Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Yil yakunlari bo`yicha Vazirlar Maxkamasida bo`lib o`tgan



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Yil yakunlari bo`yicha Vazirlar Maxkamasida bo`lib o`tgan 
majlisida Respublika Prezidenti I.A.Karimov bu haqida so`z yuritib 
takidlagan edi: “Albatta, keyinga uch yilda ko`pgina ishlar amalga 
oshirildi. Bugungi kunda moliya-xo`jalik faoliyatini faqat soliq 
organlari tekshirishi mumkin, tadbirkorlarga nisbatan xar qanday 
sanksiyalar faqat sud qarori bilan qo`llaniladi. Qonunchilikdagi baxsli 
masalalar tadbirkorlar foydasiga xal etilmoqda. Hisobot taqdim 
etishning barcha shakllari va turli keskin qisqartirildi.” Xalq so`zi 
2007 yil 13 fevral.
O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi «Xo`jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
to`g`risida»gi qonunida tekshirishlarning asosiy prinsiplari, tekshirishlarga 
qo`yiladigan talablar belgilab berildi. 
Mazkur qonunning 4-moddasida xo`jalik faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish shakllari ko`rsatib qo`-yilgan. Qonunning 9-
moddasida esa korxonalarni tekshirish o`tkazilishidan avval vakolatli 
muvofiqlashtiruvchi organdan ruxsat olinishi kerakligi aytilgan. 
Xo`jalik subyektlariga soliqlar orqali tasir etish soliqlar, majburiy 
to`lovlar olish yo`li bilan ham amalga oshiriladi. 
Soliq muayyan tarkibiy elementlarni o`z ichiga oluvchi murakkab 
huquqiy-iqtisodiy konstruksiyadir. Soliq ele-mentlari bo`lib quyidagilar 
sanaladi: 
a) soliq obyekti; 
b) soliq solish predmeti; 
v) soliqqa tortish bazasi; 
g) soliq manbai; 
d) soliq solish birligi; 
ye) soliq stavkasi; 
j) soliqqa tortish davri
z) soliq to`lash muddatlari; 
i) soliq to`lovchilar. 
Soliq solish obyekti
– 
soliqqa tortish predmeti yuzasidan soliq 
munosabatlari subyektlari o`rtasidagi yuridik aloqalardan iborat. Soliq 
solish obyekti bo`lib mulkka nisbatan bo`lgan huquq, foyda, mahsulotning 
qiy-mati va boshqalar hisoblanadi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin