Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Huquqiy vorislik
bu - subyektiv 
www.ziyouz.com kutubxonasi


huquqning bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o`tishidir. Huquq 
beruvchidan huquqiy voris (subyekt)ga subyektiv huquqning berilishi 
natijasida huquqiy munosabatlarda o`zgarishlar sodir bo`ladi. 
Takidlash lozimki, huquqning bir shaxsdan boshqa shaxsga o`tishida, 
dastlabki huquq subyektning huquq va majburiyatlari hamda unga nisbatan 
qo`yilgan talablar bilan birgalikda o`tadi. Shuning uchun, huquqiy vorislik 
ko`lamini qo`llash keng va ko`p qirralidir. Huquqiy munosabatlar subyekti 
tarkibini o`zgartirishda har doim huquq bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga 
o`tadi. Bunda eski va yangi huquqiy munosabatlar o`rtasida aloqa 
o`rnatiladi.
Huquqiy vorislik yuridik shaxsni qayta tashkil etishda kelib chiqadi, 
qayta tashkil etishda yuridik shaxs o`zining huquqiy vorislari timsolida 
mavjud bo`ladi va harakat qiladi. Bu qayta tashkil etilgan yuridik shaxs 
kreditorlari uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. 
Yuridik shaxs qayta tashkil etilib, huquqiy vorislik kelib chiqqan 
holatda fuqarolik-huquqiy tartibga solishning vazifalari qo`yidagi 
zaruratlardan kelib chiqadi: 
1)
Barcha huquq va majburiyatlarni to`liq yuklash, qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxs faoliyatini uning huquqiy vorisiga o`tishi; 
2)
Bu majburiyatlarni va ular buzilganligi uchun javobgarlikni qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxs huquqiy vorislariga, uning faoliyati qanday 
bo`lingan bo`lsa, shunday aniqlikda bo`lib berish; 
3)
Kreditorlarga qayta tashkil etilgan yuridik shaxs majburiyatlari 
oldida majburiyatli va javobgar bo`lgan uning huquqiy vorislarini topishni 
yengillashtirish. Bunday tadbirlar zoya ketgan taqdirda, barcha huquqiy 
vorislarga nisbatan solidar javobgarlikni qo`llash lozim. 
Huquqning ijtimoiy ahamiyati ham shundan iborat, yani fuqarolik 
muomalasida barqarorlik bo`lishi zurur. Bunday sifatlarga faqat 
mustahkam qonunchilik tufayligina erishish mumkin bo`ladi. Bu esa 
tegishli ravishda huquqiy munosabatlar subyektlarining mustaqilligini, 
qayta tashkil etish holatida tomonlarning o`zgarishi, korxonaga huquq va 
majburiyatlarning o`tishi bilan ular faoliyatini davom ettirishi huquqiy 
vorislik bilan aniqlashtiriladi (O`zR FK 50-modda). Fuqarolik kodeksining 
82-moddasiga ko`ra dastlabki xuquq subyektiga tegishli bo`lgan “fuqarolik 
huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki 
universal huquqiy vorislik
(meros qilib olish, yuridik shaxsni 
qayta tashkil 
etish
) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan 
chiqarilmagan bo`lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tishi mumkin”. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuridik adabiyotlarda takidlanganidek, huquqiy vorislik umumiy 
(universal) va qisman (singulyar) turlarga ajratiladi. Universal huquqiy 
vorislikda malum huquq va majburiyatlarning jami o`tadi. Masalan, bir 
necha yuridik shaxslar qo`shib yuborilganda, yangi tashkil bo`lgan yuridik 
shaxsga universal vorislik tartibida oldingilarning barcha huquq va 
majburiyatlari o`tadi. Universal huquqiy vorislikning predmetini huquqni 
qabul qilib oluvchi (yangi huquq subyekti)ga o`tadigan huquq va 
majburiyatlar yig`indisi tashkil qiladi. 
Huquqiy vorislik o`z ichiga muayyan huquq va majburiyatlarni 
qamrab oladi. Huquqiy vorisga malum huquq va majburiyatlar majmuasini 
berish bilan birga malum shaxsda mavjud bo`lgan huquq va majburiyatlar 
yig`indisining o`tishi, yani universal huquqiy vorislik muhim o`rin 
egallaydi. U o`zining tub mohiyatiga ko`ra singulyar (qisman) huquqiy 
vorislik, yani huquq va majburiyatlar bir qismining huquqiy vorisligidan 
farq qiladi. 
Universal huquqiy vorislikda shaxs huquq va majburiyatlari 
yig`indisi sifatida, unga tegishli bo`lgan mol-mulk huquqiy vorisga yoki 
huquqiy vorislarga to`liq ravishda o`tadi. Yani, mol-mulk bir korxonadan 
ikkinchisiga o`tganda mulk bilan birga qayta tashkil etilgan korxona 
zimmasidagi huquq va majburiyatlar yuklanadi. Ayni shunday holatlar 
universal huquqiy vorislik holatlariga taalluqli bo`lib, bunda huquq 
subyektivligining to`liq vorisligi muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan 
korxonaning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha 
majburiyatlari 
bo`yicha, 
shu 
jumladan 
taraflar 
nizolashayotgan 
majburiyatlar bo`yicha ham, huquqiy vorislik to`g`risidagi qoidalarni o`z 
ichiga olgan bo`lishi kerak.
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi yuridik shaxs 
muassislari (ishtirokchilari) tomonidan yoki yuridik shaxslarni qayta 
tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi 
hamda tasis hujjatlari bilan birga yangi vujudga kelgan korxonalarni davlat 
ro`yxatidan o`tkazish yoki mavjud korxonalarning tasis hujjatlariga 
o`zgartishlar kiritish uchun taqdim etiladi. 
Fuqarolik kodeksining 51-moddasini quyidagicha sharhlash mumkin: 
yani, yuridik shaxs qayta tashkil etilishi natijasida yangidan vujudga 
kelgan yuridik shaxsning mulkka oid huquq va majburiyatlarini o`tish 
vaqti uning muassislari yoki qayta tashkil etish to`g`risida qaror qabul 
qilgan organ tomondan topshirish hujjati va taqsimlash balansida 
imzolangan va tasdiqlangan sana hisoblanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Topshirish hujjati bilan taqsimlash balansini ular yuridik tabiati va 
mazmuniga ko`ra korxonaning ustavi va nizomiga tenglashtirish mumkin. 
Shuning uchun qayta tashkil etishda topshirish hujjati yoki taqsimlash 
balansi tuzilgunga qadar inventarizasiya dalolatnomasi, buxgalteriya 
balansi, mustaqil auditorning korxona tarkibi va mol-mulki to`g`risidagi 
xulosasini, shuningdek kreditorlar, ular qo`yayotgan talablar xususiyati, 
miqdori va muddatlari ko`rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritilgan 
barcha qarz (majburiyat)lar ro`yxatini tomonlar tuzgan va ko`rib chiqqan 
bo`lishi kerak.
Lekin taqsimlash balansi va topshirish hujjatini nizosiz hujjat deb 
bo`lmaydi. Bunday holatlar yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar 
sud tartibida hal etiladi.
Ko`rib chiqilayotgan qayta tashkil etish va huquqiy vorislik 
to`g`risidagi normalar tushunchalari vaqtga va mazmuniga chambarchas 
bog`liqlikda tahlil qilinishi lozim. 
Birinchidan,
hech kim topshirish hujjati 
va 
taqsimlash 
balansini 
tasdiqlovchi 
yuridik 
shaxs 
muassisi 
(ishtirokchisi)ning qayta tashkil etish haqidagi qarorini o`zgartirish yoki 
bekor qilish huquqini davlat ro`yxatidan o`tkazish vaqtigacha cheklab 
qo`ya olmaydi. Muassisning bu huquqi qonunga zid bo`lmaydi va qayta 
tashkil etishning huquqiy tabiatiga to`liq to`g`ri keladi; 
ikkinchidan
, agar 
topshirish hujjati va taqsimlash balansida yuridik shaxsning majburiyatlari 
bo`yicha huquqiy vorislik to`g`risidagi qoidalar bo`lmasa, yangidan 
vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro`yxatidan o`tkazish rad etilishi 
mumkin. Shunday qilib, Fuqarolik kodeksida huquqiy vorislik obyektini 
aniqlashda qonun chiqaruvchini yondashishiga etiborni qaratish kerak.
Qayta tashkil etilgan korxona huquqiy vorislari universal huquqiy 
voris bo`ladilar, bu haqda topshirish hujjati va taqsimlash balansida qayd 
etilgan yoki etilmagan bo`lsada, ular huquq va majburiyatlarni o`z 
zimmalariga oladilar. Demak, vorislik huquqining mazmunini mol-mulkni 
topshirish hujjati va uni taqsimlash balansi tashkil etadi. 
Har bir huquqiy voris mulkdor yoki xo`jalik yuritish, operativ 
boshqarish tarzida o`tuvchi mol-mulk tarkibi (mulkiy huquq va 
majburiyatlar), mulkdor yoki ular tomonidan vakil etilgan organ 
tomonidan belgilanib, taqsimlash balansi va topshirish hujjati orqali 
aniqlashtiriladi. Xuddi shunday tartibda mulkiy huquqlarning o`tish payti 
belgilanadi. Berilayotgan mol-mulk tarkibiga kiruvchi alohida obyektlar 
yuzasidan kelib chiqqan nizolar, mulkdorlar tomonidan mazkur hujjatlar 
asosida hal etiladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Singulyar tartibda vorislarga huquqning belgilangan malum qismi 
o`tishi mumkin. Singulyar vorislik yuridik shaxsni qayta tashkil qilishda 
istisno sifatida qo`llanishi mumkin . 
Huquqiy munosabatlarda ishtirokchilarning almashinishi, ayniqsa, 
majburiyatda shaxslarning o`zgarishi, prosessual huquqiy vorislikka yoki 
boshqa prosessual oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar sudda xo`jalik 
nizolarini hal qilishda bir tomonning o`rniga boshqa tomonning prosessda 
ishtirok etishi lozim bo`lsa, yani nizolashayotgan tarafni aniqlab 
javobgarlik choralarini qo`llashda prosessual huquqiy vorislik muhim o`rin 
tutadi. 
Amaldagi qonunchilikka, xususan, O`zbekiston Respublikasi 
XPKning 39-moddasiga muvofiq, taraflardan biri nizoli yoki xo`jalik 
sudining hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib 
ketgan taqdirda (

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin