Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)
uchinchi bosqichiga xos xususiyatdir.
Agarda oraliq balansini belgilash chog`ida tugatiluvchi korxonaning
mol-mulki yetarli emasligi aniqlansa, bunday yuridik shaxs faqat
bankrotlik yo`li bilan tugatiladi. Bankrotlik chora-tadbirlari majmuasi
barcha tijorat va notijorat tashkilotlari uchun tadbiq etilishi mumkin.
Tugatish jarayoni olib borilayotgan vaqtda ham, tugatish komissiyasi yoki
tugatuvchi tomonidan yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) aniqlansa,
unga nisbatan bankrot bo`lganlikka doir ish yuritishni qo`zg`atishga asos
bo`ladi. Uning tugatilish jarayonida ekanligi ish yuritishni qo`zg`atishga
to`sqinlik qila olmaydi. Bankrotlikka uchragan xo`jalik yurituvchi
subyektlarni tugatish tartibi va xususiyatlari O`zbekiston Respublikasining
www.ziyouz.com kutubxonasi
2003 yil 24 aprelda qabul qilingan "Bankrotlik to`g`risida”gi (yangi
tahrirdagi) qonuni bilan belgilanadi. Ushbu qonunning 4-moddasiga ko`ra
qarzdorning pul majburiyatlari buyicha kreditorlar talablarini qondirishga
va (yoki) majburiy to`lovlar bo`yicha o`z majburiyatini bajarishga qodir
emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to`lovlar majburiyati yuzaga
kelgan kundan etiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan
bo`lsa, uning bankrotlik alomatlari deb etirof etiladi.
Keyingi
to`rtinchi bosqichda tugatish komissiyasi oraliq tugatish
balansiga binoan to`lovlarni tayyorlaydi. Kreditorlarni talablarini qondirish
navbati O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida
belgilangan bo`lib, birinchi navbatda, fuqarolarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan talablari qondiriladi. Mazkur qoidani
belgilashda mamlakatimizda fuqarolar mehnatini muhofaza qilish va
Mehnat kodeksi normalari inobatga olingan
1
. Ikkinchi navbatda
alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari bo`yicha mukofot
to`lash haqidagi talablar, uchinchi navbatda esa tugatilayotgan yuridik
shaxs javobgar bo`lgan fuqarolarning hayotiga va sog`lig`iga zarar
yetkazilganligi uchun berilgan talablari tegishli vaqtbay to`lovlarni
kapitallashtirish yo`li bilan qanoatlantiriladi. Mana shunday hayot va
sog`liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb
topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to`lovlar ularni qonun
hujjatlarida belgilangan qoidalarga ko`ra jabrlanuvchiga to`lash uchun
kapitallashtirilishi lozim. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki
yo`qligi yoki yetarli emasligi sababli to`lovlarni kapitallashtirish mumkin
bo`lmagan hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat
tomonidan qonunda nazarda tutilgan tartibda to`lanadi. Har bir navbatdagi
talab oldingi navbatdagi talablar qanoatlantirilgandan so`ng amalga
oshiriladi.
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda qanoatlantiriladi (O`zR FK 56-modda). Biz yuqorida qayd etib
o`tgan fuqarolarning talablari to`liq qondirilgandan keyin, qolgan mol-
mulk quyidagi tartibda taqsimlanadi: birinchidan, shu mol-mulk
qiymatidan sud qarorida kimning talabi birinchi bo`lib qondirilishi
ko`rsatilgan bo`lsa, shu kreditorlarning qarzlari to`lanadi; ikkinchidan,
1
Чунoнчи, Гeрмaния фуқaрoлик қoнунчилигидa ҳaм юридик шaxс тугaтилaѐтгaндa, биринчи нaвбaтдa
фуқaрoлaрнинг мeҳнaт oид мунoсaбaтлaридaн кeлиб чиқaдигaн тaлaблaри қoндирилaди. Сўнгрa сoлиқ ҳуқуқий
мунoсaбaтлaрдaн кeлиб чиқaдигaн тaлaблaр қoндирилaди. Қaрaнг: Германское право. Част ИИ. Германское
торговое уложение и другие закони. -М. 1996. С 389.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qolgan mol-mulk qiymatidan talabnoma taqdim etish muddati o`tib
ketgandan so`ng, berilgan talablar qondirilishi mumkin.
Barcha
kreditorlar
bilan
hisob
kitob
ishlari
nihoyasiga
yetkazilgandan so`ng,