Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Qimmatli qog`ozlar bozorida investitsiya institutlarining



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

5-§. Qimmatli qog`ozlar bozorida investitsiya institutlarining 
tarkibi va ularning faoliyati 
Malumki, qimmatli qog`ozlar bozorida investitsiya institutlarining 
qator turlari faoliyat ko`rsatishi mumkin. Bular qatoriga investitsiya 
vositachisi (moliya brokeri va dileri), investitsiya maslahatchisi, 
investitsiya kompaniyasi, investitsiya fondi, boshqaruvchi kompaniya, 
depozitariy, hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti), qim-matli qog`ozlar 
egalarining 
reyestrini 
saqlovchi, 
qimmatli 
qog`ozlarni 
nominal 
saqlovchilar kiradi.
Investitsiya fondlaridan tashqari, barcha turdagi investitsiya 
institutlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin. Faqat 
investitsiya fondining ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida bo`lishi 
talab etiladi.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, qimmatli qo-g`ozlar bozorida 
savdoni lisenziya asosida ish olib boradigan qimmatli qog`ozlar bozorining 
professional qat-nashchilaridan biri hisoblangan fond birjalari (birjalarning 
fond bo`limlari) va investitsiya institutlari tashkil etadilar va shu joylarda 
qimmatli qog`ozlar oldi-sotdisi amalga oshirilib, qimmatli qog`ozlar 
muomalasi bilan bog`liq fuqarolik huquqiy bitimlar bevosita tuzi-ladi.
Barcha turdagi bozorlarda savdo qilishning o`z prin-siplari 
bo`lganidek, qimmatli qog`ozlarning bozorida savdo qilishning ham o`z 
prinsiplari bor. Bu prinsiplar quyi-dagilardan iborat: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


- barcha potensial investorlar o`z mablag`larini foydali tarzda 
joylashtirishlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratib berish; 
-qimmatli qog`ozlar bozorida tuziladigan bitim-larning ixtiyoriyligi; 
-erkin raqobat yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish; 
-narxlarni real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash; 
-qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risidagi qonun huj-jatlariga uning 
barcha qatnashchilarining qatiy rioya etishi; 
-birja va birjadan tashqari operasiyalar, kotirovkalar, emitentlarning 
moliyaviy holati to`g`risidagi axborotlar oshkor etilishining shartligi; 
-o`z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan 
barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi; 
-qimmatli qog`ozlar va ularning emitentlariga doir axborotlarning 
to`la oshkor etilishini, oshkoralikni va axborotdan barcha qatnashchilar 
foydalana olishini ta-minlash; 
-investorlar va emitentlarni manfaatlarini himoya qilish; 
-qimmatli qog`ozlar bozorida tovlamachilik va boshqa noqonuniy 
faoliyatni taqiqlash va taqib qilish va boshqalar. 
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog`oz-lar birja 
bozorlari va birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. 
Investorlar oldi-sotdilarni investitsiya institutlari orqali ham, mustaqil 
holda ham amalga oshirishlari mumkin.
Qimmatli qog`ozlar bozorida investitsiya vositachisi hisoblangan 
brokerlik va (yoki) dilerlik faoliyatini amalga oshirayotgan institut 
mavjuddir. Brokerlik faoliyati shundan iboratki, bunga binoan topshiriq 
shartnomalari va vositachilik haqi asosida yoxud bitimlar tuzish uchun 
berilgan ishonchnoma asosida ish olib borib, vakolatli shaxs yoki vositachi 
sifatida qimmatli qog`ozlar yuza-sidan fuqarolik-huquqiy bitimlarni 
amalga oshirish bilan bog`liq faoliyat tushuniladi. Dilerlik faoliyati esa 
muayyan qimmatli qog`ozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxlarini 
oshkora e'lon qilish hamda ushbu qimmatli qo-g`ozlarni e'lon qilingan 
narxlari bo`yicha sotib olish (yoki) sotish majburiyatini olish yo`li bilan 
o`z nomidan va o`z hisobidan qimmatli qog`ozlarga doir fuqarolik-
huquqiy bitimlarni amalga oshirish bilan bog`liq faoliyat tushu-niladi.
Qimmatli qog`ozlar bozorida maslahat berish faoliyati bilan 
shug`ullanuvchi investitsiya instituti jismoniy yoki yuridik shaxs 
hisoblangan investitsiya maslahatchisi hisoblanadi. Bunday maslahatchilar 
mijozlarga zarur axborotlar va qimmatli qog`ozlarni sotish va sotib olish 
bo`-yicha maslahatlar beradilar.
Qimmatli qog`ozlar bozorida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs 
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisoblangan investitsiya kompaniyalarining vazifasi, o`rni va roli shundan 
iboratki, ular qimmatli qog`ozlar chiqaradigan va ularni joylashtirish 
bo`yicha uchinchi shaxs-lar foydasiga kafolatlar berib, qimmatli 
qog`ozlarga mablag` sarflab, o`z nomidan va o`z hisobidan, shu jumladan 
qimmatli qog`ozlarni kotirovkalash
1
hisobidan qimmatli qog`ozlarni oldi-
sotdisini amalga oshiradilar.
Investitsiya institutining turi sifatida investitsiya fondlarining vazifasi 
shundan iboratki, mazkur fondlar yuridik shaxs sifatida investorlarning pul 
mablag`larini ishga solish maqsadida aksiyalar sotib olish va aksiyalar 
chiqarish hamda mablag`larni fond nomidan qimmatli qo-g`ozlarga, 
banklardagi hisob varaqlarga va omonatlarga qo`-yishdan iboratdir.
Investitsiya fondlarining mablag`larni bunday qo`yish bilan bog`liq 
tavakkalchiligi, bu mablag`larning bozordagi qadri o`zgarishidan 
keladigan daromad va ko`riladigan zarar to`la-to`kis ushbu fond egalari 
(aksiyadorlari) hisobiga o`tkaziladi va ular tomonidan fond aksiyalarining 
joriy narxlari o`zgarishi hisobiga realizasiya qilinadi. Shuni alohida 
takidlash joizki, banklar va sug`urta kompa-niyalari investitsiya fondlari 
bo`la olmaydi. 
Qimmatli qog`ozlar bozori infratuzilmasining yana bir muassasasi – 
boshqaruvchi kompaniyalar hisoblanib, uning investitsiya institutining bir 
turi sifatidagi roli juda muhimdir. Bu tarzdagi kompaniyalarning vazifasi 
asosan investitsiya institutlarining, jismoniy va yuridik sha-xslarning 
investitsiya aktivlarini boshqaradi, qimmatli qog`ozlar oldi-sotdisini 
amalga oshirish ishi bilan shu-g`ullanadi.
Qimmatli qog`ozlarni boshqarish sohasidagi faoliyat shunday 
faoliyatki, bunga asosan shaxs yuridik shaxsning egalik qilish uchun 
o`ziga berilgan va boshqa bir shaxsga te-gishli bo`lgan, mazkur shaxs yoki 
bu shaxs ko`rsatgan uchinchi shaxslar manfaatini ko`zlab, qimmatli 
qog`ozlarni, qim-matli qog`ozlarni investitsiyalashga mo`ljallangan pul 
mab-lag`larini, qimmatli qog`ozlarni boshqarish jarayonida olinadigan pul 
mablag`lari hamda qimmatli qog`ozlarni haq evaziga boshqarish 
faoliyatini o`z nomidan amalga oshiradi. 
Hisob-kitob-kliring (hisobga olish) tashkiloti investitsiya instituti 
sifatida qimmatli qog`ozlarga doir bitimlar bo`yicha hisob-kitob-kliring 
operasiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan yuridik shaxs 
hisoblanib, u o`z faoliyati jarayonida qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq 
1
Кoтирoвкaлaш - инвeститсия кoмпaниясининг сoтиш ѐки сoтиб oлиш мaжбуриятини ўз зиммaсигa oлиб, 
муaйян қиммaтли қoғoзлaрнинг сoтиш нaрxини вa сoтиб oлиш нaрxини эълон қилишидир.
www.ziyouz.com kutubxonasi


bitimlar bo`yicha o`zaro unda ishtirok etuvchi taraflarning majburiyatlarini 
aniqlash, hisobga olishga doir faoliyatni olib boradi. Bu tashkilot albatta 
o`z fao-liyatini qimmatli qog`ozlar bozorining qatnashchisi bilan tuzgan 
o`z shartnomalariga asosan amalga oshiradi.
Malumki, bozor sharoitida qimmatli qog`ozlarni saq-lash va (yoki) 
bu qimmatli qog`ozlarga bo`lgan huquqlarni hisobga olish bo`yicha 
xizmatlar ko`rsatishga zarurat mav-jud bo`lib, bunday vazifani unitar 
korxona shaklida tashkil etilgan depozitariylar amalga oshiradilar. 
O`zbekiston Respublikasining «qimmatli qog`ozlar bozorining 
faoliyat ko`rsatish mexanizmi to`g`risida» qonu-nining 3-moddasiga 
binoan, depozitariylar qimmatli qo-g`ozlar bozorida faoliyat olib borishiga 
ruxsat etilgan investision institutlarning biri sifatida qaralib, ushbu 
qonunning 13-moddasiga muvofiq, depozitariy faoliyati qimmatli 
qog`ozlarni saqlash va ushbu qimmatli qog`ozlarga doir huquqlarni 
hisobga olish bo`yicha xizmatlar taqdim etishga qaratiladi. Binobarin, 
depozitariya faoliyati ham qimmatli qog`ozlar bozorini infratuzilmasining 
muhim ajralmas tarkibiy bo`linmasi bo`lib, fond bozorida oldi-sotdi 
harakatlari amalga oshirilgandan so`ng, qimmatli qog`ozlar egalariga 
tegishli huquqlari aynan depo schotidan ko`chirma asosida amalga 
oshirilishi mumkinligini ang-latadi.
Qonunning 18-moddasiga muvofiq, bunday tuzilma qo-g`ozlar 
bozorida reyestr yuritish bilan bir qatorda depozitariy xizmatlarini 
ko`rsatishni birgalikda amalga oshirishga ruxsat berilgan bo`lib, boshqa 
investision ins-titutlar uchun ikki yoki undan ortiq faoliyat sohalarini 
birgalikda amalga oshirishga yo`l qo`yilmaydi.
Malumki, qimmatli qog`ozlar muomalaga chiqarilishi bo`yicha 
taqdim etuvchiga va nomi yozilgan tarzda chiqarilishi mumkin. Birinchi 
holatda, qimmatli qog`ozlar egasining nomi yozilmagan sertifikat shaklida 
chiqarilsa, ikkinchi holatda qog`oz egasining nomi ko`rsatilgan va 
belgilangan tartibda hisobga olish ro`yxatlaridagi yozuv shaklida 
muomalaga chiqarilishi mumkin va ular depozitariylarda qog`oz 
sertifikatlari yoki kompyuterlarda buxgalteriya yozuvlari ko`rinishida 
hisobga olinadi. Hozirgi vaqtda ko`pgina davlatlarda qimmatli qog`ozlarni 
naqd pulsiz ko`rinishda muomalaga chiqarish amaliyoti qo`llanib 
kelinayotgan bo`lib, bu o`z navbatida ortiqcha chiqimlarni kamayishiga 
olib ke-ladi. 
Depozitariylarning paydo bo`lishi qimmatli qog`ozlar bozori 
sohasida o`ziga xos yangi davrning boshlanishiga olib keldi, chunki u 
nafaqat 
fond 
boyliklarini 
saqlash 
va 
hisobga 
olishning 
sifat 
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko`rsatgichlarini 
ko`tarish, 
balki 
taqqoslash, 
kliring 
tizimlarini 
jadallashtirish, tuzilgan bitimlarga asosan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
ba-jarilmaslik xavfini jiddiy ravishda kamaytirish imkonini berdi. 
Respublikamizda fond bozorining samarali faoliyatini taminlash 
maqsadida 1994 yilning iyunida eng zamonaviy kompyuter uskunalari, 
aloqa vositalari, lisenzion dasturiy taminot bilan jihozlangan «Vaqt» milliy 
depozitariysi barpo etildi. Fond bozorining rivojlanishi va depozitariylarda 
amalga oshirilgan muomalalar sonining keskin oshib borishi o`z navbatida 
depozitariylar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining yanada ta-
komillashtirish vazifasini ko`ndalang qilib qo`ydi. Buning natijasi o`laroq, 
1998 yilning 29-avgustida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan «Depozitariylar va depozitar faoliyat to`g`risida»gi qonun 
qabul qilindi. Mazkur qonunning 8-moddasiga asosan, O`zbekiston Res-
publikasi hududida depozitariylar tizimi ikki bos-qichli bo`lib, ular 
markaziy depozitariyni va depozi-tariylarni o`z ichiga oladi. 
Har bir depozitariy davlat ro`yxatidan o`tib, lisenziya olgandan so`ng 
vakolatli davlat organi tasdiqlagan tartibda Markaziy depozitariyda 
vakillik hisob varag`ini ochishi lozim bo`ladi va amaldagi qonun 
hujjatlariga binoan ularning nizom jamg`armasi eng kam ish haqining 
2000 baravaridan kam bo`lmasligi kerak. 
Markaziy depozitariy o`zining tashkiliy-huquqiy ko`rinishi jihatidan 
qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonasi sifatida tuzilib, o`z 
faoliyatini xizmat ko`rsatishdan olgan daromadlar va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradi. 
Depozitariylar o`z faoliyatlarini amalga oshirish cho-g`ida quyidagi 
xizmat turlarini ko`rsatadilar: 
Qimmatli qog`ozlarni saqlash; 
naqd va naqd bo`lmagan qimmatli qog`ozlarga bo`lgan hu-quqni 
hisobga olish va tegishli guvohnoma bilan buni tas-diqlash; 
Qimmatli qog`ozlar zimmasiga majburiyatlar yuklangan holatlarni, 
shuningdek ular tugatilgan holatlarni hisobga olish. 
Ixtisoslashtirilgan depozitariylar deponentlar (mijozlar) qimmatli 
qog`ozlari bilan komissiya, oldi-sotdi, topshiriq, sovg`a, ayirboshlash va 
ijaraga oid bitimlarni tuzish, shuningdek deponentlar bilan birgalikdagi 
faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega emas. 
Depozitariylar o`z mijozlari bilan «depo» schotlarini, yani qimmatli 
qog`ozlarni masuliyatli saqlash bo`yicha hisob yuritish to`g`risida yozma 
ravishda shartnomalar tuza-dilar. Depozitariy shartnomasini tuzish 
deponentning 
qimmatli 
qog`ozlarga 
bo`lgan 
mulkiy 
huquqlarini 
www.ziyouz.com kutubxonasi


depozitariy ixtiyoriga o`tishini bildirmaydi. Ushbu shartnomalar unda 
qatnashuvchi taraflarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutadi. Shu 
jumladan, depozitariyning qu-yidagi majburiyatlari ham unda albatta 
ko`rsatilishi lozim bo`lib hisoblanadi. Bular quyidagilar: 
-o`zida saqlash uchun topshirilgan naqd va naqd bo`lmagan qimmatli 
qog`ozlarning saqlanishini taminlash; 
-har bir deponentga tegishli qimmatli qog`ozlarning turlari, soni va 
nominal qiymatini hisobga olib borish; 
- qimmatli qog`ozlar zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan hollar 
hisobini yuritish; 
-deponentlarning 
yozma 
topshiriqlari 
asosida 
deponentlarga 
emitentdan yoki reyestr egasidan olingan aksiyadorlar yig`ilishi, 
dividendlar to`lanishi va boshqa harakatlar to`g`risidagi axborotni 
yetkazish; 
-depo schotlari bo`yicha operasiyalarni faqat o`z deponentlarining 
yozma topshiriqlari asosida amalga oshirish; 
-depo schotlari holatiga o`zgartirishlar kiritishga asos hisoblanuvchi 
barcha birlamchi hujjatlarni saqlash; 
-deponentning qimmatli qog`ozlarga mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlarini tegishli guvohnoma berish bi-lan tasdiqlash;
-depo schotining holati va undagi o`zgarishlar to`g`-risidagi 
axborotning mahfiyligini taminlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno; 
-depo schoti bo`yicha operasiyalarni vakolatli davlat organi, 
monopoliyaga qarshi kurashuvchi davlat organi, shuningdek sud va 
huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari asosida qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tugatish; 
-vakolatli davlat organining talabiga binoan o`zining faoliyatiga 
taalluqli malumotlarni qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan doirada 
taqdim etish va h.k. 
Yuqoridagilardan tashqari, yana bir qator investitsiya institutlari, 
jumladan qimmatli qog`ozlar egalari reyestrini yuritish bo`yicha xizmat 
ko`rsatish bilan shug`ul-lanuvchi qimmatli qog`ozlar egalari reyestrini 
saqlovchi (reyestr saqlovchi)lar, qimmatli qog`ozlar egasining yoki u vakil 
qilgan shaxsning topshirig`i bilan va uning nomi-dan qimmatli qog`ozlar 
yuzasidan bitimlar tuzuvchi banklar qimmatli qog`ozlarni nominal 
saqlovchilari hisoblanib, ular ham investitsiya institutlarini turlari 
xisoblanadi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin