Neustoyka atamasi rus tilidan olingan bo`lib, ne ustoyal, yani
”vzyal slovo, obyazatelstvo, no ne vo`polnil” degan manoni beradi.
O`zbek tilida bergan so`zing, va-dangni ustidan chiqmading, yani
subutsizlik degan tushunchani bildiradi. Neustoyka jarima yoki penya
shaklida bo`ladi. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan hollarda to`laydigan va, qoida tari-qasida, qatiy
pul summasida hisoblanadigan neustoyka
jarima
hisoblanadi.
Q
arzdor majburiyatlarning bajarilishini
kechiktirib yuborganida
to`laydigan va o`tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun
majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan
neustoyka
penya
hisoblanadi.
Neustoykani yetkazilgan zarardan farq
qiladigan xu-susiyatlari
quyidagilardan iborat:
a) neustoyka qonunda yoki shartnomada oldindan belgilanib,
taraflarga malum bo`lgan va majburiyat bajarilmay qolgan taqdirda
qo`llanishi mumkin bo`lgan huquqiy chora (sanksiya) hisoblanadi.
Yetkazilgan zararning hajmi
esa avvaldan belgilanmaydi, u
majburiyat buzilganidan keyin malum bo`ladi va belgilanishi mumkin;
b) neustoykani undirish uchun qarzdorning harakati qonunga yoki
shartnomaga muvofiq bo`lmasligining o`zi kifoyadir, zararni to`latish
uchun zarur bo`lgan talablarni aniqlash shart emas.
Umumiy qoidaga ko`ra taraflarning javobgarligi va qo`llaniladigan
choralar shartnomada
aks ettirilishi kerak, lekin amalda shartnomada
javobgarlik choralari ko`r-satilmasdan qolishi mumkin.
Bunday holatda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, xo`jalik shart-nomalarini bajarmaganlik
yoki lozim darajada bajar-maganlik uchun “Xo`jalik yurituvchi subyektlar
faoli-yatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qo-nunning 25-
32 moddalarida nazarda tutilgan javobgar-lik choralari qo`llaniladi.
Jumladan qonunda quyidagi xolatlar bo`yicha
javob-garlik
belgilangan:
-tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik,
to`liq yetkazib bermaganlik uchun;
-sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo`l-magan
tovarlarni
yetkazib berganlik uchun;
-but bo`lmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun;
-tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek tovarni idishsiz yoki
o`ralmagan holda yetkazib berganlik uchun;
-akkreditivdan foydalanmaganlik uchun;
www.ziyouz.com kutubxonasi
-to`lov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni
kechiktirganlik uchun;
-tovarlarni tanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun;
Dostları ilə paylaş: