Ikkinchi guruh
esa respublika va markaziy soliq-larning ayrim
turlarini joriy etilishi,
hisoblab chiqarilishi, to`lanishi, ular yuzasidan
imtiyozlar va boshqa masalalarni aks ettiruvchi qoidalarni nazarda tutadi.
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga kiritilgunga
qadar (1998 yil 1 yanvargacha) bir qator so-liqqa oid qonunlar mavjud edi
va ular vositasida so-liqlarning ayrim turlarini hisoblab chiqish, to`lash tar-
tiblari, soliqqa tortishga oid boshqa munosabatlar tar-tibga solinar edi
1
.
Bugungi kunda soliq va soliqqa tortish masalasiga oid o`nlab
yo`riqnomalar, yuzlab xat, tushuntirish, ko`rsatmalar, o`nlab farmonlar va
qarorlar qabul qilingan bo`lib, ular yordamida soliqqa tortishning turli
masalalari huquqiy jihatdan tartibga solib kelinmoqda. Ayrim hollarda
yo`-riqnoma xususiyatiga ega bo`lgan normativ-huquqiy huj-jatlarni
O`zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasiga, Soliq kodeksi va boshqa
qonunlarga zid tarzda qabul qilish hol-lari mavjud
2
. Bunday hol mamlakat
iqtisodiy taraq-qiyotiga soliqlar orqali tasir o`tkazish samaradorligini
pasayishiga, qonuniylik, ijtimoiy adolat prinsiplarini buzilishiga olib
kelishi mumkin.
Davlat
soliqlar
orqali
iqtisodiyotga,
xo`jalik
yurituvchi
subyektlarning tadbirkorlik faoliyatiga tasir o`tkazishni amalga oshirar
ekan, bir necha muhim vazifalarni ko`zlagani holda harakat qiladi.
Bulardan eng muhim va bosh vazifa–budjetni mablag` bilan to`ldirish–
fiskal maq-saddir. Davlat soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni budjetga
jalb etar ekan, o`zining boshqa yo`nalishlardagi – mudofaa,
xavfsizlikni
taminlash, ijtimoiy sohani va boshqa yo`nalishlardagi faoliyatini moliyaviy
mablag` bilan taminlashga erishadi, to`lov qobiliyatini zarur darajada
saqlab turadi.
Tartibga solishga qaratilgan vazifaning bajaralishi soliq yukini
to`lovchilar o`rtasida adolatli tarzda taq-simlash, shu yul bilan u yoki bu
tarmoq
yoki
regionni
ri-vojlantirilishi
uchun
sharoit
yaratish,
tadbirkorlarning u yoki bu guruhini qo`llab-quvvatlash maqsadlarini
ko`zlaydi. Soliqlar sohasida imtiyozlar
yoki cheklashlar shaklidagi
muruvvatlardan oqilona foydalangani holda xo`jalik fao-liyatining ayrim
turlari uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratadi yoki uning muayyan turlari
suratini pasaytirishga harakat qiladi.
1
Жумлaдaн, қaрaнг: «Кoрxoнaлaр, бирлaшмaлaр вa тaшкилoтлaрдaн oлинaдигaн сoлиқлaр тўғрисидa»ги қoнун
вa бoшқaлaр. Бaтaфсилрoқ, қaрaлсин: Й.Турсунoв. «Сoлиқлaр ҳaқидa нимaлaрни билaсиз?» – Т., «Ўзбeкистoн»,
1993 йил.
2
қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Кoнститутсиявий судининг 2001 йил 10 oктaбрдaги «Ўзбeкистoн
Рeспубликaси Сoлиқ Кoдeксининг 59-мoддaсини шaрxлaш тўғрисидa»ги тўxтaми. Ўзбeкистoн Рeспубликaси
қoнун ҳужжaтлaри тўплaми. 2001 йил, 19-сoн.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O`zbekistonda soliqlar orqali iqtisodiy hayotga tasir o`tkazish
paytida davlat manfaatlarini ayrim shaxs, butun jamiyat manfaatlaridan
ustunligi prinsipiga amal qili-nadi, davlat jamiyat imkoniyatlaridan
o`zining maqsad-lari yo`lida foydalanadi. Biroq,
bugungi kunda bu prin-
sipga asoslanuvchi munosabatlarga barham berish, davlat va jamiyat,
davlat va ayrim shaxs manfaatlarini o`zaro uyg`un-lashtirish, bu
manfaatlar o`rtasida antogonizm bo`lishiga yo`l qo`ymaslik dolzarb
vazifalardan biriga aylanib bor-moqda. Chunki ayrim shaxs, butun jamiyat
manfaatlari, im-koniyatlari hisobga olinmaydigan soliq siyosati oxir oqi-
batda sosial portlashlar, ijtimoiy nobarqarorlik xavf-xatarini yuzaga
keltirishi aniq. Hozirgi zamon taraqqiyoti
davlatning jamiyat va shaxs
manfaatlariga zid keluvchi o`zga manfaatlari bo`lishi mumkinligini taqozo
etmaydi. Davlat jamiyatga zarur bo`lganligi uchungina va shu sababli
jamiyat davlat qo`lida qurol bo`lib xizmat qilishi emas, aksincha, u jamiyat
oldida turgan global vazifalarni bajarish quroli bo`lib xizmat qilishi lozim.
Ushbu prinsiplar ro`yobga chi-qarilgan taqdirdagina normal soliq
munosabatlari vujudga kelishi mumkin.
Davlat soliqlar orqali xo`jalik faoliyatiga tasir o`tkazish chog`ida
xususiy mulk muqaddas va daxlsiz ekanligini diqqat markazida saqlashi
kerak. Xo`jalik faoliyatiga soliqlar orqali tasir qilish bu jarayonni tartibga
solish hamda nazorat qilish yo`li bilan amalga oshiriladi. Xo`-jalik
faoliyatiga soliq yo`li bilan tasir qilish qo-nunchilik richaglaridan
foydalanilgani holda amalga oshiriladi. Uni qonunchilik yo`li bilan
tartibga so-lish ijroiya organlari tomonidan nazorat qilish yo`li bi-lan
amalga oshiriladi.
Soliq to`lovchilarga tasir o`tkazishning
eng samarali vositalaridan
biri–tekshirishdir. Tekshirishlar uch bos-qichda amalga oshirilishi
belgilangan. Birinchi bosqichda soliq to`lovchilar tomonidan taqdim
etilgan hisobotlar hamda hujjatlarni o`rganish – tahlil qilish orqali
tekshirib chiqiladi.
Tekshirishning ikkinchi bosqichida avval to`langan so-liqlar, ular
yuzasidan hisobotlar tekshiriladi. Bunda to`-langan soliqlar bilan hujjatlar
o`zaro solishtiriladi, tahlil etiladi.
Tekshirishning uchinchi bosqichida soliq xizmati organi xodimlari
joyga (tegishli korxona, tashkilotga) chiqib, ahvolni o`rganish, ko`zdan
kechirish, hujjatlarni o`rganish ishlarini amalga oshiradi.
Keyingi yillarda xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish
ishlarini tartibga solishga qaratilgan jiddiy choralar ko`rildi
va bunda
davlat tekshiruvchi organlari, shu jumladan soliq organlari tomonidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
tekshirishlar amalga oshirilish paytida suiistemolliklarga yo`l qo`ymaslik,
tadbirkorlar huquqlarini buzilishi oldini olish nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: