Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

arbitraj 
nizoni taraflar o`rtasida 
tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan huquq normalarini qo`llagan holda 
hal etadi. Taraflarning bu haqda kelishuvi bo`lmagan taqdirda, arbitraj 
nizoni hal etishda shartnomaning tarafi bo`lmish Kelishilayotgan davlat 
huquqini, shuningdek qo`llanilishi mumkin bo`lgan xalqaro huquq 
normalarini qo`llaydi.
 
Mazkur Konvensiyaning muhim jihatlari yana shundaki, birinchidan, 
unda ishtirok etuvchi davlatlar o`z hududida qo`shiluvchi davlatlar arbitraj 
qarorlarini o`z hududida ijro etilishini taminlash majuriyatini olsa, 
ikkinchidan, ushbu Konvensiyaga O`zbekistonning qo`shilishi natijasida 
garchi ikki yoki ko`p tomonlama xalqaro bitimlar tuzmagan davlatlarning 
investorlari bilan O`zbekistondagi chet el investorlari o`rtasida vujudga 
keladigan nizolar hal etilishining universal tizimi yaratildi. 
Investitsiyalarni rag`batlantirish va o`zaro himoya qilish to`g`risida 
O`zbekiston Respublikasi 40 dan ortiq davlatlar bilan bitimlar tuzgan. Bu 
kabi bitimlarni tuzish asosan, chet el investitsiyalarini nasionalizasiya va 
ekspropriasiyadan himoya qilish, investorga o`z daromadlari va 
kapitallarini chet elga to`sqinliksiz va moneliksiz o`tkazish imkoniyatini 
berish, investor bilan uning kapitali yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni 
xalqaro arbitrajda ko`rib chiqish va millatga qulayroq rejim yaratishga 
qaratiladi. 
3-§. Investitsiya faoliyatining shartnomaviy shakllari. 
Taraflarning huquq va majburiyatlari 
 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq investitsiyalarni amalga oshirish 
shakllari bo`lib: 
-yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg`armalarida ulushli 
ishtirok etish, shu jumladan, mol- mulkni yoki aksiyalarni olish; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


-qimmatli qog`ozlarni, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi 
rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish; 
-konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab 
chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo`lgan konsessiyalarni 
olish; 
-mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan yer uchastkalari bilan 
birgalikda savdo va xizmat ko`rsatish sohalari obyektlariga, turar joylariga 
mulk huquqini, shuningdek yerga hamda boshqa resurslarga egalik qilish 
va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida) huquqini qonun 
hujjatlariga muvofiq olish kabilar hisoblanadi. 
Investitsiya faoliyatining subyektlari “Investitsiya 
faoliyati 
to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 8-moddasiga muvofiq: 
-mulk shakllaridan va faoliyat turidan qatiy nazar, investorlar 
investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqqa egadirlar
-har qanday obyektga (qonun bilan cheklangan yoki taqiqlangan 
obyektlardan tashqari) investitsiyalarni kiritish investorning mutlaq huquqi 
hisoblanadi va qonun bilan qo`riqlanadi; 
-investor investitsiyalash maqsadida yo`nalish turi va hajmini 
mustaqil ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun shartnoma 
asosida, qoida tariqasida tanlov (tender) savdosini o`tkazish yo`li bilan 
yuridik va jismoniy shaxslarni investitsiya faoliyati ishtirokchilari sifatida 
jalb etadi; 
-qonun hujatlariga muvofiq investor investitsiya obyektlari 
natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tassaruf qilishga; 
-investorning qaroriga binoan investitsiya obyektlariga va ularning 
natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqi 
qonun hujjatlari belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslarga berilishi mumkin
-agar qonun hujjatlarida boshqa tartib belgilanmagan bo`lsa, investor 
o`ziga zarur bo`lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslarni o`zaro 
kelishuv asosida belgilanadigan narx va shartlarda, hajmi va 
nomenklaturasini cheklanmagan tarzda olishga xaqli; 
“Investitsiya faoliyati to`g`risida” gi qonunda investor: 
-investitsiya loyihalarida sanitariya-gigiyena, ekologiya, arxitektura, 
shaharsozlikka oid va boshqa talablarga rioya etilganligi xususida 
ekspertiza xulosasini olish, monopoliyaga qarashli qonun hujjatlarining 
talablariga rioya etish; 
-soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida 
to`lash; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


-shartnoma bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi tufayli 
investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararni qoplash; 
-mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv 
organlarining o`z vakolati doirasida qo`yiladigan talablarini boshqarishi 
shart. 
Investision faoliyatni ikki bosqichdan iborat harakatlarga ajratish 
mumkin, yani, birinchi bosqichda investor o`zining bo`sh mablag`larini 
investitsiya shaklida kiritilish to`g`risidagi qarorni qabul qiladi. Bunda u 
tadbirkorlik faoliyat obyektlarini o`zgartirishi asosida foyda olishining 
maqbul yo`llarini izlaydi. Bu bosqichda investision shartnomasini 
imzolash bilan moddiy yoki nomoddiy nematlarga investitsiya maqomi 
beriladi. 
Investitsiya faoliyatining ikkinchi bosqichida investitsiyalarni 
realizasiya qilish bo`yicha amaliy harakatlarini amalga oshirishdan iborat. 
Bu bosqichning xarakterli tomoni shundan iboratki, bunda investision 
shartnomalarni amalga oshirish bo`yicha qator harakatlar amalga 
oshiriladi. Bunda investision faoliyatning har bir ishtirokchilarining 
vakolatlari doirasi, shuningdek investitsiya faoliyati subyektlari aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqich investision faoliyat obyektini barpo etish bilan 
yakunlanadi. 
Investision faoliyat (ish) subyektlarning o`zaro munosabatlari 
shartnoma asosida tashkil etiladi.
Investision shartnoma yuridik, tarkibiy jihatdan murakkab shartnoma 
bo`lib hisoblanadi. 
Prezidentimiz Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining birinchi sessiyasida qilgan nutqida “...mamlakat iqtisodiyotiga 
xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo`naltirilgan sarmoyalarni keng jalb 
etish uchun qulay sharoit kafolat va iqtisodiy omillarni yanada 
kuchaytirish taqozo etilmokda. Shunga erishish kerakki, O`zbekiston 
bozori mamlakatimizda biznes bilan shug`ullanishga intilishlarning 
barchasi uchun eng maqul va qulay iqtisodiy makon bo`lib qolsin”
1

Agar xorijiy sarmoyalar uchun mumkin qadar qulaylik tug`dirib 
berish tartibi o`rnatilgan bo`lsa, u holda sarmoyadorlar ko`plab 
tarmoqlarda, chunonchi xo`jalik faoliyatini yuritish maqsadida davlat 
mulki xususiylashtiriliyotgan mamlakatlarda amaldagi qonunlar asosida 
ishtirok etishlari mumkin. 
1
Кaримoв И.A «Oзoд вa oбoд вaтaн, фaрoвoн ҳaѐт-пирoвaрд мaксaдимиз”, Тoшкeнт.: “Маърифат” нaшриѐти, 
2000 йил. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chet el investitsiyalarini ishtirokidagi xo`jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatini huquqiy tartibga solishni rivojlantirish milliy qonunchilikni 
takomillashtirishga tabiiy tasir o`tkazadi. Bu jarayon zamirida albatta erkin 
shartnoma tuzish va xo`jalik munosabatlarini milliy huquqiy tartibga solish 
sohasida xalqaro meyorlarga ustunlik berish tamoyili yotadi. 
O`zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiya to`g`risida”gi 
qonunining 5-moddasida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari 
ko`rsatilgan. Bunga binoan, O`zbekiston Respublikasining yuridik va 
(yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo`jalik 
jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug`urta tashkilotlari va boshqa 
korxonalarning ustav jamg`armalarida va boshqa mol-mulkida ulush 
qo`shib qatnashish; 
- chet ellik investorlarga to`liq qarashli bo`lgan xo`jalik jamiyatlari 
va shirkatlarini, banklar, sug`urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni 
barpo etish va rivojlantirish; 
- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlarni, shu jumladan 
O`zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz 
majburiyatlarini sotib olish; 
-intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, 
tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-
xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish; 
-konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab 
chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo`lgan konsessiyalar 
olish; 
-savdo va xizmat ko`rsatish sohalari obyektlariga, turar joy 
binolariga, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk 
huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish 
(shuningdek ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik 
qilish va ulardan foydalanish huquqlari sotib olish orqali amalga oshiriladi. 
O`zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarini jalb etishning 
yuqorida qayd etilgan shakllarida amalga oshirib borish bilan birga, 
investorlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilinishi 
uchun kafolatlarni qonun yo`li bilan belgilab qo`ygan. Shuningdek, xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning keng tizimi vujudga 
keltirilgan. 
Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” asarida: “Biz tashqi iqtisodiy 
faoliyatni rivojlantirishda iqtisodiyotimizga sarmoyalarni keng jalb etish 
uchun qulay sharoit yaratishga juda katta ahamiyat bermoqdamiz”-
www.ziyouz.com kutubxonasi


deyiladi.
1
Bu fikrning isboti sifatida “Chet el investitsiyalari to`g`risida”, 
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari to`g`risida”gi, “Investitsiya faoliyati to`g`risida” gi kabi qonunlar 
va bu boradagi boshqa normativ huquqiy hujjatlarni misol keltirish 
mumkin. 
Ushbu qonun hujjatlariga binoan chet ellik investorlar xalqaro huquq 
prinsiplari va O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq 
quyidagi huquqlarga ega: 
-investitsiyalashni 
amalga 
oshirishning 
hajmlari, 
turlari 
va 
yo`nalishlarini mustaqil belgilash
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy 
shaxslar bilan shartnomalar tuzish; 
-o`zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga 
egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik 
investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik 
kilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O`zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik 
va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga 
berilganda taraflarning o`zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga 
solinadi; 
O`zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan 
o`ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet 
ellarda va O`zbekiston Respublikasida patentlashtirish to`g`risida mustaqil 
ravishda qaror qabul qilish; 
-investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin 
tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repartasiya qilish); 
O`zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul 
mablag`lari jalb etish; 
-o`z hisob varag`idagi milliy valuta mablag`laridan ichki valuta 
bozorida chet el valutasini sotib olish uchun foydalanish; 
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer 
uchastkalariga doir huquqlarini sotib olish; 
O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o`ziga 
mulk huquqi asosida qarashli bo`lgan mol-mulk va har qanday mulkiy 
huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz 
mablag`larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari 
bo`yicha tamin sifatida foydalanish; 
1
И. A. Кaримoв Ўзбeкистoн иқтисoдий ислoҳoтлaрини чуқурлaштириш йўлидa, Ўзбeкистoн, 1995 йил, 115-бeт. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


-o`z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizisiya qilingan taqdirda 
mutanosib ravishda tovon olish; 
-davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g`ayriqonuniy 
harakatlari (harakatsizligi) va qa-rorlari natijasida yetkazilgan zararlarni 
undirish. 
Chet ellik investor O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin