6-BOB. Xo`jalik YURITUVCHI SUBYEKTLAR
FAOLIYATINI
Qayta tashkil etish va tugatishning
huquqiy asoslari
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlarini qayta tashkil etish
tushunchasi va uni amalga
oshirish usullari
Yuridik shaxsning vujudga kelishining huquqiy ahamiyati muhim
hodisa bo`lganligi tufayli, fuqarolik huquqida
yuridik shaxs faoliyatining
bekor bo`lishi ham muhim huquqiy ahamiyatga ega bo`lgan harakatlardan
hisoblanadi. Bu shunisi bilan muhimki, oqibatda bir qancha huquq va
majburiyatlar yuzaga keladi.
Umumiy qoidaga ko`ra, yuridik shaxsning faoliyati qayta tashkil
etish yoki tugatish natijasida bekor bo`ladi.
Qayta tashkil etish
– ilgari mavjud bo`lgan korxonaning bekor
qilinishi va yangi huquq subyekti sifatida tadbirkorlik
faoliyatini davom
ettirilishi demakdir. Korxona u yoki bu manoda boshqa huquq va
majburiyatlar oluvchisi (yangi huquq subyekti), yangi yuridik shaxs
tomonidan amalga oshiriladi. Tugatishdan farqli o`laroq qayta tashkil
etishda mulk saqlanadi, xo`jalik va mulkiy huquq va majburiyatlar ham
mavjudligini yo`qotmaydi. Ishlab chiqarish bo`linmalari
ham yo
qisqargan, yoki yiriklashgan holda faoliyatini davom ettiradi. Qayta tashkil
etish har doim
huquqiy vorislik
bilan bog`liq bo`lib, bunda mulkiy va
boshqa huquq (majburiyat)lar bekor qilingan (turini o`zgartirgan) bir
huquq subyektidan boshqasiga, qaytadan vujudga keltirilgan korxonaga
o`tadi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan
taqdirda unga mulk huquqi
asosida tegishli mol-mulk yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga
o`tadi. Yuridik shaxsni tugatishdan buning asosiy farqi ham shunda
ifodalanadi.
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorislari uning
faoliyatini davom ettiradi. Shu bilan bog`liq ravishda oxir oqibatda barcha
huquq va majburiyatlar to`liq o`tishi lozim. Ular qayta tashkil etilgan
yuridik shaxsning universal huquqiy vorisi,
topshirish hujjati, xuddi
shuningdek, taqsimlash balansida qayd qilingan yoki qilinmagan bo`lsa
ham, uning barcha huquq va majburiyatlarining vorisi bo`lib qoladi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasida
qayta tashkil qilishning besh shakli belgilangan:
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qo`shib yuborish (o`z faoliyatini tugatgan ikki yoki undan ortiq
korxonaning barcha huquqlari va majburiyatlarini unga berish yo`li bilan
yangi korxonani vujudga keltirish);
Qo`shib olish (bir yoki bir nechta korxona faoliyatini to`xtatib,
ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish);
bo`lish (yuridik shaxs o`z faoliyatini to`xtatib, ikki va undan ortiq
yuridik shaxslarga bo`linadi);
ajratib chiqarish (korxonalarning huquq va majburiyatlari bir
qismini unga berish yo`li bilan yangi korxonani vujudga keltirish, yani
bunda yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajraladi,
avvalgi yuridik shaxs ham mavjud bo`lib qolaveradi);
o`zgartirish (yangi vujudga kelgan yuridik
shaxsga qayta tashkil
etilgan yuridik shaxsning barcha huquqlari va majburiyatlarini berish yo`li
bilan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini o`zgartirish, yani bunda bir
tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs boshqa shakldagi yuridik
shaxsga o`zgaradi).
Ushbu holatlar yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi jarayonida
qatnashuvchi tomonlarga alohida etibor berishni taqozo etadi. Natijada
qayta tashkil etilayotgan subyektlarning ikki, yani “ichki” –
faqat qayta
tashkil etilayotgan subyekt muassislari (tasischilari) doirasini qamrab
oluvchi (bo`lish yoki ajratib chiqarish) va “tashqi” – qayta tashkil
etilayotgan yuridik shaxsning boshqa subyektlar bilan aloqasini
belgilovchi (qo`shib olish, qo`shib yuborish va o`zgartirish) o`ziga xos
huquqiy tartibga solish jarayoni vujudga keladi. Bunday huquqiy tartibga
solish, yuridik shaxslarning qayta tashkil etilishida qatnashayotgan
subyektlar yuridik holatini tuslovchi “huquq
subyektlarning majburiy-
huquqiy aloqalari” ko`rinishida ham ifodalanishi mumkin.
Fuqarolik qonunchiligida muhim o`rin egallagan qayta tashkil
etishning yangi shaklining qonunchilikka, amaliyotga va qolaversa,
iqtisodiyotga kirib kelishi mamlakatimizda ro`y berayotgan bozor
munosabatlariga o`tish jarayoni bilan bog`liq. Uning to`la huquqiy va
iqtisodiy yutuqlari va kamchiliklariga batafsil to`xtalib o`tamiz.
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish
umumiy qoidalarga asosan
ixtiyoriy ravishda – uning tasischilarining (qatnashchilarining) yoki tasis
etilgan hujjatlar bilan vakolatga ega bo`lgan yuridik shaxs organi, masalan,
azolarning umumiy yig`ilish qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
Qo`shib olish, qo`shib yuborish yoki o`zgartirish shakllaridagi
Dostları ilə paylaş: