mablag`larining
turli
kor-xonalarga
sarflanishi
qonuniy
tartibda
taminlanadi
1
, faoliyatining cheklanishi esa, XIFlarga tijorat xusu-siyatidagi
faoliyat bilan shug`ullanishga yo`l qo`ymaydi
2
.
Respublikamiz qonun hujjatlarida shu narsa ko`zda tutilganki, agar
XIF bankrot bo`lsa yoki boshqa sabablarga ko`ra tugatilsa, uning aktivlari
tugatish komissiyasi tomonidan ochiq kimoshdi savdosi shaklida
tarqatiladi. Unda xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini har
qanday shaxs savdoda xarid qilish huquqiga ega bo`lib,
ishtirok etish
imkoniyati taminlanadi.
XIFlar tashkiliy-huquqiy shakli ochiq aksiyadorlik jamiyati bo`lib,
investitsiya fondining turi sifatida yopiq turdagi investitsiya fondi
hisoblanadi. Investitsiya fond-larining ochiq yoki yopiq turlarga
bo`linishining asosiy mezoni shuki, buni
fond chiqargan aksiyalarni
aksiyador-lardan qayta sotib olish imkoniyati mavjud yoki mavjud
emasligi belgilaydi. Investitsiya fondlari fond aksiyalari talabiga ko`ra, o`z
aksiyalarini qayta sotib olish huquqiga ega bo`lsa, XIFlar o`z aksiyalarini
aksiyadorlardan qayta sotib olish huquqiga ega emaslar.
XIF kamida ikkita, ko`pi bilan yigirmata muassisga ega bo`lishlari
mumkin, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar,
shu jumladan, ustav
fondida davlatning ulushi 25 foizdan kam bo`lgan korxonalar XIFning
muassislari bo`lishlari, XIFning ustav fondi faqat pul mablag`lari kiritish
hisobiga
shakllantirilishi, bunda muassislar ustav fondi qiymatining 100
foizini davlat ro`yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan
kechiktirilmagan muddatda to`lashi shartligi uning o`ziga xos xususiyatlari
sifatida sanalishi mumkin.
XIFlar aksiyalarining birlamchi joylashtirilishida aksiyalar fond
do`konlari va boshqa savdo shaxobchalari orqali nominal qiymat bo`yicha
sotiladi.
Xususiylashtirish investitsiya fondlari va investitsiya fondlarining
faoliyat ko`rsatish xususiyatlarini quyidagi tablisa
orqali tushuntirish bir
muncha qulaylik tug`diradi.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг 25.09.98 йилдaги 410-сoнли қaрoрининг 3-илoвaси,
«Хусусийлaштириш инвeститсия фoндлaри тўғрисидa Низoм»нинг 5 бaнди 2-xaт бoшигa aсoсaн, ХИФлaр
aлoҳидa oлингaн биттa eтитeнтнинг қиммaтли қoғoзлaригa ўзининг умумий сaрмoясининг 10 фoиздaн oртиқчa
қисмини ѐьнaлтиришгa ҳaқли eмaс.
2
Юқoридa кeлтирилгaн Низoмнинг 3 бaндигa aсoсaн, ХИФлaр фaқaтгинa қиммaтли қoғoзлaр билaн фaoлият
oлиб бoриши бeлгилaб қўйилгaн бўлиб, бу ўз нaвбaтидa мaxсус руxсaтнoмa aсoсидa фaoлият кўрсaтиш сирaсигa
кирaди вa тижoрaт тaвaккaлчилигинa минимaл дaрaжaгa кeлтириш имкoнини ярaтaди.
www.ziyouz.com kutubxonasi