasidan o`zlariga tegishli aksiyalar qiymatining 
to`lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo`ladilar. 
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o`z kreditorlari 
manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. 
Hozirgi paytda ochiq turdagi jamiyat ustav fondining eng kam miqdori 
jamiyat ro`yxatdan o`tkazilgan paytda eng kam ish xaqining besh yuz 
baravar summasidan, yopiq aksiyadorlik jamiyatida esa eng kam ish 
xaqining ikki yuz baravar summasidan kam bo`lmasligi kerak. 
Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki 
qo`shimcha aksiyalarni joylashtirish yo`li bilan ko`paytirilishi mumkin. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jamiyat ustav fondini ko`paytirish to`g`risidagi qaror aksiyadorlarning 
umumiy yig`ilishi tomonidan qabul qilinadi, biroq mazkur vakolat 
umumiy yig`ilish qaroriga muvofiq yoki ustav bo`yicha kuzatuv 
kengashiga ham berib qo`yilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki 
ularning umumiy sonini qisqartirish yo`li bilan, shuningdek aksiyalarning 
bir qismini jamiyatning o`zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti 
bilan sotib olish orqali kamaytirilishi mumkin. Jamiyatning ustav fondini 
kamaytirishning eng muhim shartlaridan biri uning kreditorlarini xabardor 
qilishlikdir. Bunda kreditorlar jamiyatdan o`z majburiyatlarni muddatidan 
oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bog`liq zararni talab 
qilishga haqli. Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning umumiy majlisi 
qarori bilan yoki qonunda ko`rsatilgan hollarda sud qarori bilan qayta 
tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatidan 
tashqari, tadbirkorlikni yopiq aksiyadorlik jamiyati ko`rinishidagi tashkiliy 
– xuquqiy shakli ham mavjud. Yopiq aksiyadorlik jamiyati ham asosan 
ochiq aksiya-dorlik jamiyatiga taalluqli qonun normalari bilan tartibga 
solinadi, biroq uni o`ziga xos jihatlari mavjud. Ochiq aksiyadorlik jamiyati 
o`zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o`tkazishi, aksiyador o`zlariga 
tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o`zga shaxslarga 
o`tkazishga haqli hamda unda aksiyadorlarni soni cheklanmagandir. 
Aksiyadorlik jamiyatining ochiqligi uni har yili o`z aksiyadorlariga 
jamiyatning yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlar 
hisob varag`ini ommaviy ravishda taqdim etishi shartliligidan ham kelib 
chiqadi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyatida aksiyalar oldindan belgilangan 
doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadi. Bunda jamiyat o`zi chiqarayotgan 
aksiyalarga ochiq obuna o`tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi 
shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga xaqli emas. 
Yopiq jamiyat aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo`lishi mumkin 
emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda, u bir yil davomida 
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat 
tugagach, aksiyadorlar soni belgilangan miqdorgacha kamaymasa, sud 
yo`li bilan tugatilishi lozim. Demak, yopiq aksiyadorlik jamiyati kichik va 
o`rta biznesni tashkil etish yoki bo`lmasa ishtirokchilar tomonidan 
jamiyatning ishini yuritishi bilan bog`liq malumotlarni sir tutilishini 
taminlash maqsadida tuziladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin