Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Bankrotlikning soddalashtirilgan taomiliga hozir bo`lmagan



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Bankrotlikning soddalashtirilgan taomiliga hozir bo`lmagan 
qarzdorning bankrotligi
ham kiradi. 
Hozir bo`lmagan qarzdor deganda o`z faoliyatini tugatgan yakka 
tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir 
bo`lmagan va ularning turgan jo-yini (yashash joyini) aniqlashning imkoni 
bo`lmagan holat tushuniladi. 
Bu holatda yuridik shaxs majburiy tarzda emas, balki ixtiyoriy 
ravishda tugatilayotgan bo`ladi. Shuning uchun ham bankrotlik 
taomillarining hozir bo`lmagan qarzdorga nisbatan to`liq hajmda 
qo`llanilishi majburiy shart qilib belgilanmagan. Hozir bo`lmagan 
qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ariza kreditorlik qarzining 
miqdoridan qatiy nazar kreditor, bankrotlik to`g`risidagi ishlar buyicha 
davlat organi, soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ, 
shuningdek prokuror tomonidan berilishi mumkin. 
Xo`jalik sudi hozir bo`lmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi 
arizani o`z ish yurituviga qabul qilib olgan kundan etiboran ikki haftalik 
www.ziyouz.com kutubxonasi


muddat ichida qarz-dorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish 
yuritishni boshlash to`g`risida qaror qabul qiladi. 
Hozir bo`lmagan qarzdorning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi 
va tashqi boshqaruv taomillari qo`llanil-maydi. Xo`jalik sudining qarori 
bankrotlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha davlat organiga yuboriladi, bu 
organ mazkur qarorni olgan kundan etiboran bir haftalik muddat ichida 
xo`jalik sudiga tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etadi. Bunday 
nomzod bo`lmagan taqdirda xo`jalik sudi tugatish boshqaruvchisini 
bankrotlik to`g`risidagi ishlari bo`yicha davlat organi xodimlari orasidan 
tayinlashi mum-kin. 
Tugatish boshqaruvchisi o`zi aniqlagan barcha kreditorlarni hozir 
bo`lmagan qarzdorning bankrotligi to`g`ri-sida yozma ravishda xabardor 
qiladi, ular bu xabarni olgan kundan etiboran bir oylik muddat ichida 
tugatish bosh-qaruvchisiga o`z talablarini taqdim etishlari mumkin. Tu-
gatish boshqaruvchisi hozir bo`lmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan 
taqdirda, xo`jalik sudi uning iltimosnomasiga binoan bankrotlikning 
soddalashtirilgan taomilini bekor qilish hamda ushbu qonunda nazarda 
tutilgan bankrotlikning umumiy taomiliga o`tish to`g`risida ajrim 
chiqarishi mumkin. 
Xo`jalik sudlari amaliyoti shuni ko`rsatadiki, ushbu toifadagi 
ishlarning ko`pchiligida arizachi - bu davlat soliq xizmati organlaridir. 
Ushbu holatda soliq organlari o`z arizalariga xo`jalik yurituvchi subyekt 
yoki unga tegishli mol-mulkning yuridik manzil yoki oxirgi ro`yxatga 
olingan yerda yo`qligini tasdiqlovchi va turar joyning egasi, mahalla 
qo`mitasi 
yoki 
binolardan 
foydalanish 
boshqarmasi 
tomonidan 
tasdiqlangan dalolatnomalarni ilova qiladilar. Shuningdek qarzdor yakka 
tartibdagi tadbirkor yoki amalda o`z faoliyatini tugatgan qarzdor yuridik 
shaxsning rahbari qayerda ekanligini aniqlashning imkoni yo`qligini tas-
diqlovchi dalillar, (masalan,Toshkent shahrida ro`yxatdan o`tmaganligi 
haqida manzilgohlar byurosidan malumotnoma) yoki turar joyidan, 
ro`yxatga olingan joyda yashamasligi haqida soliq va boshqa vakolatli 
organ vakillari tomonidan tuzilgan va tegishlicha mahalla qo`mitasi 
tomonidan tasdiqlangan dalolatlar ilova qilinadi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin