Nazorat savollari:
1. Xo`jalik subyektini qayta tashkil etish usullarini sanab o`ting.
2. Xo`jalik subyektini qayta tashkil etish tartibi nimalardan iborat?
3. Xo`jalik yurituvchi subyektni qayta tashkil etishning tugatishdan
farqi nimada?
4.Xo`jalik subyektini tugatish asoslariga nimalar kiradi?
5. Xo`jalik subyekti qachondan boshlab tugatilgan hisoblanadi?
6. Xo`jalik yurituvchi subyektlarni tugatish bosqichlarini sanab
o`ting?
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 BOB. XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING
BANKROTLIGI
1-§. Bankrotlik tushunchasi va uning normativ huquqiy asoslari
Bankrotlik instituti–xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi
munosabatlar amaliyoti va huquqiy tartibga solish tizimida nisbatan yangi
institutdir. O`zbekiston Respublikasida «Bankrotlik to`g`risida»gi qonun
birinchi marta 1994 yil 5 mayda qabul qilingan. Ushbu qonunning yangi
tahriri Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan va 1
noyabrdan kuchga kirgan. Bundan tash-qari, 1999 yil 20 avgustda Oliy
Majlisning navbatdagi sessiyasida ushbu qonunga qo`shimcha va
o`zgartirishlar kiritildi. Hozirgi paytda Oliy Majlis tomonidan 2003 yil 24
aprelda yangi tahrirda qabul qilingan mazkur qonun qo`llanilmoqda.
«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunni bir yo`sinda qo`l-lanilishini
taminlash maqsadida O`zbekiston Respub-likasi Oliy xo`jalik sudi
Plenumi tomonidan 1999 yil 16 iyulda «O`zbekiston Respublikasi
«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunini xo`jalik sudlari tomonidan
qo`llashning bazi bir masalalari to`g`risida»gi 78-sonli qaror qabul qilindi.
Shuningdek, vakolatli davlat organlari tomonidan bu borada o`nga yaqin
normativ hujjatlar ham qabul qilinib, tegishli tartibda O`zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazilgan.
Yangi tahrirdagi «Bankrotlik to`g`risida»gi qonun 1994 yildagi va
1998 yildagi qonunlardan sezilarli darajada o`ziga xos qo`shimcha va
o`zgartirishlar bilan farqlanadi. Amaldagi qonun 192 ta moddadan iborat,
1998 yildagi qonun 133 ta moddadan tashkil topgan, eski tahrirdagisida
esa atigi 35 ta modda bor edi, xolos. Bankrotlikning asosiy belgilari
o`zgardi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tad-birkorlarning nochorligi
tushunchalari bir-biridan farqlandi. Mazkur o`zgartirishlarni hayotning
o`zi, iqti-sodiyotda ro`y berayotgan islohotlar taqozo etmoqda. Shuning
uchun bankrotlik instituti bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan har qanday
mamlakatning davlat huquqiy tuzilishining uzviy bo`g`ini ekanligi
tabiiydir.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo`yicha kreditorlar talablarini
qondirishga va (yoki) majburiy to`lovlar bo`yicha o`z majburiyatlarini
bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to`lov
majburiyati yuzaga kelgan kundan etiboran uch oy davomida qarzdor
tomonidan bajarilmagan bo`lsa, uni bankrotlik alomati deb etirof etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bankrotlik to`g`risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo`lgan
taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish
haqining besh yuz karrasini tashkil etadigan bo`lsa, qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqining kamida o`ttiz
karrasini tashkil etadigan bo`lsa, xo`jalik sudi tomonidan qo`zg`atilishi
mumkin.
Qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ariza bilan qarzdor,
kreditor va prokuror pul majburiyatlari bajarilmagan hollarda murojaat
etish huquqiga ega. Majburiy to`lovlar majburiyati bajarilmaganligi
natijasida esa ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor,
prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Qarzdorda bankrotlik alomatlari mavjud bo`lca, o`zini bankrot deb
topish to`g`risidagi ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Shuningdek, qarzdor, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi xo`jalik sudiga
ariza berishga majbur bo`lgan hollar mavjuddir. Unga ko`ra, qarzdorning
rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor - bir yoki bir necha
kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar
oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to`lovlar bo`yicha o`z
majburiyatini to`liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo`yishga olib
keladigan; qarzdorning tasis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish
to`g`risida qaror qabul qilishga vakolatli bo`lgan qarzdor yuridik shaxs
organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo`jalik sudiga murojaat etish
haqida qaror qabul qilingan; qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi
vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo`jalik sudiga
murojaat etish to`g`risida qaror qabul qilingan, undiruv qarzdorning mol-
mulkiga qara-tilganda bunday undiruv qarzdorning xo`jalik faoliyatini
imkonsiz qilib qo`yadi, deb hisoblashga asos bo`lgan holatlar shular
jumlasiga kiradi. Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs
tugatilayotganda kreditorlarning talab-larini to`liq hajmda qondirish
imkonsizligini aniq-laganda, qarzdorning arizasi bilan xo`jalik sudiga
muro-jaat etishi shart.
Ariza yuqorida qayd etilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan etiboran
bir oydan kechiktirilmay xo`jalik sudiga yuborilishi kerak. Ariza ushbu
muddatda taqdim etilmaganda, muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan
qarz-dorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy
to`lovlar bo`yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi azolarining
yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo`ladi.
Bankrotlik
taomili
qo`llanilayotganda
barcha
kreditorlarning
manfaatlarini qonunga muvofiq tashkil etiladigan kreditorlarning yig`ilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki kreditorlar qo`mi-tasi hal qiladi va qarzdorga nisbatan sodir etiladigan
harakatlarning hammasini amalga oshiradi.
Kreditorlar, majburiy to`lovlarga doir talablar qismi bo`yicha esa
davlat soliq organlari va boshqa vakolatli organlar kreditorlar
yig`ilishining ovoz berish hu-quqiga ega bo`lgan ishtirokchilari
hisoblanadi. Kreditorlar yig`ilishida maslahat ovozi huquqi bilan
qarzdorning xodimlari vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muas-sislarining
(ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ishtirok
etadi. Agarda, ishda yagona kreditor ishtirok etayotgan bo`lsa, kreditorlar
yig`i-lishining mutlaq vakolatiga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu
kreditorning o`zi amalga oshiradi. Kreditorlar yig`ilishini tashkil etish va
o`tkazish sud bosh-qaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig`ilishining mutlaq vakolati doirasida qabul qilinadigan
qarorlar, kreditorlar yig`ilishi bayonnomasiga ilova qilinishi lozim bo`lgan
hujjatlar, kreditorlar yig`ilishini o`tkazish to`g`risida xabardor etish, uni
chaqirish, qaror qabul qilish tartiblari ham aniq belgilab berilgan.
Qonunga sud boshqaruvchilari (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya
qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi)
instituti kiritildi, ularga nisbatan bir qator talablar belgilandi. Unga ko`ra
oliy malumotga hamda ikki yillik ish stajiga ega bo`lgan, shuningdek
bankrotlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha davlat organida attestasiyadan
o`tgan shaxslar bu lavozimga tayinlanadi hamda qonunning bu qoidasi
2004 yil 1 yanvardan etiboran joriy etiladi.
Qarzdor yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxslar; sudlanganlik
holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
bankrotlik taomili joriy etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; ilgari sud
boshqaruvchisi vazifasini bajarayotgan paytda qarzdorga, kreditorlarga
zarar yetkazib, bu zararni qoplamagan shaxslar; boshqa shaxslarning
ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bilan bog`liq faoliyatni amalga
oshirishiga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan
shug`ullanishdan mahrum etilgan yoki noloyiq deb topilgan shaxslar) sud
boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin emas.
qonunga sud boshqaruvchisi xo`jalik sudi tomonidan vazifaga
tayinlangan sanadan etiboran o`n kun ichida bankrotlik to`g`risidagi ishda
ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun o`z
javobgarligini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda 2005 yil 1
yanvardan boshlab sug`urtalashi lozimligi haqidagi normaning kiri-
tilganligi muhim axamiyatga egadir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sud boshqaruvchisi huquq va majburiyatlari doirasida faoliyat
yuritishi lozim bo`ladi. U tomonidan zimmasiga qonun bilan yuklangan
vazifalarning qarzdorga yoki kreditorga zarar yetkazilishiga olib kelgan
tarzda bajarganda yoki lozim darajada bajarmaganda vazifasidan ozod
etishga asos bo`ladi. Bunda qarzdor, kreditorlar yetkazilgan zararning
o`rnini qoplanishini talab qilishga haqlidirlar.
O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va bankrotlik
to`g`risidagi ishlar bo`yicha davlat organi bankrotlik sohasini davlat
tomonidan tartibga solib borilishini taminlaydi. Shu bilan bir qatorda,
bankrotlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha davlat organining qoraqal-
pog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hudu-diy
boshqarmalari o`zlarining vakolatlari doirasida bu boradagi faoliyatni
tartibga soladilar.
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi, tashqi bosh-qaruv va
tugatishga doir ish yuritish yuridik shaxsning bankrotligi to`g`risidagi ish
ko`rilayotganda amalga oshiriladigan taomillar hisoblanadi. Yakka
tartibdagi tadbirkorning bankrotligi to`g`risidagi ish ko`rilayotganda esa
faqatgina kelishuv bitimi va tugatishga doir ish yuritish kabi taomillar
qo`llaniladi. Sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda
tugatish suddan tashqari bajariladigan taomillar jumlasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |