-ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab
qayta ixtisoslashtirish;
-chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
-xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
-qarzdorning to`lov qobiliyati tiklanishi
hamda faoliyatini davom
ettirishidan manfaatdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
moliyaviy yordam ko`r-satilishi;
Qarzdorning faoliyatini davom ettirishi uchun qarzdor bilan
kreditorlar o`rtasida kreditorlarga to`lanadigan to`lovlar muddatini
kechiktirish va (yoki) uni bo`lib-bo`lib to`lash yoxud qarzlardan siylov
berish to`g`risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
majburiy to`lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni
sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
Qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko`rsatgan
holda o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi va u o`n ikki
oydan yigirma to`rt oygacha muddatga joriy etiladi.
«Bankrotlik to`g`risida»gi yangi tahrirdagi
qonunga kuzatuv va sud
sanatsiyasi kabi yangi institutlar alohida boblarda kiritilgan.
Kuzatuv
institutining joriy etilishidan ko`zlangan maqsad kreditorlar
manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talon-taroj qilinishini
oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirishdan
iborat. Kuzatuv bankrotlik to`g`risidagi ish qo`zg`atilganda xo`jalik sudi
qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi arizani ish yuritishiga qabul
qilingan sanadan etiboran joriy etiladi va bu haqda sud ajrimida
ko`rsatiladi.
Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab- mulkiy undiruvlar bo`yicha
ijro hujjatlarini ijro etish qonunda belgilangan tartibda to`xtatib turiladi;
qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari)
uning tarkibidan
chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni)
ajratish haqidagi talablarini qon-dirish va emissiya qimmatli qog`ozlari
bo`yicha dividendlar va boshqa to`lovlar to`lash taqiqlanadi; muqobil bir
xildagi talabni hisobga olish yo`li bilan qarzdorning pul majburiyatlarini
tugatishga, basharti bunda kreditorlarning talablarini qondirish navbati
buzilsa, yo`l qo`yilmaydi.
Kuzatuv joriy etilganda qarzdor boshqaruv organlarining qonunda
belgilangan ayrim vakolatlari cheklanadi. Masalan, qarzdorning boshqaruv
organlari ko`chmas mol-mulkni ijaraga, garovga
berish bilan yoki shu
www.ziyouz.com kutubxonasi
mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish va qarzdorning balans qiy-mati
qarzdor aktivlari balans qiymatining o`n foizdan ko`prog`ini tashkil
etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bog`liq bitimlarni; zayomlar
(kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish,
talab qilish
huquqlaridan o`zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga
o`tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish
shartnomasini
tuzish
bilan
bog`liq
bitimlarni
faqat
muvaqqat
boshqaruvchining
yozma
roziligiga
binoan
tuzishlari
mumkin.
Shuningdek, ular qarz-dorni qayta tashkil etish va tugatish; yuridik shaxsni
tuzish yoki boshqa yuridik shaxsning ishtiroki; vakolatxonalar ochish va
filiallar tashkil etish; dividendlar to`lash
yoki qarzdorning daromadini
(foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) o`rtasida taqsimlash; qarzdor
tomonidan Obligatsiyalar va boshqa emissiya qog`ozlarini (aksiyalardan
tashqari) joylashtirish; ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotish
olish to`g`risidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas.
Kuzatuv joriy etilishi munosabati bilan xo`jalik sudining ajrimi bilan
muvaqqat boshqaruvchi tayinlanadi. Uning huquq va majburiyatlari
qonunda aniq belgilab qo`yilgan. Jumladan, muvaqqat boshqaruvchi
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taminlash choralarini ko`rishi;
uning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi; kreditorlarni aniqlashi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
qarzdorga nisbatan kuzatuv
joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi; kreditorlarni birinchi
yig`ilishini chaqirishi va o`tkazishi shart.
Kreditorlarning birinchi yig`ilishi vakolatiga quyi-dagi qarorlarni
qabul qilish kiradi: sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish
yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni
boshlash haqida iltimosnoma bilan xo`jalik sudiga murojaat qilish;
kreditorlar qo`mitasining
miqdoriy tarkibi, uning azolarini saylash;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki
tugatuvchi boshqaruvchining nomzod-larini maqullash to`g`risidagi
qarorlar.
Xo`jalik sudi tomonidan qarzdor bankrot deb topil-ganda va
tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sa-nasiyasi yoxud tashqi
boshqaruv joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan etiboran
kuzatuv tugatiladi.
Dostları ilə paylaş: