Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Insofsiz raqobat va reklama



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
3-§. Insofsiz raqobat va reklama 
Bozor munosabatlari sharoitida raqobatni reklamasiz tasavvur etib 
bo`lmaydi. Malumki, raqobat xo`jalik yurituvchi subyektlarni muayyan 
foydani qo`lga kiritish uchun tovar (ish,xizmat)larni ko`proq ishlab 
chiqarish va sotish bo`yicha o`zaro musobaqalashuvidir.
Reklama
foyda olish maqsadida xo`jalik yurituvchi subyektlar, 
ularning tovar (ish, xizmat)lari, tovar (ish, xizmat) belgilari hamda 
tovarlarni ishlab chiqarish texnologiyalari to`g`risida tarqatiladigan 
maxsus axborotdir. 
Xo`jalik yurituvchi subyekt qanchalik sifatli va narxi arzon tovar 
ishlab chiqarmasin, u reklamaning yordamisiz raqobatlasha olmaydi. 
Chunki istemolchi faqatgina reklama orqaligina xo`jalik yurituvchi 
subyekt hamda uning tovari (ishi,xizmati) haqida to`liq malumotga ega 
bo`ladi. Xo`jalik yurituvchi subyekt aynan reklama orqali o`zining 
imkoniyatlarini istemolchiga namoyish eta oladi. Reklama xo`jalik 
yurituvchi subyektga raqobatlashish vositasi sifatida xizmat qiladi desa 
ham bo`ladi. Shuning uchun ham iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 
reklamadan keng foydalaniladi. Masalan, reklama uchun sarflanadigan 
xarajatlar Italiyada yalpi milliy mahsulotning 0,6% tashkil etsa, AQShda 
2,7% tashkil etadi. 
Reklama 
faoliyati 
bilan 
bog`liq 
munosabatlar 
O`zbekiston 
Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi «Reklama to`g`risida»gi qonuni
1
hamda Adliya vazirligida 06.04.2001 yilda 1024-raqam bilan ro`yxatga 
olingan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat 
qo`mitasining 26.03.2001 yilgi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1999 йил, 14-мoддa, 1-сoн. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


“Reklamani joylashtirish to`g`risidagi Nizom”
1
bilan huquqiy jihatdan 
tartibga solinadi. Reklama bilan bog`liq huquqiy munosabatlarda reklama 
beruvchi, reklama tayyorlovchi, reklama tarqatuvchi hamda reklamadan 
foydalanuvchilar ishtirok etadi. Reklama beruvchi - o`z tovari (ishi, 
xizmati)ni reklama qilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektdir. Reklama 
tayyorlovchi - reklama beruvchining buyurtmasiga binoan reklamani 
tayyorlaydigan shaxs. Reklama tarqatuvchi - reklama vositalari orqali 
reklama beruvchining reklama axborotini tarqatuvchi shaxs. Reklamadan 
foydalanuvchi esa reklama yo`naltirilgan shaxs, yani istemolchidir. 
Reklamani tarqatishda qonun hujjatlariga rioya etish, undagi 
malumotlarning aniq va ishonchli bo`lishi hamda istemolchiga hech 
qanday zarar yetkazmaslik reklamaga qo`yiladigan asosiy talablar bo`lib 
hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur talablarga rioya etmagan shaxslar 
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. O`z tovari (ishi,xizmati)ni 
reklama qilmoqchi bo`lgan shaxs reklama tayyorlovchi hamda uni 
tarqatuvchiga reklamadagi axborotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi 
hujjatlarni taqdim etishi shart. Bundan tashqari, xo`jalik yurituvchi subyekt 
maxsus ruxsatnoma talab etiladigan faoliyatni reklama qilmoqchi bo`lsa 
tegishli lisenziyaga ega ekanligini ko`rsatishi lozim. Reklamadagi axborot 
hech qanday maxsus bilimlarsiz har qanday normal qobiliyatli odamga 
tushunarli bo`lishi lozim. 
Yuqorida 
reklamani 
xo`jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
uchun 
raqobatlashuv vositasi ekanligi aytib o`tilgan edi. Raqobat qonuniy 
(insofli) hamda noqonuniy (insofsiz) turlarga bo`linar ekan, reklamaning 
ham qonuniy va noqonuniy turlari mavjud. Aynan noqonuniy reklama 
orqali insofsiz raqobat amalga oshiriladi. Yuridik adabiyotlarda 
noqonuniy, yani lozim darajada bo`lmagan reklamaning quyidagi turlari 
sanab o`tilgan
2

-insofsiz reklama; 
-ishonchsiz(shubhali) reklama; 
-yolg`on reklama; 
-yashirin reklama. 
Insofsiz reklamada reklama qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lardan 
foydalanmaydigan shaxslar kamsitiladi, reklama qilinayotgan tovar boshqa 
xo`jalik yurituvchi subyektlarning tovarlari bilan noxolisona taqqoslanadi, 
raqobatchining obro`siga putur yetkaziladigan yolg`on malumotlar 
1
Буллитен нормативниx актов министерств, государственниx комитеров и ведомстм Республики Узбекистан, 
2001, Н 7. 
2
Жилинский С.Е. Предпринимательство право. – М., Нoрмa-Инфрa-М., 1999. - С. 533-537. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


aytiladi, reklamani raqobatchining reklamasiga o`xshatib, undan ko`chirib 
yoki taqlid qilib istemolchini chalg`itadi yoki bo`lmasa ularning 
tajribasizligidan foydalanadi. 
Ishonchsiz yoki shubhali reklamada tovar (ish, xizmat) ning turli 
belgilari, xususiyatlari, sifati, narxi, yaroqlilik muddati, kafolat muddati 
to`g`risidagi hamda boshqa malumotlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi, yani 
ular bo`rtirib ko`rsatiladi. Ishonchsiz reklamada asosan «eng yaxshi», 
«mutlaqo», «yagona» va «faqat» kabi so`zlaridan keng foydalaniladi. 
Yolg`on (noto`g`ri) reklama orqali istemolchilar xo`jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan qasddan chalg`itiladi. 
Yashirin reklamada istemolchining idrokiga o`zi xohlamagan holda 
tasir o`tkaziladi. Ushbu reklama turining yashirin deyilishiga sabab uning 
reklama bilan umuman bog`liq bo`lmagan ko`rsatuvlarda va nashrlarda 
namoyish etilishidir. Masalan, birorta davlat, fan yoki madaniyat 
arbobidan telejurnalistlar intervyu olishayotganda teletomoshabinlarning 
asosiy etiborini ularning kiygan kiyimlariga yoki foydalanayotgan qo`l 
soatlariga qaratishga harakat qilishadi. Shuning uchun ham yashirin 
reklamani payqash juda qiyin. 
Bundan tashqari etika (ahloq-odob) normalariga zid reklama ham 
mavjud bo`lib, S.E.Jilinskiy uni insofsiz reklamalar qatoriga kiritgan 
bo`lsa, I.V.Yershov, T.M.Ivanovlar unga noqonuniy reklamaning alohida 
turi si-fatida qaraydi. Reklamaning mazkur turida insoniylik hamda ahloq 
normalariga zid axborotlar mavjud bo`ladi. Mazkur axborotlar haqoratli 
so`zlar hamda odamlarni irqi, millati, dini, kasbi, ijtimoiy toifasi, yoshi, til, 
jinsi, diniy, falsafiy, siyosiy va boshqa qarashlari bo`yicha qo`pol 
taqqoslashlardan iborat bo`ladi. «Reklama to`g`risida»gi qonunda yuridik 
adabiyotlardan farqli o`laroq noqonuniy reklama uch turga bo`lib 
ko`rsatilgan, yani 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin