Topshiriladigan mol-mulk inventarizasiya qilinadi va bu topshirish
hujjatida yoki taqsimlash balansida ko`rsatib qo`yiladi.
Qayta tashkil qilish vaqtida qayta tashkil qilinayotgan korxonada
mavjud debitor va kreditorlik qarzlarining butun miqdori (shu jumladan,
sotib oluvchi va taminotchilarning ish haqi bo`yicha qarzlari, hisob
beruvchi shaxslardan, budjet
va budjetdan tashqari fondlar, soliqlar va
boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha) taqsimlash balansi yoki topshirish
hujjatiga muvofiq uning huquqiy vorislariga o`tadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil qiluvchi
fuqarolik huquq va majburiyatlar yuridik faktlar asosida vujudga keladi.
Ushbu huquq va majburiyatlarni nafaqat vujudga kelishi, shuningdek,
ularning o`zgartirilishi va bekor bo`lishi ham qonun va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga asosan yuridik faktlar bilan bog`liqdir.
Fuqarolik
Kodeksining 8-moddasida amaliyotda uchrab turadigan yuridik faktlar
inobatga olingan holda, fuqarolik huquq va burchlarning vujudga keltirish
asoslari berilgan.
Qayta tashkil etish jarayonida yuqorida sanab o`tilgan huquq va
majburiyatlarning yangidan vujudga kelgan yuridik shaxs(huquqiy
voris)ga o`tishi masalasi mukammal o`rganilishi lozim bo`lgan
masalalardan hisoblanadi. Malumki, huquqiy munosabatlar ularning
vujudga kelishidan boshlanib, uning bekor qilinishi bilan tugaydi. Mana
shu chegara oralig`ida huquqiy munosabatlar yuzaga keladi, harakatda
bo`ladi. Bu harakat davomida huquqiy munosabatlar
mazmun jihatdan
o`zgarsa-da, o`zining ayrim xususiyatlarini saqlab qolgan holda mavjud
bo`ladi va davom etadi.
Xuquqiy munosabatlarda majburiyatga ega bo`lgan subyektlarning
o`zgarishi kreditor almashganda (huquq subyekti) hamda qarzdor
almashinuvida (fuqarolik huquqiy majburiyatlar subyekti) ro`y beradi,
shuningdek, subyektning ikki yoqlama majburiyatlarda ishtirok etishi, yani
bir vaqtning o`zida ham kreditor ham karzdor bo`lishi mumkin. Demak,
huquqiy munosabat doirasida yuridik shaxslarning vujudga kelishi yoki
bekor bo`lishigina emas, balki mavjud davr oralig`ida tarkib jihatdan
yuzaga keladigan o`zgarishlarni (qayta tashkil etish) ham hisobga olishga
to`g`ri keladi.
Fuqarolik
huquqi
nazariyasida
asosiy
etibor
huquqiy
munosabatlarning paydo bo`lishi va bekor bo`lishiga
qaratilib, huquqiy
munosabatlarning o`zgarishi hamda qayta tashkil etish, ayniqsa, huquqiy
vorislik bilan uzviy bog`liq bo`lgan masalalar kam tadqiq qilingan
muammolardan bo`lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: