To`liq shirkat
Fuqarolik kodeksi hamda “Xo`jalik shirkatlari
to`g`risida”gi qonunga muvofiq yuridik shaxs hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xo`jalik shirkati to`liq shirkat bo`lishligi uchun, uning ishtirokchilari
o`z o`rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug`ullanishlari hamda uning majburiyatlari bo`yicha
o`zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob berishlari lozim. To`liq
shirkatning holati ishtirokchilarning soni uncha ko`p bo`lmagan tijorat
tashkilotlariga
ko`proq
mos
keladi.
To`liq
shirkatda
uning
ishtirokchilarining soni cheklanmagan, biroq uni tasis etish uchun kamida
ikki ishtirokchi bo`lishi shart. Agarda qandaydir sabablar tufayli to`liq
shirkat faqatgina yagona ishtirokchidan iborat bo`lib qolsa, mazkur holat
yuz bergan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mazkur to`liq shirkatga
yangi to`liq sheriklar qabul qilinib, u saqlab qolinishi yoki unga hissa
qo`shuvchi azo topilib, u kommandit shirkatga aylantirilishi yoxud
tugatilishi lozim. Mazkur holatda to`liq shirkat yagona ishtirokchi bilan
xo`jalik jamiyatiga aylantirilishi mumkin. To`liq shirkatni tasis etish
xo`jalik jamiyatini tasis etishdan ko`ra birmuncha osonroqdir, ammo to`liq
shirkatning o`ziga xos “kamchiligi” mavjud. Bu, shirkat ishtirokchilarini
shirkat majburiyatlari bo`yicha o`zlariga qarashli bo`lgan butun mol-
mulklari bilan solidar tarzda, subsidiar tarzda javobgar bo`lishligidir.
Demak, to`liq shirkatning qarzini qoplash uchun mol-mulki yetarli
bo`lmasa, undiruv shirkat ishtirokchilarining mulkiga qaratilishi mumkin.
Xo`jalik jamiyatlarida esa ishtirokchilar uning majburiyatlari bo`yicha
faqatgina ustav kapitaliga qo`shgan hissalari qiymati doirasida javobgar
bo`ladilar.
To`liq shirkat ishtirokchilari javobgarligining solidar xususiyati
shundan iboratki, bunda shirkatning kreditori mulkiy talabni shirkat
ishtirokchilarining barchasiga yoki bo`lmasa ularning istalgan biriga
qo`yishi mumkin.
To`liq shirkatning ishlarini boshqarish barcha ishtirokchilarning
o`zaro kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Shirkatning tasis
shartnomasida boshqa qoida nazarda tutilgan bo`lmasa, shirkat faoliyati
bilan bog`liq masalalarni hal etishda har bir ishtirokchi bitta ovozga ega
bo`ladi, yani ishtirokchilar ustav kapitaliga qancha hissa qo`shganligidan
qatiy nazar ular boshqaruvda tengdirlar.
Shirkatning ishtirokchisi undan o`z erki bilan chiqib ketishi mumkin.
Cheklanmagan
muddatga
tasis
etilgan
to`liq
shirkatdan
uning
ishtirokchilarini o`z xohishi bilan chiqib ketishini qonun man etmaydi.
Ishtirokchi shirkatdan chiqib ketganligi to`g`risida hech kimga hisobot
berishi shart emas, biroq u uch oy oldin bu haqda shirkatni xabardor qilishi
lozim bo`ladi. Agarda to`liq shirkat muayyan muddatga tuzilgan bo`lsa,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishtirokchini undan muddatidan avval chiqib ketishiga uzrli sabab
bo`lgandagina yo`l qo`yiladi. Uzrli sabablar ro`yxati esa tasis
shartnomasida belgilab qo`yilgan bo`lishi lozim.
To`liq shirkatning ishtirokchilari yetarli asoslar mavjud bo`lganda
o`z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzayotgan hamda shirkat faoliyatida
yetarli darajada ishtirok etmayotgan sheriklarni sud orqali uning tarkibidan
chiqarib yuborishlari mumkin.
To`liq shirkatning huquqiy holatining asosiy xususiyatlaridan biri
shuki, undan chiqib ketayotgan ishtirokchilar chiqib ketayotgan yil uchun
hisobot tasdiqlangan vaqtdan boshlab ikki yil ichida shirkatning
majburiyatlari bo`yicha boshqa ishtirokchilar bilan bir qatorda solidar
tarzda subsidiar javobgar bo`lishadi.
Ulushni o`tkazish yoki merosni qabul qilish tufayli to`liq shirkatga
qabul qilingan ishtirokchilar uning avvalgi majburiyatlari bo`yicha boshqa
ishtirokchilar bilan bir qatorda javobgar bo`ladilar. To`liq shirkat tasis
etilgandan so`ng unga azo bo`lgan ishtirokchi faqatgina u sherik bo`lib
kirgan vaqtdan boshlab vujudga kelgan majburiyatlar uchun javobgar
bo`ladi.
To`liq shirkat qonun hujjatlariga muvofiq ravishda qayta tashkil
etiladi. To`liq shirkat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar vujudga
kelgan taqdirda, shuningdek u yagona ishtirokchidan iborat bo`lib qolgan
hollarda tugatiladi.
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda
shirkatning majburiyatlari bo`yicha o`zlarining butun mol-mulklari bilan
javob beradigan ishtirokchilar (to`liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat
faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlari qo`shgan hissalar doirasida
javobgar bo`ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchilar (hissa
qo`shuvchi, kommanditchi) mavjud bo`lsa, bunday shirkat kommandit
shirkat hisoblanadi.
Kommandit shirkat o`zining huquqiy xususiyatlari bilan ham to`liq
shirkatga, ham xo`jalik jamiyatlariga o`xshab ketadi. Shuning uchun uni
to`liq shirkat bilan xo`jalik jamiyati oralig`idagi yuridik shaxs desa ham
bo`ladi. Shuning uchun ham to`liq sheriklar bilan bog`liq munosabatlar
to`liq shirkatga oid normalar bilan tartibga solinadi. Kommandit shirkatni
ham to`liq shirkat kabi ishtirokchilarning soni uncha ko`p bo`lmagan
tijorat tashkilotlariga o`xshatish mumkin. Bunda ishtirokchilarning eng
kam miqdori ikki shaxs (bitta to`liq sherik, bitta kommanditchi)dan iborat,
eng ko`p miqdori esa qonun bilan cheklanmagan. Kommandit shirkatdagi
www.ziyouz.com kutubxonasi
to`liq sheriklar to`liq shirkatdagidek shirkatning nomidan xo`jalik
faoliyatini amalga oshirishadi.
Kommandit shirkatning tasis shartnomasi uning tasis hujjati bo`lib
hisoblanadi. Tasis shartnomasida shirkatning xo`jalik faoliyatiga oid
quyidagi masalalarning barchasi yoritilgan bo`lishi lozim:
-kommandit shirkat tuzilayotganligi, uning maqsadi va faoliyat
muddati;
-muassislarning tarkibi;
-shirkatning firma nomi va pochta manzili;
-ustav fondining miqdori hamda uni tashkil etish tartibi;
-har bir ishtirokchi ulushining miqdori;
-ishtirokchilar tomonidan ulushni kiritish tartibi, miqdori va tarkibi;
-shirkat ustav fondini kamaytirish yoki ko`paytirish tartibi;
-shirkat faoliyatini boshqarish tartibi;
-daromadni hamda zararni taqsimlash tartibi va qonun hujjatlariga
zid bo`lmagan boshqa shartlar.
Kommanditchilar shirkat faoliyatini boshqarishga hamda uning
nomidan faoliyat ko`rsatishga haqli emaslar. Shirkat nomidan vakolatnoma
berilgan hollar esa bundan mustasno, shuning uchun ham kommanditchilar
shirkat faoliyatida passiv ishtirok etadilar. Biroq kommanditchi to`liq
shirkatga nisbatan muayyan ustunliklarga ega, yani birinchidan, uning
shirkat majburiyatlari buyicha javobgarligi qo`shgan hissasi bilan
cheklangan bo`lsa; ikkinchidan, shirkat tugatilayotganda kreditorlarning
talabi qondirilgach, kommanditchilarning ham talabi qondiriladi.
Agar kommandit shirkatning firma nomiga kommanditchining nomi
qo`shilgan bo`lsa, u to`liq sherikka aylanadi hamda o`ziga tegishli bo`lgan
barcha mol-mulklari bilan shirkat majburiyatlari bo`yicha javobgar
bo`ladi.
Yuqorida kommandit shirkat ayrim xususiyatlari bilan xo`jalik
jamiyatiga o`xshab ketishligi aytilgan edi. Bu yerda kommanditchini
xo`jalik jamiyati azosi yoki aksiyadordan farqini bilib olish katta ahamiyat
kasb etadi. Agarda xo`jalik jamiyatining ishtirokchi (aksiyador)lari
umumiy majlis orqali jamiyat boshqaruvida ishtirok etishsa, kommanditchi
esa, shirkat boshqaruvida ishtirok eta olmaydi, balki uning faoliyatini
nazorat qiladi, xolos.
Kommandit shirkat kommanditchilarning barchasi undan chiqib
ketganda yoki bo`lmasa to`liq shirkatni tugatish uchun asos bo`lgan
holatlar vujudga kelganda tugatilishi mumkin. Kommandit shirkatda
kommanditchilar qolmaganda, u to`liq shirkatga aylantirilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuning uchun Fuqarolik kodeksining 58-moddasida yakka tadbirkorlar va
(yoki) tijoratchi tashkilotlar to`liq shirkatlarning ishtirokchilari hamda
kommandit
shirkatlarda
to`liq
shirkatlar
bo`lishlari
mumkinligi
ko`rsatilgan,
chunki
aynan
ular
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug`ullanishlari mumkin. Mazkur talab O`zbekiston Respublikasining
«Xo`jalik shirkatlari to`g`risida»gi qonunida ham o`z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: |