qilish uchun zarur vaqtni hi-sobga olgan holda qishloq xo`jaligi ishlarining
tegishli davri tugagunga qadar bo`lgan muddatga joriy etiladi.
Bunda
kuzatuv taomili muddati uch oydan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv
jami muddati esa o`ttiz olti oydan oshmasligi lozim.
Bu muddat qonunda
belgilangan holatlarda o`n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Bankrot deb topilgan qishloq xo`jaligi korxonalariga tegishli bo`lgan
mol-mulk kim oshdi savdosiga mulkiy majmua sifatida sotishga
qo`yilmog`i lozim.
Qarzdorning mol-mulkini sotib olishda imtiyozli huquqqa,
shuningdek yerga egalik qilish huquqiga qishloq xo`jaligi
mahsuloti
etishtirish bilan shug`ullanayotgan va qarzdorning yer uchastkasiga
bevosita tutash yer uchastkasiga egalik qiluvchi shaxslar ega bo`ladilar.
Bankni bankrot
deb topish to`g`risidagi arizani ko`rib chiqish uchun
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank faoliyatini
amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya
qaytarib olinganidan
keyingina xo`jalik sudi tomonidan qabul qilinadi.
Banklarga nisbatan tashqi boshqaruv joriy qilin-maydi. Bankning
bankrotligi to`g`risidagi ish ko`rilayotganda qonunga muvofiq O`zbekiston
Respublikasi Markaziy banki va Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash
fondi ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: