Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Qimmatli qog`ozlar bozorini davlat tomonidan



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

3-§. Qimmatli qog`ozlar bozorini davlat tomonidan 
tartibga solinishi: yo`llari va vositalari 
Respublikamizda qimmatli qog`ozlarni xo`jalik muomalasida 
bo`lishini taminlovchi tashkiliy-huquqiy tizim to`g`risida so`z boshlashdan 
oldin, takidlash joizki, O`zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar 
mavjud bo`lgan tu-zum qimmatli qog`ozlarni faqatgina soxta kapital 
sifatida talqin etib, unga kapitalistik ishlab chiqarishning asosiy unsuri 
sifatida qarab keldi. 
Respublikamizning mustaqillikka erishishi bozor qo-nuniyatlari 
asosida ishlab chiqarish munosabatlarini qayta ko`rib chiqilishini taqozo 
etib, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida qimmatli 
qog`ozlar bozorini vujudga kelishini zaruratga aylantirdi va iqtisodiyotda 
ushbu bozor segmentini rivojlantirishning dolzarbligini keskin oshirdi. 
O`zbekiston Respublikasining hozirgi vaqtda amalga oshirayotgan 
iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri, iqtisodiyotning turli 
sohalarida faollikni jonlantirishga qaratilgan moliyaviy barqarorlikka 
erishishdan iboratdir. Oxirgi yillar davomida o`tkazilayotgan iqtisodiy 
islohotlar natijasida mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi 
bo`lgan qimmatli qog`ozlar bozorining shakllanishiga va uning xo`jalik 
muomalalarida bo`lishligiga erishilmoqda. Ushbu qisqa davr mobaynida 
O`zbekiston 
bozorida 
turli 
xil 
qimmatli 
qog`ozlar, 
jumladan, 
xususiylashtirilgan davlat korxonalari va yangidan yaratilgan korxonalar 
aksiyalari, davlat va korporativ Obligatsiyalar, tijorat banklarining depozit 
sertifikatlari, veksellar va boshqalar paydo bo`ldi. 
1991 yilning oxirlaridan boshlab, qimmatli qog`ozlar chiqarish va 
ularning muomalasi (harakati), fond birjasi va investision institutlarning 
faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qator qonun va qonun osti hujjatlari 
qabul qilindi. Jumladan, 1997 yil 1-martdan kuchga kir-gan O`zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, 1993 yil 2-sentabrda qabul qilingan 
«qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»gi, 1996 yil 25-aprelda 
qabul qilingan «qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyat ko`rsatish 
mexanizmi to`g`risida»gi, 1996 yil 26-aprelda qabul qilingan 
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


to`g`risida»gi
1
, 1998 yil 24-dekabrdagi «Investision faoliyat to`g`risida»gi 
O`zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi mamlakatimizda 
qimmatli qog`ozlar bozori shakllanishi bilan bog`liq qonunchilik asoslarini 
yaratib berdi. 
Iqtisodiyotda qimmatli qog`ozlar bozori faoliyatining naqadar 
muhimligini nazarda tutib, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 
«...qimmatli 
qog`ozlar 
bozorining 
ahvoliga 
qarab, 
bozor 
munosabatlarining qaror topish jarayoni qay darajada jo`shqin 
borayotganligi haqida fikr yuritish mumkin»
2
ligi to`g`risidagi fikrni 
alohida takidlagan edi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96-moddasiga 
binoan: «mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga 
amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog`ozlar hisoblanib, 
ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki 
boshqa shaxsga berish mumkin bo`ladi». 
Qimmatli qog`ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan 
tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o`sha shaxsga o`tadi. 
Qimmatli qog`ozlar bozori - jismoniy va yuridik shaxslarning 
qimmatli qog`ozlar chiqarish, ularning muomalada bo`lishi va haqini 
to`lash bilan bog`liq munosabatlar tizimidir.
2
Qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilari - qimmatli qog`ozlarning 
emitentlari, investorlar, investitsiya ins-titutlari, shuningdek ularning 
birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo`limlari), 
davlat 
tomonidan 
qimmatli 
qog`ozlar 
bozorini 
boshqarish 
va 
muvofiqlashtirish vakolati berilgan organlar va bosh-qalardan iborat. 
Qimmatli qog`ozlar muomalasi deganda, ularni sotib olish va sotish, 
shuningdek O`zbekiston Respublikasi qo-nunlarida nazarda tutilgan, 
qimmatli qog`ozlar egasining o`zgarishiga olib keladigan boshqa hatti-
harakatlar bilan bog`liq faoliyat tushuniladi. Chiqarilishi davlat 
ro`yxatidan o`tkazilgan va belgilangan ro`yxat raqamini olgan qimmatli 
qog`ozlargina O`zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilishi 
mumkin. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin