4-§. Fond birjalari, ularning tuzilishi va vazifalari
1
Мaзкур қoнунгa 27.12.1996 йил 357-1-сoн қoнун, 26.12.1997 йил 549-1-сoн қoнун, 29.08.1998 йил 681-1-сoн
қoнун, 20.08.1999 йил 832-1-сoн қoнун, 15.12.2000 йил 175-11-сoн қoнунлaри билaн ўзгaртириш вa қўшимчaлaр
киритилгaн.
2
И.A.Кaримoв «Ўзбeкистoн ХХI aср бўсaғaсидa: xaвфсизликкa тaҳдид, бaрқaрoрлик шaртлaри вa тaрaққиѐт
кaфoлaтлaри». Т.,Ўзбeкистoн., 1997., 199-200-б.
2
Кaрaтуев A.Г. Ценные бумаги: види и разновидности. Учебное пособие. – М.: Русская деловая летература,
1998.-11-б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fond birjasi - qimmatli qog`ozlar bozori infratuzilmasining muhim
qismlaridan biri hisoblanib, u o`zaro ulgurji amallar qilish maqsadida
qimmatli qog`ozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidan
tashkil etilgan andozalarga muvofiq moliyaviy aktivlar bilan savdo-sotiq
qilish uchun uyushtirilgan bozor bo`lib, uning faoliyati qimmatli
qog`ozlarning bir maromda muomalada bo`lishining zarur shart-
sharoitlarini taminlashga, ularning bozor baholarini (qimmatli qog`ozlar
talab va taklifi o`rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) belgilash
va ularga doir malumotlarni keragicha tar-qatishga, qimmatli qog`ozlar
bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada bo`lishini
qo`llab-quvvat-lashga qaratiladi.
Fond birjalarining vazifalari quyidagilardan ibo-rat:
-qimmatli qog`ozlarning birlamchi va keyingi sotilishi uchun
markazlashtirilgan hudud yaratish;
-qimmatli qog`ozlarning bozor bahosini aniqlash;
-vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini jamg`arib, uni qayta
taqsimlash;
-birja savdolarini ochiqligi va uning natijalarini oshkoraligini
taminlash;
-birja savdosi bilan bog`liq vujudga kelgan nizolarni xolis shaxslar
tomonidan ko`rib chiqilishi;
-birjada tuzilgan bitimlarning ijrosini kafolatlash;
-birja savdolarini uning qatnashchilari tomonidan qatiy o`rnatilgan
tartib qoidalarga asosan o`tkazish va h.k.
«qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»gi qonunning 22-
moddasida fond birjasining huquqlari keltirilgan bo`lib, unga asosan fond
birjasi:
investitsiya muassasalarining birja azoligiga kirishida ularga
qo`yiladigan eng kam majburiy talablarni belgilash;
birja
oldi-sotdilarida
birja
azolari
vakillarining
malakasiga
qo`yiladigan talablarni belgilash;
birja yig`ilishlarini chaqirish va o`tkazish;
ekspert,
malaka
va
baholash
komissiyalari,
maslahat
va
malumotnoma beruvchi sho`balar hamda ularning ishlashi uchun kerakli
boshqa muassasalar, shuningdek qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga
oshirishdagi nizolarni hal qiladigan komissiyalar tasis etish;
o`z nizomiga muvofiq birja azolari to`laydigan kirish va joriy
badallarni undirib olish, bitimlarni ro`yxatga olganlik, texnik xizmat
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko`rsatganlik uchun doimiy va bir galgi mijozlardan birjada bo`lganlik
uchun haq undirib olish, shuningdek birja nizomini, birja yig`ilishlari
qoidalarini
buzganlik,
ro`yxatdan
o`tkazish
yig`imini
vaq-tida
to`lamaganlik uchun jarima va penyalar undirib olish;
birja bukletlari, malumotnomalari, to`plamlarini chop etish;
nazorat qiluvchi organlarning qonunga xilof xatti-harakatlari ustidan
sud tartibida shikoyat qilishga haq-lidir.
Fond birjasi birja savdolari vaqtida bitimlar tuzish, tuzilgan bitimlar
bo`yicha solishtirish va hisob-ki-toblar tartibini mustaqil ravishda ishlab
chiqadi va tas-diqlaydi. Fond birjalari va fond bo`limlari o`z Nizomi
(boshqa turdagi birjalarning fond bo`limi to`g`risidagi nizom), qimmatli
qog`ozlarga doir bitimlarning amalga oshirishning ichki qoidalari asosida
ish yuritadi.
Fond birjasida qimmatli qog`ozlarning quyidagi tur-lari, chunonchi
aksiya, Obligatsiya, davlat xazina majburiyatlari, jamg`arish va depozit
sertifikatlari, veksellar, opsionlar, fyucherslar va boshqalar muomalada
bo`lishi mumkin. Fond birjasi haqida gap ketar ekan, mazkur tashkilot
alohida uyushgan ishtirokchilar bozori bo`lib, unda eng yuqori sifatli
qimmatli
qog`ozlar
muomalada
bo`lishini
takidlash
o`rinlidir.
Operasiyalarni asosan qimmatli qog`ozlar bozorining ishtirokchilari
bajaradi. Fond birjasining boshqa bozorlardan farqlab turadigan belgilari
mavjud bo`lib, bular asosan, savdo o`tkazilishining muayyan vaqti va joyi,
ishtirokchilarning muayyan doirasi, savdo sotiqning muayyan qoidalari va
ishtirokchilarning ushbu qoidalarga qatiy amal qilishi, savdo sotiqning
tegishli lisenziyaga ega bo`lgan muayyan muassasa tomonidan tashkil
etilishi bilan xarakterlanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qim-matli qog`ozlar
muomalasini tashkil etish borasida fond birjalarining roli juda katta
bo`lsada, fond boyliklari oldi-sotdisida birja va birja mexanizmlarining
ahamiyati muntazam ravishda pasayib bormoqda. Aslini olganda,
aloqaning yuqori samarador vositalari mavjud bo`lganda, birja unchalik
zarur ham emas.
1
G`arb mam-lakatlarida fond birjalari moliyaviy aktivlar
savdo-sotig`i amalga oshiriladigan tashkilot sifatida o`z mav-qeini
yo`qotib bormoqda. Borgan sari hisob-kitob va fond boyliklarini savdo
1
қиммaтли қoғoзлaр: Aксиядoр вa тaдбиркoрнинг маълумот бeрувчи қўллaнмaси / Тузувчилaр: СЌ.Р./aфурoв,
Д.И.Шaулoв, У.Т.Кaн; Тaҳрир кeнгaши: Б.A.Хўжaев вa бoшқ.- Тўлдирилгaн вa қaйтa ишлaнгaн 4-нaшри.-Т.:
«Иқтисoдиѐт вa ҳуқуқ дунѐси» нaшриѐт уйи, 2000 й. 93-бeт. («Буxгaлтeр кутубxoнaси» туркуми. 3-чиқaрилиш).
Ринок ценныx бумаг: Учебник. Под ред. В.A.Гaлaнoвa, A.И.Бaсoвa. -М.:- Финанси и статистика, 1996.-139-б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilish markazlariga aylanib borayotgan tijorat va investitsiya banklari fond
birjalarining asosiy raqiblari bo`lib maydonga chiqmoqda.
Fond birjasi O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan
so`ng bozor infratuzilmasi sifatida «Toshkent» tovar xom ashyo
birjasining fond bo`limi sifatida 1991 yilda vujudga keldi. Keyinchalik
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21-yanvardagi
Farmoniga asosan u alohida mustaqil «Toshkent» Respublika fond
birjasiga aylantirildi. 1994 yil 8-apreliga kelib, «Toshkent» Respublika
fond birjasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida davlat ro`yxatidan
o`tkazilib, 1997 yil 20-oktabrda birjaning aksiyadorlarining umumiy
yig`ilish qaroriga asosan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga
aylantirilgan. Hozirgi vaqtda mazkur fond birjasida amalga oshiriladigan
savdo va hisob-kitoblar tizimi elektron hisoblash mashinalari bazasidagi
kompyuter tarmog`i negizida avtomatlashtirilgan bo`lib, u birja,
depozitariya filiallari va shahar mintaqaviy brokerlik idoralarini yagona
majmuasi bilan aloqani ushlab turish imkonini beradigan axborot-
hisoblash tizimini tashkil etadi. Butun tarmoq markaziy kompyuterga
ulangan bo`lib, ushbu tarmoqqa turli joylardan keladigan barcha axborotlar
jamlanadi. Investorlar va manfaatdor shaxslar narxlar kotirovkasi
to`g`risidagi malumotlarni axborot tochkalari va birja axborot bulletenlari
yordamida olish imkoniyatlariga egadirlar. Fond birjasida umumiy va
maxsus xizmatlardan tashqari malaka komissiyasi, ekspert-kotirovkalash
komissiyasi va nizo komissiyasi faoliyat ko`rsatadi. 2-son ilovada
«Toshkent» Respublika fond birjasining tashkiliy tuzilmasi to`g`risidagi
sxyemani keltiramiz.
O`zbekiston
Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati
to`g`risida»gi qonunining 11-moddasiga asosan, birjalar qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin
bo`lib, uning ustav fondi ro`yxatga olingan sanadagi holatga ko`ra, eng
kam ish haqining o`n ming baravari miqdoridan kam bo`lmasligi kerak.
Fond birjalari tashkiliy-huquqiy tuzilishi bo`yicha jahon miqyosida
qaraydigan bo`lsak, unda turli xilda tuzilgan birjalarni uchratishimiz
mumkin. Xususan, fond birjalari AqSh, Yaponiya, Kanada davlatlarida
notijorat korxonalari shaklida tuzilgan bo`lsa, Buyuk Britaniya, Avstraliya
davlatlarining fond birjalari masuliyati cheklangan jamiyatlar shaklida
tuzilgan.
1
1
Миркин Я.М. Ценные бумаги и фондовий ринок. М.:Пeрспeктивa. 1994 г., б.418-422 .
www.ziyouz.com kutubxonasi
Birjadan tashqari bozor deganda, fond birjasini chetlab o`tib
qimmatli qog`ozlar bilan savdo qilish tushuniladi. Qimmatli qog`ozlar
bilan fond birjasida hamma vaqt va har doim muomalalar qatiy tarzda
o`rnatilgan tartib-qoidalar asosida bozorning ishtirokchilari orasidan
tanlanadigan birja vositachilari o`rtasida o`tkazilsa, birjadan tashqari bozor
aloqa va kompyuter tizimlariga asoslanib o`tkaziladi va bunda bitimlar
oldindan belgilab qo`yilgan joyda tuzilishi shart bo`lib hisoblanmaydi.
Birjadan tashqari bozor fond birjasiga o`xshab uyushgan ham bo`lishi
mumkin, ammo ko`pincha bunday bozorlar uyushmagan tarzda mavjud
bo`ladi. Qimmatli qog`ozlarning birjadan tashqari bozori bilan bir qatorda
qimmatli qog`ozlarning yana bir savdo-sotiq amalga oshiriladigan bozori
borki, u fanda «ko`cha» bozorlari sifatida etirof etiladi. Qimmatli
qog`ozlarning birjadan tashqari va «ko`cha» bozorlari bir xil toifadagi
bozorlar hisob-lanmaydi. Birjadan tashqari bozor uyushgan va
uyushmagan tarzda mavjud bo`lishi mumkin bo`lib, unda mayda ulgurji
savdolari o`tkazilsa, «ko`cha» bozori uchun uyushmaganlik xususiyati
xosdir. Birjadan tashqari bozorda fond birjalarida kotirovkada qo`yilmagan
qimmatli qog`ozlar kiritiladi va ularning savdosi amalga oshiriladi.
Bunday qimmatli qog`ozlar yetarlicha daromadga ega bo`lmagan, ularning
emitentlari zaif moliyaviy barqarorlikka ega bo`lgan qimmatli qog`ozlar
bo`lib hisoblanadi. Birjadan tashqari bozorda qimmatli qog`ozlarni
muomalasi bilan fond do`konlari shug`ullanadi.
Fond do`konlari qimmatli qog`ozlarni jismoniy shaxs-lar uchun
birjadan tashqari kichik ulgurji va chakana sav-dolarni amalga oshiruvchi
investision institutlarning tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Fond do`konlari
investision vositachilar, investision va boshqaruv kompaniyalari
tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Fond birjalari tomonidan qimmatli qog`ozlar bozorini tashkil etish
bilan bog`liq talablarning kun sayin yuqorilab murakkablashib borishi fond
birjalari atrofida talablari pasaytirilgan bozorlarning paydo bo`lishiga
zarurat tug`diradi.
Bu holat hozirgi paytda G`arb mamlakatlari bozoriga xos hodisa
sifatida ko`z o`ngimizda namoyon bo`lmoqda. Jumladan, Londondagi
«Kotirovka qilinmaydigan qimmatli qo-g`ozlar bozori», Parijdagi
«Ikkinchi bozor», Amsterdam-dagi «Parallel bozor»lar aynan shular
jumlasidandir.
Fond birjalarining azolari to`g`risida so`z ketar ekan, aytish joizki,
qimmatli qog`ozlarni xarid qilish yoki sotishni xohlovchilarning
hammasiga ham fond birjasiga kirish uchun ruxsat berilmaydi. Unda
www.ziyouz.com kutubxonasi
faqatgina birjaning azolarigina ishtirok etishlari mumkin. Har bir fond
birjasi, odatda, birja azoligiga kirish, azolikni to`x-tatish, birja azoligidan
mahrum etish tartibini, birja azolarining huquq va majburiyatlarini belgilab
beruvchi birja azolari haqida nizomga ega. Fond birjasiga ushbu birjadan
brokerlik joyini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar azo bo`lishi
mumkin. Birjaga shuningdek, istalgan tashkiliy-huquqiy shakldagi
muassasalar azo bo`la oladi. Ayni paytda davlat hokimiyati va bosh-
qaruvi, prokuratura, sud idoralari, ularning mansabdor shaxslari hamda
mutaxassislari fond birjasiga azo bo`la olishmaydi.
Fond birjasi azolarining miqdorini birjaning boshqaruv organlari
belgilaydi. Chet mamlakatlar amaliyotiga etibor beradigan bo`lsak, fond
birjalari azoligiga malum cheklovlar o`rnatilganligini ko`rishimiz mumkin.
Ayrim mamlakatlarda, jumladan AqShda jismoniy shaxs-larni azo sifatida
ishtirok etishda ustunlik berilsa, Yaponiya va Kanada singari
mamlakatlarda yuridik shaxs-larning o`rni yuqoriligini kuzatish mumkin.
Uchinchi bir mamlakatlarda birja azoligiga jismoniy va yuridik shaxslar
bir xilda ishtirok etish imkoni beriladi.
Bundan tashqari, ko`pgina chet el mamlakatlarida birjalar faoliyatiga
ajnabiy fuqarolar va yuridik shaxslar ishtirok etishiga ruxsat etilgan bir
vaqtda, ayrim mamlakatlarda jumladan, Kanada va Fransiyada ajnabiy
shaxslarning birjaga azo bo`lishligi yoki ularni ustav fondidagi ishtiroki
cheklanadi.
1
Bizning mamlakatimiz qo-nunchiligida bu masalada biron bir
cheklashlar kuzatilmaydi.
«Toshkent» Respublika fond birjasining azolari quyidagi huquqlarga
ega:
Qimmatli
qog`ozlar
bozorining
mutaxassisi
malaka
shahodatnomasiga ega bo`lgan va birjani o`zining malaka komissiyasidan
savdolarda ishtirok etish uchun ruxsat olgan o`z vakillarini birjada
brokerlar sifatida akkreditlash;
brokerlik faoliyatiga taalluqli bo`lgan masalalarni hal etishda
«Toshkent» RFBning azolari to`g`risidagi nizomda ko`zda tutilgan tartibda
ishtirok etish;
birjaning xizmatlaridan amaldagi qonunchilik va birja hujjatlari bilan
belgilangan chegaralarda foydalanish;
birja
boshqaruviga
birjaning
faoliyatini
takomillashtirish
masalalariga doir takliflar kiritish;
brokerlik joyini ijaraga berish;
1
Ринок йенныx бумаг: Учебник. Род ред.В.A.Гaлaнoвa, A.И.Бaсoвa.-М.:- Финанси и статистика,1996.-б.134
www.ziyouz.com kutubxonasi
brokerlik joyini birja tomonidan belgilangan tartibda sotish.
Birjaning vaqtinchalik azolari ham uning to`la hu-quqli azosiga
beriladigan huquqlarga ega, faqat broker-lik joyini sotish va ikkilamchi
ijaraga berish huquq-lari bunga kirmaydi.
Fond birjasining azolari quyidagi majburiyatlarga ega:
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va umuman qim-matli
qog`ozlar bozori to`g`risidagi boshqa meyoriy huj-jatlarga, xususan, fond
birjasining ichki hujjatlariga, uni boshqarish organlarining qarorlariga
rioya qilish;
muntazam azolik badallarini o`z vaqtida to`lash;
tijorat sirlarini saqlash va o`z mijozlari, kontragentlar va birja
haqidagi maxfiy axborotni oshkor etmaslik;
ishdagi odob-axloq meyorlariga rioya etish;
birjaga o`zining yuridik manzili yoki turar joyi o`zgarganligi haqida
o`z vaqtida xabar berish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |