o`tmagan holda valuta hisob varaqlari ochishi va tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirishi uchun asos bo`ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuridik shaxs
shaklidagi tadbirkorlik
subyektlari tomonidan ham, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan
holdagi tadbirkor jismoniy shaxslar tomonidan ham belgilangan tartibda
amalga oshirilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida”
gi qonuniga ko`ra mamlakatimizda jismoniy shaxslar ham tashqi iqtisodiy
faoliyat subyektlari bo`la olishi belgilangan bo`lib, ular tomonidan xorijiy
mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari hamda xalqaro tashkilotlar
bilan o`zaro foydali iqtisodiy munosabatlar o`rnatilib mamlakatimiz
istemol bozorining to`ldirilishiga sezilarli tasir ko`rsatmoqda. Aynan
jismoniy shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari sifatida faoliyat
ko`rsatishi uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan
o`tishi lozimligi qonun hujjatlarida belgilangan. Davlat ro`yxatidan
o`tmagan holda bunday faoliyat bilan shug`ullanish taqiqlanadi.
Tashqi bozorlarga mustaqil chiqish
huquqi mulkchilik shaklidan
qatiy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi sub-yektlar uchun bir xil qilib
belgilanishi bilan birga, mil-liy manfaatlar himoyasi maqsadida, strategik
muhim re-surslar eksporti va importi markazlashtirilgan tartibda amalga
oshirilishi belgilangan. Ayni paytda respubli-kamizda paxta, ipak, oltin va
umumdavlat eksport resurs-larini tashkil
etadigan boshqa tovarlar
eksportiga doir mutlaq huquq saqlanib qolindi. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining "Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xo`jalik hisobidagi
bo`linmalarini davlat hissadorlik kompaniyalariga aylantirish to`g`risida"gi
1995 yil 14 av-gustdagi Farmoniga ko`ra, markazlashtirilgan eksport va
davlat ehtiyojlari uchun importlar qilish, tashqi savdo operasiyalarini
bajarishga
oid
xizmatlar
ko`rsatish
“O`z-markazimpeks",
“O`zsanoatmashimpeks", “Innovasiya", “Mar-kazsanoateksport"
davlat
hissadorlik tashqi savdo kom-paniyalari tomonidan amalga oshirilishi
belgilangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ushbu faoliyatni bevosita o`zlari
yoki vositachilari orqali, yoxud har ikkala shaklda amalga oshirishlari
mumkin. O`z navbatida tashqi iqtisodiy faoliyatda vositachilik ishlari bilan
shug`ul-lanuvchi korxonalarning o`zlari ham tashqi iqtisodiy mu-
nosabatlarning mustaqil subyektlari sanaladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirishlari chog`ida quyidagi majburiyatlarga
amal qilishlari
lozim:
tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi hisobotni qonun hujjatlarida
belgilanganidek taqdim etish; O`zbekiston Respublikasi hududiga olib
kirilayotgan tovarlarning O`zbekistonda belgilab qo`yilgan texnikaviy,
farmakologiya, sanitariya,
veterinariya, fitosanitariya, ekologiya stan-
dartlari va talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi belgilangan tartibda
taqdim etishi va boshqa qonun talab eta-digan majburiyatlarga ega bo`ladi.
«Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida»gi qonunning 15-moddasiga ko`ra,
O`zbe-kiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlari taminlanishini kafolatlaydi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy
faoliyat subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan
faoliyatiga aralashishga haqli emas. O`zbekiston
Respublikasining davlat
organlari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining ushbu qonunda
belgilangan huquqlarini buzuvchi hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga
yetkazilgan zararning o`rni qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi. Tashqi
iqtisodiy faoliyat subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi o`z
huquqlari va manfaatlariga daxldor bo`lgan va maxfiy tusda bo`lmagan
axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlaridan
olishga haqlidir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga
soluvchi va umum majburiy
tusdagi qonun hujjatlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi va
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ulardan erkin foydalana olishlari shart.
Dostları ilə paylaş: