subyektni moliyaviy, mamuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun
asos bo`ladi.
Shunday qilib, insofli raqobatda xo`jalik yurituvchi subyektning
bozorda tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga
tasir etish
imkoniyatlari ham obyektiv (raqobatchilarning ko`pligi), ham subyektiv
(tasir etishning qonun hujjatlari bilan taqiqlanganligi) sabablarga ko`ra
cheklangan bo`ladi.
Insofsiz raqobat quyidagi ikki maqsadni ko`zlab amalga oshirilishi
mumkin:
birinchisi, xo`jalik yurituvchi subyekt bozorda o`zaro teng shart-
sharoitlarda raqobatlashish imkoniyatiga ega bo`lmaydi
va bozordan
chiqib ketmaslik uchun insofsiz raqobatni amalga oshiradi (masalan,
istemolchilarni chalg`itib o`z tovarini ularga o`tkazadi);
ikkinchisi, xo`jalik yurituvchi subyekt garchand raqobatbardosh
bo`lsada, u ko`proq foyda olish maqsadida insofsiz raqobatni amalga
oshiradi (masalan, yangi xo`jalik yurituvchi subyektlarni tovar bozoriga
kirib kelishlariga to`sqinlik qiladi). Demak, insofsiz raqobat bir tomondan
raqobatbardosh bo`lmagan xo`jalik yurituvchi
subyektlarni tovar
(ish,xizmat)lar bozorida o`zlarini saqlab qolishlarining noqonuniy vositasi
bo`lsa, ikkinchi tomondan monopolistik faoliyatni keltirib chiqaruvchi
noqonuniy raqobatning bir ko`rinishidir.
Dostları ilə paylaş: