13-BOB. Investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga
solinishi
1-§. Investitsiya faoliyati tushunchasi, turlari.
Investitsiya obyektlari
«Investitsiya» so`zi ingliz tilidan olingan bo`lib, «kapital quyilmasi»
degan manoni anglatadi.
Investitsiyalar
iqtisodiy va boshqa faoliyat
obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy nematlar hamda ularga
doir
huquqlar
hisoblansa,
investitsiya
faoliyati
subyektlarining
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq harakatlari majmui
investitsiya faoliyati
deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishning bir ko`rinishidir, shuning uchun ham
tadbirkorlikka
xos
bo`lgan
belgilar,
yani
mulkiy
mustaqillik,
tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo`lgan xususiyatdir.
Investitsiya faoliyatining subyektlaridan biri investor bo`lib, u o`z
mablag`larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag`larni, mulkiy
boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir
huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga jalb etishni amalga oshiradi.
Bunday o`ziga xos faoliyat subyektlarining yana
bir katta guruhi mavjud
bo`lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning
asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida investitsiya
faoliyatini taminlash bo`lib hisoblanadi.
Investor va investitsiya faoliyatining ishtirokchilari subyektlari
quyidagilar bo`lishi mumkin:
-O`zbekiston Respublikasining rezidentlari fuqarolari, yuridik
shaxslari;
-mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari;
-xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar
hamda
fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va
O`zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari;
-hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va
jismoniy shaxslar, shuningdek davlatlar va xalqaro tashkilotlar.
Investorlar buyurtmachi (mablag` kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi
bo`lishlari, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini
bajaruvchi ham bo`lishlari mumkin.
Gap O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari
to`g`risida ketar ekan, takidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi hududida
chet ellik investorlarning daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyati va qonun hujatlarida taqiqlanmagan
boshqa turdagi faoliyat
obyektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklari
hamda ularga doir huquqlari, shu jumladan intelektual mulkka doir
huquqlari, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday
daromad tushuniladi.
O`zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar,
chunonchi:
chet el davlatlari, chet el davlatlarining mamuriy va hududiy
organlari, davlatlararo bitimlar va boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil
topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo`lgan
xalqaro
tashkilotlar, chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil
topgan va faoliyat ko`rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har
qanday shirkatlar, tashkilotlar va uyushmalar, chet el fuqarolari bo`lmish
jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy
yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lishi mumkin.
Chet el investitsiyalari davlat yoki xususiy
investitsiyalar shaklida
bo`lishi mumkin. Birinchi shaklda davlat investitsiyalari ishtirok etib,
bunda bir davlat boshqa davlatga kreditlar yoki boshqacha shakldagi
qarzlar berishi mumkin. Bunday munosabatlarga xalqaro huquq normalari
qo`llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir mamlakat xususiy firmalari,
kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning tegishli subyektlariga
beradigan investitsiyalar tushuniladi. Investitsiya munosabatlari shu
darajada murakkab va ko`p qirraliki, ko`pincha davlatlar o`rtasidagi
munosabatlar xususiy shaxslar o`rtasidagi munosabatlar bilan uzviy
bog`langan bo`ladi.
Bunday aloqa subrogasiyada, yani investor huquq va
talablarni davlatga topshirganda yaqqol ko`rinadi.
1
Investitsiya faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat
investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish, soliq
to`lovchilar va soliq solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo`llash, normalar, qoidalar,
standartlarni belgilash, monopoliyaga qarshi choralarni qo`llash,
kredit
siyosati va narx siyosatini o`tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik
qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash, investitsiya loyihalarini
ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash va boshqa yo`llar bilan bunday
faoliyatni amalga oshiradi.
1
Тaдбиркoрлик ҳуқуқи: (Мaxсус қисм): Дaрслик //Тaҳририят ҳайъати: СЌ.Рўзинaзaрoв, A.Сaидoв, К.Рaшидoв вa
бoшқ.; Масъул муҳaррир: СЌ.Рўзинaзaрoв. –Т.: «Кoнсaудитинфoрм», 2002.873-бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy
ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
-investitsiya
faoliyati
subyektlarning
mustaqilligi
va
tashabbuskorligi;
-kiritilayotgan moddiy nematlarga investitsiya maqomini berish
(fuqaro o`zining ehtiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya
bo`la olmaydi) ;
-qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish
imkoniyati yaratilishi zarur bo`lib hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatining obyekti moddiy va nomoddiy nematlar
ishlab
chiqarish
obyektlari
hisoblanadi.
Respublikamizda
bozor
munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishi, tadbirkorlikning
taraqqiyoti mavjud mablag`larni ixtiyoriy investitsiyalash asosida faoliyat
yuritishni taqozo etadi. Investitsiya, shu jumladan chet el investitsiyalarini
huquqiy
tartibga solish, birinchidan, milliy qonun hujjatlari bilan,
ikkinchidan, xalqaro shartnomalar bilan amalga oshiriladi.
Investitsiyaning quyidagi turlari mavjud: kapital, innovasiya va
ijtimoiy investitsiya. Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni
vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab
chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo`shiladigan
investitsiyalar kiradi.
Innovasiya investitsiyalar jumlasiga texnika
va texnologiyalarning
yangi
avlodini
ishlab
chiqish
va
o`zlashtirishga
qo`shiladigan
investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini,
malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy
nematlarning
boshqa
shakllarini
rivojlantirishga
qo`shiladigan
investitsiyalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: