bozorlarida
monopolistik
faoliyatni keltirib
chiqaruvchi xo`jalik
subyektlari ustidan nazorat qiluvchi monopoliyaga qarshi davlat organidan
ham olish talab qilinadi
1
. Bazan yuridik shaxsni qayta tashkil etishda uning
xohish-irodasidan chetga chiqilishi mumkin. Bu to`g`ridan-to`g`ri qonunda
belgilangan holatlarda, yuridik shaxsni qayta tashkil etishning uning
tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxslarni bo`lish
yoki ajratib
chiqarish turlari vakolatli davlat organlari yoki sud qarori bilan
majburiy
amalga oshiriladi. Chunki qonunga binoan biror xo`jalik yurituvchi
subyekt tovar bozorida ustun mavqeiga ega bo`lgan holda monopoliyaga
qarshi qonun
hujjatlarini ust-ustiga buzsa, monopoliyaga qarshi davlat
organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tartibda bo`lib
yuborish yoki tarkibiy bo`linmalar negizida bir yoki bir necha yuridik
shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga davo arizasi berish huquqiga ega
2
.
Agar yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari),
ular vakil qilingan organ
yoki yuridik shaxsning o`z tasis hujjatlari bilan qayta tashkil etishga vakil
qilgan organi yuridik shaxsni vakolatli davlat organining qarorida
belgilangan muddatda qayta tashkil etmayotgan bo`lsa, sud mazkur davlat
organining davosi bo`yicha yuridik shaxsning boshqaruvchisini tayinlaydi
va unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil etishni topshiradi.
Boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab unga yuridik shaxsning
ishlarini boshqarish vakolatlari o`tadi. Boshqaruvchi sudda yuridik shaxs
nomidan
harakat qiladi, taqsimlash balansini tuzadi va uni yuridik
shaxslarni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan tasis hujjatlari
bilan birga ko`rib chiqish uchun sudga topshiradi. Sudning ushbu
hujjatlarini tasdiqlashi yangidan vujudga kelayotgan
yuridik shaxslarni
davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun asos bo`ladi.
Qo`shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda,
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan
paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi. Yuridik
shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo`shib olish shaklida qayta tashkil
etilganida qo`shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to`xtatilgani
1
Aгaр юридик шaxслaр бирлaшмaлaрини тaшкил eтиш, қўшиб юбoриш вa бирлaштириш, шунингдeк, xўжaлик
юритувчи субектлaрни қўшиб юбoриш вa бирлaштириш, мoлия-сaнoaт гуруҳлaри, xoлдинг кoмпaниялaри
тaшкил eтиш нaзaрдa тутилгaн ҳoлaрдa xўжaлик юритувчи субектлaрни қўшиб юбoриш ѐки бирлaштириш
(қўшиб oлиш) тўғрисидa қaрoр қaбул қилгaн шaxслaр ѐки oргaнлaр мoнoпoлиягa қaрши дaвлaт oргaнигa қaйтa
тaшкил eтишгa рoзилик бeриш тўғрисидaги илтимoснoмa ҳaмдa бирлaшaѐтгaн xўжaлик юритувчи субектлaрдaн
ҳaр бирининг aсoсий фaoлият турлaри, улaрнинг тeгишли тoвaр бoзoридaги улуши вa бирлaшмaгa киришгa
рoзилиги тўғрисидaги маълумотлaрни тaқдим eтaдилaр. Тoвaр бoзoрлaридa мoнoпoлистик фaoлиятни чeклaш вa
рaқoбaт тўғрисидa Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнуни // Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг
Axбoрoтнoмaси, 1997 йил, 2-сoн, 54-мoддa.
2
Шу ҳужжaт 16-мoддa 1 бaнди. Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1997 йил, 2-
сoн, 54-мoддa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat
reyestriga kiritilgan
paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Qayta tashkil qilishning barcha sanab o`tilgan shakllarini ikki
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga
Dostları ilə paylaş: