Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
V) XAZINA MAJBURIYATLARI 
Xazina majburiyatlari
- bu egalari tomonidan byud-jetga pul 
mablag`larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli 
qog`ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan 
daromadni olish huquqini berishini ko`rsatuvchi egalik qiladigan davlat 
qimmatli qog`ozidir. O`zbekiston Respublikasida xazina majburi-
yatlarining quyidagi turlari chiqariladi: 
-uzoq muddatli (Vazirlar Maxkamasi tomonidan chiqa-rilgan qaror 
asosida besh yil va undan ortiq muddatga); 
-o`rta muddatli (Vazirlar Maxkamasi tomonidan chiqa-rilgan qaror 
asosida bir yildan besh yilgacha va undan or-tiq); 
-qisqa muddatli (Moliya vazirligi qarori asosida bir yilgacha bo`lgan 
muddatga chiqariladi). 
G) DEPOZIT SERTIFIKATI 
Depozit sertifikati 
bu pul mablag`lari omonatga qo`yilganligi 
to`g`risida omonatchiga belgilangan muddat tugagandan so`ng depozit 
summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit 
muassasining guvohnomasidir. Depozit sertifikati emitentning qisqa 
muddatli qarz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog`oz bo`lib, uning 
afzalligi 
muddatning 
qisqaligi, 
likvidligi 
va 
inflyasiya 
bilan 
o`lchanganligidir. Ushbu xususiyatlari orqali uning egasiga belgilangan 
muddat ichida qo`ygan kapitalini ko`paymagan taqdirda ham, hech 
bo`lmaganda qo`ygan dastlabki miqdordagi kapitalini qaytarib olish 
imkonini beradi. Bu ayrim adabiyotlarda bank sertifikati deb ham 
yuritiladi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


O`zbekiston Respublikasida 1994 yildan boshlab quyi-dagi turdagi 
sertifikatlar chiqarila boshlandi. 
-depozit sertifikati yuridik shaxslar uchun bir yilgacha; 
-depozit sertifikati jismoniy shaxslar uchun uch yilgacha; 
Uning muomala muddati u berilgan sanadan boshlab egasi omonatni 
talab qilish huquqni oladigan sanagacha bo`ladi.
Sertifikatlar bir martali, seriyali, egasining nomi yozilgan va taqdim 
etuvchiga deb nomlangan turlarda chiqa-riladi. Faqat uni chiqaruvchi 
emitent Markaziy bank bilan kelishib qo`shimcha shartlar kiritishi 
mumkin. 
Unda qimmatli qog`ozning nomi, sertifikatni berilish sababi, depozit 
yo jamg`arma omonatining kiritilish sanasi, depozit yo jamg`arma 
omonatining hajmi, bankning depozit yo omonatga kiritilgan summani 
qaytarish haqidagi so`zsiz majburiyati, omonatchining sertifikat bo`yicha 
summani talab qilish sanasi, depozit yoki omonatdan foydalanganlik 
uchun foiz stavkasi, tegishli foizlar summasi, emitentning pochta manzili, 
egasining nomi yozilgan sertifikat uchun esa omonatchining nomi, emitent 
tomonidan imzolash huquqi berilgan ikki shaxsning bank muhri bilan 
mustahkamlangan imzosi kabi majburiy rekvizitlar bo`lishi lozim. 
Sertifikatni egasi boshqa shaxsga o`tkazishi mumkin. Egasining nomi 
yozilgan sertifikat bo`yicha talab qilish huquqining boshqa shaxsga 
o`tkazish, uning orqa tomonidagi o`z huquqlaridan voz kechuvchi va bu 
huquqlarga 
ega bo`luvchining ikki 
tomonlama kelishuvi 
bilan 
rasmiylashtiriladi va u oddiy topshirish yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Banklar naqdsiz depo hisob raqamlari bo`yicha ham sertifikatlar 
chiqarishi mumkin. Bu holda ular bo`yicha operasiyalar hisobi bank 
depozitoriylarida yuritiladi. 
Ularning sotilgan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun hisob-
kitob yoki to`lov vositasi bo`lib xizmat qilishi ikkilamchi bozori rivoj 
topmaganligining sababi hisoblanadi.
Sertifikat chiqarish to`g`risida qaror emitentning rahbariy organi 
tomonidan o`z ustavi va qonun huj-jatlariga muvofiq chiqariladi. 
Banklar depozit sertifikatlarini chiqarish, ro`yxatga olish va ularning 
muomalada bo`lish tartibi O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1994 yil 24 dekabrdagi 103-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan maxsus 
qoidalar asosida, Markaziy Bankning depozit sertifikatlar chiqa-rish tartibi 
esa O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ”Depozit sertifikatlari 
chiqarish, ularni muomalada bo`lishi va ularga xizmatlar ko`rsatish 
to`g`risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin