davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga
iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan
asoslantirilgan yozma javoblar olish;
boshqa
tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari
xususidagi malumotlarni to`plash;
xo`jalik
yurituvchi
subyektlarning
huquqlari
va
qo-nuniy
manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va
usullarini qo`llash.
Xo`jalik shartnomasining taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada
nazarda tutilgan o`zga huquqlarga ham ega bo`lishlari mumkin.
Xo`jalik shartnomasi taraflari:
xo`jalik shartnomalari to`g`risidagi qonun hujjatlarining talablariga
rioya etishlari;
Qonun
hujjatlarida
nazarda
tutilgan
hollarda
xo`jalik
shartnomalarining o`z vaqtida tuzilishini taminlash;
tuzilgan xo`jalik shartnomalari bo`yicha zimmalariga olingan
majburiyatlarni o`z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.
Xo`jalik shartnomasi taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada
nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo`ladi.
Xo`jalik shartnomasi - fuqarolik-huquqiy shartnoma hisoblanib, unga
nisbatan Fuqarolik kodeksining bitim-lar va shartnomalarga tegishli barcha
normalari tadbiq qi-linadi.
Shu bilan bir qatorda xo`jalik shartnomasi o`ziga
xos xususiyatlar
ega bo`lib, ular quyidagilardir:
birinchidan – shartnoma faqat tadbirkorlik faoliyati sohasida - yani
foyda olish maqsadida;
ikkinchidan – shartnoma yuridik shaxslar va yakka tartibda faoliyat
yurituvchi tadbirkorlar o`rtasida;
uchinchidan – shartnoma tovarlar berish, ishlarni bajarish yoki
xizmatlar ko`rsatish to`g`risida;
to`rtinchidan – shartnoma faqat yozma tarzda tuziladi.
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: xo`jalik
shartnomalarini
tuzishning erkinligi; taraflarning o`zaro manfaatdorligi; shartnoma
intizomiga rioya etish; taraflarning o`zaro mulkiy javobgarligi.
Xo`jalik
shartnomalari
fuqarolik-huquqiy
shartnomaning
bir
ko`rinishi bo`lganligi sababli shartnoma tuzish erkinligi tamoyili ham
Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga asoslanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-moddasida
fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning
daxlsizligi bilan bir qatorda shartnoma erkinligi ham fuqarolik huquqining
asosi sifatida tariflanadi. Shartnoma erkinligining
mohiyati va manosi
kodeksning 354-moddasida ochib berilgan. Bu moddada barcha fuqarolar
va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin deb etirof etilganlar.
Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo`l qo`yilmaydi, shartnoma
tuzish burchi Fuqarolik kodeksida, boshqa qonun yoki olingan
majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Masalan, agar tegishli mahsulot turiga davlat buryutmasi berilgan
bo`lsa, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish shartnomasini
tuzish majburiydir.
Taraflar qonun hujjatlarida nazarda
tutilmagan shartnomalarni,
shuningdek turli shartnomalarning elementlari o`z ichiga oladigan aralash
shartnomani ham tuzishlari mumkin.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi,
tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlari imperativ normalarida
ko`rsatib qo`yilgan hollar bundan mustasno.
Misol
uchun,
qishloq
xo`jaligi
mahsulotlari
kontraktasiya
shartnomasida boshqa shartlar bilan bir qatorda xo`jalikka belgilangan
foizdan kam bo`lmagan miqdorda avans to`lash nazarda tutilishi lozim.
Shunday qilib, barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar shartnoma
tuzishda erkindirlar, yani ular nima haqda, kim
bilan shartnoma tuzishni
tanlashlari, majburiyatlarni, o`zaro xo`jalik munosabatlarining amaldagi
qonunlarga zid bo`lmagan boshqa har qanday shartlarini mustaqil aniq-
lashlari mumkin.
Demak, xo`jalik shartnomasi: – taraflar o`rtasidagi majburiyatlarni
kelib chiqishining asosi hisoblanadi; xo`jalik yurituvchi subyektning
iqtisodiy faoliyatini rejalashtirishga asos bo`ladi; taraflar o`rtasidagi
mulkiy munosabatlarni huquqiy shakli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: