Nazorat savollari:
1.
Investitsiya deganda nima tushuniladi?
2.
O`zbekistonda
investitsiyaga
oid
qonunchilikni
shakllantirishdan asosiy maqsad nima?
3.
Investitsiya faoliyati subyektlarining huquq va majburiyatlarini
aytib bering.
4.
Investitsiyaning bosh maqsdi nima?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyaning ahamiyati qanday?
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 BOB. QIMMATLI QOG`OZLAR BOZORINI DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI
1-§. Qimmatli qog`ozlar tushunchasi
Xo`jalik faoliyatida pul bilan bir qatorda qimmatli qog`ozlar
muomalasi ham muxim o`rin egallaydi. Qimmatli qog`ozlarning tabiiy
xususiyatlaridan kelib chiqib ularni qimmatli deb bo`lmaydi, balki u
egasiga malum bir qim-matliklar (ashyo, pul, moddiy va nomoddiy
huquqlar)ga ega bo`lishi tasdiqlanganligi uchun ham qimmatlidir. Qim-
matli qog`ozlar pul kabi muomalada hamda to`lovda qulay vositadir.
Ayniqsa u o`z funksiyasi bilan sug`urta polisi, qarzdorlikni tasdiqlovchi
tilxat, vasiyatnoma kabi muayyan qimmatliklarga ega bo`lgan boshqa
qog`ozlardan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida va fuqarolik
muo-malasida qimmatli qog`ozlar mulkiy huquqlarning kafolati sifatida
namoyon bo`ladi va subyektlarning oshiqcha pul zahiralari muomalasini
tezlashtirishga yordam beradi.
Mulk shakllari evolutsiyasi va kreditning rivoj-lanishi jamiyat ishlab
chiqarishi tizimida qimmatli qo-g`ozlarning keng qo`llanilishiga sabab
bo`lib, qimmatli qo-g`ozlar ishlab chiqarishga sarmoya jalb qilishning eng
maq-bul usuli sifatida bir qator ijobiy xususiyatga ega.
Mustaqillik va bozor iqtisodiyoti natijasida qim-matli qog`ozlarga
nisbatan davlat monopoliyasining barham topishi, iqtisodiyotga tovar-pul
almashinuvi va tovar muomalasi uchun xususiy mulk rivoji hamda xususiy
mulk-dor sinfini yaratish uchun qo`shimcha ahamiyatga ega bo`ldi.
Qimmatli qog`ozlarning tarixiy shakllanishi antik Rimga borib
taqaladi. Dastavval, og`zaki kelishuv shaklidagi qimmatli qog`ozlar,
imperator Yustinian davriga kelib yozma shaklda tuzila boshlandi.
Natijada ashyoga, pulga bo`lgan haq (huquq va talab) qog`oz bilan
uyg`unlashdi va bir vaqtning o`zida ashyoga bo`lgan huquq va qog`ozga
bo`lgan huquq birlashib, umumiy qog`ozga nisbatan huquq yuzaga keldi.
XII asrga kelib, haq huquqlarini o`zida ifodalovchi qog`oz turli xildagi
belgi va majburiy yozuvlarga ega bo`ldi. O`sha paytlardagi qimmatli
qog`oz o`z egasiga beradigan huquqlar doirasi juda ko`p bo`lganligi
tufayli, qimmatli qog`ozlar sekin-asta qo`ldan qo`lga o`ta boshladi. O`rta
asrlarga kelib ko`pgina davlatlar (Angliya, Germaniya, Fransiya) o`z xara-
jatlarini qoplash uchun ko`chmas mulk o`rniga xazina maj-buriyatlari va
obligatsiyalar chiqara boshladilar. Faqatgina XVII asrga kelib, qimmatli
qog`ozlarning orqa tomonidan imzo qo`yib, boshqa kishiga berilishi odat
www.ziyouz.com kutubxonasi
tusiga kirdi. Qimmatli qog`ozlarga imzo qo`yilishi ularning egalarini oson
almashishiga va qimmatli qog`ozlarning muomalada qo`llanilishini
tezlatishga sabab bo`ldi. Shuningdek, imzo-larning paydo bo`lishi
natijasida qimmatli qog`ozlar to`lov va kredit berish vositasi bo`lib xizmat
qila boshladi. XVII asrga kelib hissali qimmatli qog`oz-aksiya paydo
bo`ldi. XIX asrdan boshlab qimmatli qog`ozlar o`zgarib, shakllanib va
iqtisodiy hayotda keng qo`llaniladigan holatga o`tdi.
Qimmatli qog`ozlar - mulkiy huquqlarning belgilan-gan shakl va
majburiy rekvizitlariga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanib,
ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki
boshqa shaxslarga berish mumkin bo`ladi (FK 96-moddasi). Bunda
tegishli huquqlarni amalga oshirish uchun qoida bo`yicha qimmatli
qog`ozni taqdim etish lozim bo`ladi. Rivojlangan xo`jalik muomalasida
qimmatli qog`ozlarning keng tarqal-ganligi, ularning belgilangan qiymatga
ega ekanligi uchun pullar bilan eng ma'qul muomala va to`lov vositasi
ekan-ligi, kredit vositasi rolining bajarilishi mumkinligi hamda turli
manfaatlarga nisbatan huquqlarni o`tkaza olishi bilan belgilanadi.
1
“Qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»gi qonunning
(02.09.1993y.) 1-moddasiga muvofiq, qimmatli qog`ozlar ular chiqargan
shaxs bilan ularning egasi o`rta-sidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom
munosabatlarini tas-diqlovchi, divident yoki foizlar ko`rinishidagi
daromad to`lashni hamda ushbu hujatlardan kelib chiqadigan huquq-larni
boshqa shaxslarga berish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.
Qimmatli qog`ozlar-blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schotlardagi
yozuv shaklida bo`lishi va hisob-kitob qi-lishda, shuningdek kredit
bo`yicha garov sifatida foyda-lanilishi mumkin. Qimmatli qog`ozlar
yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi ixtiyoriylik asosida tarqatiladi.
Qimmatli qog`ozlar-bu qonunda belgilangan tartibda chiqarilgan va
nominal
2
qiymatga ega bo`lgan pullik huj-jatdir. Ular mulkchilik
munosabatlarini ifodalaydi va qanday mulk yoki pul miqdoriga egalik
qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qog`ozlar divident yoki foizlar ko`-
rinishida daromad to`lashni hamda mazkur hujjatlardan kelib chiqadigan
huquqlarni boshqa shaxslarga berish im-koniyatini nazarda tutadi.
Boshqacha qilib aytganda, egalik qilish huquqini tasdiqlovchi, dividend
yoki foizlar ko`-rinishidagi daromad olishni ko`zlovchi, emissiya qiluvchi
1
Грaждaнскoе прaвo. Учeбник. A.П.Сeргeевa, Ю.К.Тoлстoгo, М., Прoспeкт. 1998 г
2
Пул xужжaтлaридa кўрсaтилгaн бoшлaнғич нoминaл бaҳo, умумaн oлгaндa, рaмзий xaрaктeргa eгa бўлиб, ҳaр
дoим улaрнинг ҳaқиқий бoзoр бaҳoсини (қиймaтини) ифoдaлaй oлaди.
www.ziyouz.com kutubxonasi
va sotib oluvchi o`rtasidagi o`zaro mulkiy munosabatlarni bildiruvchi,
boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pulli
hujjatlar qimmatli qog`ozlar deb yuritiladi.
Eng muhimi, har qanday qimmatli qog`oz qonunda belgilangan
shakllarda tuzilgan bo`lishi va zaruriy rekvizitlarga ega bo`lishi lozim.
Bundan tashqari qimmatli qo-g`ozlar o`z egasi amalga oshirishi lozim
bo`lgan huquqlar, yani uning yuridik imkoniyatlari (dividend olish,
muayyan pul summasi, ashyolar olish) hamda ularni ommaviy ravishda
haqiqiy ekanligini yani uni barcha rekvizitlar bilan chiqarilgan bo`lsa
qarzdor(emitent) uni tan olish majburiyati bilan ham boshqa qimmatli
qog`ozlardan farqlanadi.
2-§. Qimmatli qog`ozlarning turlari, ularning emissiyasi tushunchasi
va faoliyati
Qimmatli qog`ozlar bir necha asoslarga ko`ra alohida turlarga
bo`linadi. Bu turlar ichida eng muhimi qog`ozning shaxslarga tegishliligi
asosida turlarga bo`linishi hi-soblanadi. Qimmatli qog`ozlar huquq
subyektlariga tegishli bo`lishiga qarab, taqdim etuvchiga tegishli, egasi
yozilgan va orderli qimmatli qog`ozlarga bo`linadi.
Basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog`liq holda
ro`yobga chiqarish uchun qimmatli qog`ozni taqdim etishning o`zi yetarli
bo`lsa, qimmatli qog`ozlar taqdim etuvchiga tegishli hujjatlar deb
hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog`ozlar erkin
muomalada bo`-lib, ularni boshqa shaxsga berish, qimmatli qog`ozda
mujassamlashgan huquqni boshqa kishiga o`tkazish, bu qim-matli
qog`ozni unga taqdim qilish bilan tugagan hisob-lanadi. Ularga obligatsiya
zayemlari, taqdim etuvchiga deb nomlangan aksiyalar, konosament
1
, oddiy
ombor guvohnomasi, ya'ni tovar olish guvohnomasi, taqdim etuvchiga
tegishli cheklar kiradi.
Mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog`liq holda ro`yobga
chiqarish uchun emitent (qimmatli qog`ozni chiqaruvchi) tomonidan yoki
uning topshirig`iga binoan qim-matli qog`ozlar borasida kasb faoliyatini
amalga oshira-yotgan tashkilot tomonidan egasining nomini qayd etish
1
Дeнгиздa юк тaшишдa қўллaнилaдигaн тoвaрнинг кимгa тeгишлилигини aниқлaйдигaн ҳужжaт бўлиб,
кoнoсaмeнт кимгa тeгишли бўлсa-шу шaxс дeнгиздa юк тaшувчидa кoнoсaмeнтдa кўрсaтилгaн юкни oлиш вa
тaсaрруф eтиш ҳуқуқигa eгa бўлaди. // Кoммeнтaрий к Грaждaнскoму кoдeксу РФ. Пoд.рeд. O.Н.Сaдикoвa . М.,
Юридфoрмсeнтр. 1997 г, 189-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
zarur bo`lsagina, qimmatli qog`ozlarda egasi yozilgan bo`ladi. Egasi
yozilgan qimmatli qog`ozni bir mulkdordan ikkin-chisiga berish paytida
hisob-kitobdagi zaruriy yozuvlar o`zgartiriladi. Bunday turdagi qimmatli
qog`ozlar bo`yicha qarzdor ma'lumotlar to`plashi, qog`ozda ko`rsatilgan
shaxsni aniqlashi va boshqa har xil usulda tekshirishi shart. Ularga egasi
yozilgan aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburi-yatlari, depozit
sertifikatlari, veksellar, qimmatli qo-g`ozlar hosilalari kiradi.
Orderli qimmatli qog`ozlarga ega bo`lgan shaxslar qimmatli
qog`ozlar bo`yicha qarzdor bo`lganlar daftarida qayd etilgan bo`lib, qarz
berish, shu qimmatli qog`oz sohibiga to`g`ri kelib qolgan bo`lsa, bunday
qimmatli qo-g`ozlar orderli qimmatli qog`ozlar hisoblanadi. Boshqacha
qilib aytganda, orderli qimmatli qog`ozlarning asosida qarzdorning
qimmatli qog`ozda ko`rsatilgan shaxsga yoki u ko`rsatgan shaxsga qarzini
to`lash majburiyati yotadi. Ularning quyidagi turlari mavjud: oddiy va
yuboriladigan veksellar, tovar omborlarining ikki tarafli guvoh-nomalari,
yuk yuborgan va yukni qabul qilib oluvchi hukmiga binoan chiqarilgan
konosamentlar.
“qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida”gi qonunning 3-
moddasiga muvofiq qimmatli qog`ozlarning quyidagi turlari mavjud:
- aksiyalar;
- Obligatsiyalar;
- xazina majburiyatlari;
- depozit sertifikatlari;
- veksellar.
Dostları ilə paylaş: |