Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi
 
iqtiso-diyotning muayyan 
sektorlarini ustuvor rivojlantirish maqsadga muvofiq, deb topilganida 
amalga oshiriladi. Masalan, mamlakatga chet el investisiyasini kengroq 
jalb etish maqsadida qo`shma korxonalarda chet ellik sheriklar hissasi 
ko`proq bo`lishi rag`batlantiriladi va bu ko`rsat-kichning ortishi soliq 
imtiyozini kengayishiga sabab bo`la-di. Yoki bo`lmasa xo`jalik yurituvchi 
subyekt o`zi ishlab chiqargan mahsulotlarni qanchalik ko`proq eksportga 
yo`naltirsa, shunchalik ko`proq soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniga 
ega bo`ladi va boshqalar. 
Soliqlarni cheklash funksiyasi
mahsulotlar va xizmatlarning 
muayyan turlarini vaqtincha kamaytirish, ushbu sektordagi moddiy, 
moliyaviy va boshqa resurslarni boshqa yo`nalishga burish ehtiyoji 
tug`ilganida iqtisodiyot tar-moqlarida tarkibiy o`zgarishlarni amalga 
oshirishning iqtisodiy usuli sifatida qo`llaniladi. Masalan, chakana savdo-
sotiqni juda ham keng yoyilishi va ayni paytda ishlab chiqarish 
tarmoqlaridagi turg`unlik, moddiy ishlab chiqarishni yanada avj oldirish 
zarurati tovar bozorlarida muayyan cheklashlar qo`llanilishiga, soliqlar 
miqdorini u yerda sezilarli ko`paytirilishiga sabab bo`ldi. 
Soliqlar tartibga solish funksiyasini
ham bajaradi. Soliqqa oid 
qonun hujjatlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq solish 
obyektlari sanaluvchi moliyaviy va boshqa operasiyalarni hisob-kitobini 
yuritish, hisobotlar taqdim etish, soliqlarni to`lash tartiblarini belgilab 
beriladi. Soliqlarning asosiy funksiyalaridan biri 
nazorat qilish funksiyasi
sanaladi. Xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xo`jalik faoliyatini, 
soliqqa tortiladigan obyektlarni to`g`ri va to`liq hisobga olib borilishi
tegishli soliqlar hamda boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida, to`la 
hajmda budjetga to`lanishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun 
huj-jatlarida belgilangan tartibda nazorat qilib boriladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin