4-§. Tashqi iqtisodiy faoliyatni kvotalash, lisenziyalash, tarif va
soliqlar hamda valuta orqali tartibga olinishi
Eksport va importni kvotalash hamda lisenziyalash tashqi iqtisodiy
faoliyatni davlat nomidan tariflarsiz tartibga solishdan iborat bo`lib
hisoblanadi.
Kvotalash deganda muayyan tovar yoki tovarlar guruhi eksporti
uchun yoxud importini muayyan muddatga (yoki muddatsiz) miqdor
jihatdan cheklab qo`yilishi tushuniladi. Tashqi iqtisodiy munosabatlarda
kvotalash iqtisodiy, siyosiy sharoitlar yoki to`lov munosabatlarining holati
ta-qozo etgan hollarda qo`llaniladi.
Lisenziyalash deganda muayyan tovar yoki tovarlar guruhini
mamlakatga olib kirilishi yoki mamlakatdan olib chiqilishi uchun vakolatli
davlat organi tomonidan rux-satnoma berilishi nazarda tutiladi.
1
қaрaнг: Мaсaлaн, Кичик вa ўртa бизнeс кoрxoнaлaрини улaр тoмoнидaн тaшкил eтилaдигaн ишлaб чиқaриш
тexнoлoгик жиҳoзлaргa импoрт бoжини тўлaшдaн oзoд қилиш тaртиби: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Мoлия
Вaзирлиги вa Дaвлaт Бoжxoнa қўмитaсининг 1999 йил 25 мaртдaги ЕГ 8-50 сoнли ҳужжaти “Налоговое и
таможенние вести” 1999.,21-сoн.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Lisenziyalash O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan tasdiq-
langan «O`zbekiston Respublikasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va
importini lisenziyalash tartibi to`g`risida»gi Nizomga muvofiq o`tkaziladi.
Lisenziyalar
TIF
TN
(tashqi
iqtisodiy
faoliyatning
tovar
nomenklaturasi) ga muvofiq tovarning har bir turiga beriladi. Lisenziyalar
bir galgi va bosh lisenziyalarga bo`linadi.
Bir galgi lisenziya bir kontrakt bo`yicha eksport yoki import
operasiyasini amalga oshirish uchun 12 oy muddatga beriladi.
Bosh lisenziya eksport yoki import qilinadigan tovar-ning turi uchun
uning miqdori va qiymatini yoki xarido-rini belgilamasdan beriladi va
O`zbekiston Respublikasi hukumati qarori bosh lisenziya berish uchun
asos hisob-lanadi.
Eksport va import qilishni tariflar yo`li bilan davlat tomonidan
boshqarilishi bojxona bojlari belgilash orqa-li amalga oshiriladi.
Bojxona bojlarining belgilanish tartibi, bojxona boji turlari, bu
sohadagi cheklashlar, imtiyozlar va boshqa masalalar O`zbekiston
Respublikasining Bojxona kodeksi va 1997 yil 29-avgustda qabul qilingan
”Boj tarifi to`g`risida"gi qonunida hamda ular asosida ishlab chiqilgan
boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan.
Bojxona bojlari-bojxona organlari tomonidan tovar davlatning
bojxona hududiga olib kirilganda yoki tovar bojxona hududidan olib
chiqilganda undiriladigan maj-buriy badaldir. Boj tarifi esa O`zbekiston
Respubli-kasi bojxona chegarasidan olib o`tiladigan, tashqi iqti-sodiy
faoliyatning tovar nomenklaturasi (TIF TN)ga muvofiq holda bir tizimga
solingan tovarlarga nisbatan qo`llaniladigan boj stavkalarining to`plami
hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy operasiyalarning xususiyatiga qarab import va
eksport bojlari joriy qilinadi. Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya
qilish uchun olib kiri-ladigan tovarlarga nisbatan bojlarning alohida
turlarini qo`llash mumkin. Masalan, maxsus bojlar agar raqobat qi-luvchi
tovarlar bojxona hududiga ichki tovar ishlab chiqa-ruvchilarga ziyon
yetkazadigan qilib olib kirilayotgan bo`lsa, himoya vositasi sifatida
qo`llaniladi. Dempingga qarshi bojlar, tovarlar bojxona hududiga ularning
olib chiqilgan davlatda ayni vaqtda amalda bo`lgan real qiymatdan past
narxda olib kirilsa, agar bunday olib kirish mamlakatning shunday
tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish
xavfini tug`dirsa yoxud shunday tovar-lar ishlab chiqarishni tashkil qilish
va kengaytirishga to`sqinlik qilsa qo`llaniladi. Kompensasiya bojlari esa,
O`zbekiston Respublikasining bojhona xududiga ishlab chiqarish yoki olib
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiqish paytida subsidiyalardan foy-dalanilgan tovarlar olib kirilsa, agar
bunday olib kirish O`zbekiston Respublikasining o`xshash tovarlar ishlab
chi-qaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfini tug`dirsa
yoxud O`zbekiston Respublikasida shunday tovarlar ishlab chiqarishni
tashkil qilish va kengaytirishga to`s-qinlik qilsa qo`llaniladi. Import va
eksport bojlari-ning tariflari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasi qarorlari bilan tasdiqlanib, iqtisodiy vaziyatga qarab o`zgartiriladi
va aniqlashtirilib boriladi.
1
O`zbekiston Respublikasida boj stavkalarining quyi-dagi turlari
qo`llaniladi:
-Advalor (lotincha “qiymat”) stavkada boj undiriladigan tovarning
bojxona qiymatiga nisbatan foiz-larda hisoblashni nazarda tutadi.
-Xos stavkalar boj undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan
miqdorda, masalan: 1 kg tovar uchun yoki 1 litr uchun.
-Aralash stavkalar bojning advalor va xos turlarini o`z ichiga oladi,
masalan, TIV TN ning 2202, 2201 soniga kiritilgan suvlarga 30 foiz stavka
bo`yicha, lekin 1 litr uchun kamida 0,15 yevro miqdorida olib kirish boji
so-linadi.
O`zbekiston Respublikasida ko`proq eng ko`p qulaylik rejimidan
foydalaniladigan mamlakatlar uchun qo`lla-niladigan bojlarning o`rtacha
stavkalari qo`llanilmokda. Bazi hamkorlik munosabatlari o`rnatilgan
mamlakatlar bilan imtiyozli bojxona tariflari qo`llashlik, prefe-rensiya
berishlik nazarda tutiladi. Masalan: 1993 yil 11 noyabrdagi O`zbekiston
Respublikasi hukumati va Rossiya Federasiyasi hukumati o`rtasidagi
o`zaro hamkorlik va yor-dam haqidagi kelishuvga muvofiq imtiyozli boj
tarif-larini qo`llashlik bo`yicha ahdlashilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni soliqlar orqali tartibga solish masalalari
O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan Soliq
kodeksida hamda uning asosida chiqarilgan turli yo`riqnoma, nizom va
boshqa shakllardagi qonun xujjatlarida belgilab berilgan. Bunda tashqi
iqtisodiy faoliyatga tasir o`tkazish maqsadida so-liq imtiyozlari yoki soliq
sohasidagi cheklashlar qo`llash-lik nazarda tutilgan. Tashqi bozorlarga
milliy tadbir-korlarni kengroq kirib borishligini taminlash maq-sadida
soliq imtiyozlarini berish qonunchiligimizda keng o`rin olib bormoqda.
Masalan, “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchilarni rag`batlantirishga
oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 1996 yil 20 martdagi
1
қaрaнг. Мaсaлaн, Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaxкaмaси 1998 йил 24 фeврaлдaги 80-сoн қaрoри.
Импoрт бoжлaрини ҳисoблaш вa ундириш тaртиби. Ўзбeкистoн рeспубликaси Aдлия Вaзирлиги тoмoнидaн
1999 йил 27 июлдa 782 – сoн билaн рўйxaтгa oлингaн.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko`ra, hisobot yil yakuni
bo`yicha korxonalar tomonidan tovarlar eksporti o`sishidan olingan erkin
almashtiriladigan valutadagi tu-shumdan olinadigan soliq to`lashdan ozod
qilinishi, eksport qilinuvchi tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalangan
moddiy resurslar uchun qo`shilgan qiymat solig`i to`lashdan ozod etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 65-moddasiga ko`ra,
tovarlar ishlab chiqarish, ularni realizasiya qilish hamda O`zbekiston
Respublikasi hududiga tovarlar(ishlar, hizmatlar) import qilish jarayonida
qo`shilgan qiymat solig`i undirilishi belgilangan. Shunga ko`ra import
qilib olib kirilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan O`zbe-kiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi va Davlat soliq
qo`mitasining 1998 yil 3 ok-tyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi
hududiga import qili-nadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarga nisbatan
qo`shilgan qiymat solig`ini qo`llash tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnomaga
asosan 20 foizli qo`shilgan qiymat solig`i undiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 81-moddasiga ko`ra esa
aksiz to`lanadigan tovarlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy
shaxslar aksiz solig`i to`lashligi ham nazarda tutilgan. Shunga ko`ra ,
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasining
1996 yil 6 dekabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O`z-
bekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, shu-ningdek olib
chiqiladigan tovarlarning ayrim turlariga aksiz solig`ini to`lash tartibi
to`g`risida”gi Yo`riqnomaga binoan aksiz solig`i undiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6
maydagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi
hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to`g`risida”gi qaroriga
muvofiq import qilinayotgan tovarlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan
soddalashtirilgan yagona bojxona bojlarini to`lashlik joriy etilib ancha
qulayliklar yaratilgan.
Tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shug`ullanuvchi
jismoniy shaxslar faoliyatini yanada tartibga solish, savdoning uyushgan,
madaniyatli shakllarini rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 avgustda “Tijorat faoliyati uchun
mo`ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro`yxatdan
o`tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga qabul
qilindi. Unga ko`ra tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan tovarlarni olib
keluvchi jismoniy shaxslar eksport-import operasiyalarini va chakana
savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs bo`lmasdan yakka
tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro`yxatdan o`tishlari shartligi va "erkin
www.ziyouz.com kutubxonasi
muomalaga
chiqarish"
rejimida
rasmiylashtirilgan
yuk
bojxona
deklarasiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo`lganda, bojxona va
boshqa to`lovlar to`langan taqdirda buyum bozorlarida yakka tartibdagi
tadbirkorning faqat o`zi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana
savdoni amalga oshirishga haqli ekanligi belgilab qo`yildi. Tijorat faoliyati
uchun mo`ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni yuridik
shaxs bo`lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro`yxatidan
o`tkazish jismoniy shaxsning yashash joyidagi tumanlar (shaharlar) Davlat
soliq inspeksiyalarida amalga oshiriladigan tartib o`rnatildi.
Valuta orqali tartibga solish tashqi iqtisodiy muno-sabatlarni tartibga
solishning eng tasirchan vositasi bo`lib, uning asosiy prinsiplari
O`zbekiston Respublikasining 1993 yil may oyida qabul qilingan
“Valutani tartibga solish to`g`risida”gi qonunida va boshqa normativ
hujjatlarda belgilangan. Ushbu qonun hujjatlariga ko`ra O`zbekistonda
vakolatli davlat organlari, tijorat bank-lari tomonidan qonunda belgilab
qo`yilgan tartibda valuta nazorati amalga oshiriladi. Bunday nazorat
usullari va shakllari turli tuman bo`lib, qattiq valutaga bo`lgan davlat
ehtiyojini qondirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasida valuta operasiyalarida ishtirok etadigan
mamlakat fuqarosi va chet ellik jismo-niy shaxslar, yuridik shaxslar
rezident
va
norezidentlarga
bo`linadi.
Rezidentlar-O`zbekiston
Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo`lgan, O`zbekiston
Respublikasidan
tashqarida
vaqtincha
turgan
jismoniy
shaxslar,
O`zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan yuridik shaxslar, shu
jumladan chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar, O`zbekiston
Respublikasining chet eldagi diplomatik, savdo va boshqa vakolatxonalari
hisoblanadi. Norezidentlar - chet elda doimiy yashash joyiga ega bo`lgan,
O`zbekiston Res-publikasida vaqtincha turgan jismoniy shaxslar, chet el
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil bo`lgan, joylashgan yeri O`zbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida bo`lgan yuridik shaxslar, O`zbekiston
Respublikasi hududidagi chet el diplomatik, savdo va boshqa
vakolatxonalar, halqaro tashkilotlar va ularning filiallari hisoblanadi.
Import va eksport kontraktlari so`mda, erkin alma-shinadigan
valutada yoki MDH mamlakatlari to`rtta valyu-tasidan birida (Rossiya
rubli, qozoq tengesi, ukrain karbovanesi, belarus rubli) tuzilishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog`ida mulk
huquqining valuta boyliklariga o`tishi bilan bog`liq operasiyalar, valuta
boyliklarini xorijdan olib kirish va xorijga olib chiqish hamda xalqaro pul
o`tkazuvlarni amalga oshirish bilan bog`liq operasiyalarga nisbatan na-
www.ziyouz.com kutubxonasi
zorat o`rnatiladi. Mamlakatimizda O`zbekiston Respub-likasi Milliy
Banki, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi
va Davlat bojxona qo`-mitasi valuta nazorat organlari hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq chet el valutasini olib kirish
chog`ida jismoniy shaxslar olib kirilayotgan summani bojxona chegarasida
deklarasiyalashi lozim bo`lib, uning miqdori cheklashlarsiz amalga
oshiriladi. Rezidentlar chet el valutasini 1500 AqSh dollariga ekvivalent
summada, norezidentlar esa bojxona deklarasiyasiga muvofiq olib kirilgan
valuta miqdorida olib chiqishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda xo`jalik yurituvchi subyektlarning chet el valutasidagi
eksport tushumi bir qismini Markaziy bankka majburiy sotish tartibi
o`rnatilgan. Eksport kon-traktlarining turiga bog`liq ravishda quyidagi
stavkalar qo`llanilishi nazarda tutiladi:
- markazlashtirilgan eksport kontraktlari bo`yicha ha-rajatlarni
chegirgan xolda kelib tushgan valutaning 100 foizi;
- markazlashtirilmagan eksport bo`yicha 30 foizi (1999 yildan
boshlab 50 foiz).
Valuta nazorat organlari tomonidan ushbu valuta tushumlarining o`z
vaqtida kelib tushishi, aks hollarda esa tegishli choralar ko`rilishi qonun
hujjatlarida nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |