Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)
5 BOB. BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIqARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH 1. Xususiylashtirishning mohiyati, zaruriyati va tushunchasi Bozor munosabatlari ko`p ukladli iqtisodiyotga asoslangan bo`ladi.
Ko`p ukladli iqtisodiyotda turli mulk shakllari asosida tashkil etilgan
korxonalar faoliyat yuritishadi. Mulk hamda tadbirkorlik sohasida davlat
monopoliyasining mavjud bo`lishi bozor iqtisodiyoti uchun xos bo`lmagan
belgilardan biri bo`lib hisoblanadi. Shu sababli
i qtisodiy islohotlar birinchi
bosqichining g`oyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizmini tugatish
va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko`p ukladli iqti-sodiyotni real
shakllantirishdan iborat edi
1
.
Sobiq sosialistik tuzum uchun xususiy mulk tushunchasi yot edi.
Faqatgina mulkning shaxsiy, davlat hamda kolxoz-kooperativ shakllari
mavjud edi.
Shaxsiy mulkdan foydalanib daromad olish qonunga zid
faoliyat hisoblanardi. Davlat mulki umumxalq mulki deb atalgani bilan,
obyektiv reallikda xalq mazkur mulkdan yiroqda edi. Natijada ushbu mulk
xalq tomonidan emas, balki mavhum bo`lgan subyekt-davlat tomonidan,
yanada aniqrog`i uning byurokratik apparati tomonidan boshqarilar edi.
Shuning uchun ham xalqda, ham davlatda mazkur mulkka nisbatan
mulkdorlik hissi mavjud emasdi. Bu esa uning talon-taroj qilinishiga sabab
bo`lardi. Kolxoz-kooperativ mulki ham rasmiy jihatdan jamoaniki deb
etirof etilgani bilan, amalda butunlay davlat ixtiyorida edi. Mulkka
nisbatan
bunday
tartibning
o`rnatilganligi
odamlarni
mulkdan
begonalashib ketishiga sababchi bo`ldi. Chunki barcha ishlab chiqarish
vositalari tanxo davlatning mulki edi. Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan
odamlarning ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lishi hamda
iqtisodiy manfaatdorlikning mavjud emasligi ularda mulkka nisbatan
egalik hissining yo`qolishiga olib kelgan edi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy
mohiyati jamiyatdagi mulkni haqiqiy mulkdorlar qo`liga topshirishdan
iborat. Bunda mulkdor o`z mulkini avaylab-asrashga, uni o`zgalar
tomonidan talon-taroj etilishiga yo`l qo`ymaydi va eng asosiysi undan
daromad olish maqsadida foydalana oladi. Sosialistik tuzumda tanqid
1
Ислoм Кaримoв «Ўзбeкистoн иқтисoдий ислoҳoтлaрни чуқурлaштириш йўлидa», –Т.: Ўзбeкистoн, 1995. 46-б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ostiga olingan xususiy mulk, bozor iqti-sodiyotiga asoslangan jamiyatda