to`lash haqidagi oddiy va hech narsa bilan shartlashilmagan vada,
to`lovchining nomi, to`lov
muddati va joyi, to`lov kimga yoki kimning
buyrug`i bilan bajarilishi lozimligi xususidagi shart, tuzish sanasi va joyi,
hujjat bergan shaxsning imzosini tashkil etadi.
Jahon amaliyotida veksellarning qoplangan veksel, bronza veksel,
tijorat veksel, xazina veksel kabi turlari uchraydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 19
martdagi
Farmoniga muvofiq korxona va tashkilotlarning veksellarni chiqarishiga
faqat ularga yetkazib berilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun hisob-kitob
qilishga ularda pul mablag`lari etishmovchiligini qoplash uchun xizmat
ko`rsatilayotgan
bank
tomonidan
majburiy
tarzda
veksel
topshiriqnomasining rasmiylashtirilishi bilan ruxsat etiladi.
Veksellarning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tishi o`tkazma yozuv
indossament (veksel ustidan ushbu hujjat bo`yicha huquqlarni boshqa
shaxsga o`tkazilganligini tasdiqlovchi qimmatli qog`oz) yordamida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: