Rivojlangan mamlakatlarda soliqdan bo`yintovlash, daromadlarni
yashirish va norasmiy iqtisod avj olishiga yo`l qo`ymaslikning tashkiliy-
huquqiy, mamuriy majburlash vositalari bilan bir qatorda bozor
prinsiplariga tayanuvchi iqtisodiy mexanizmlari, usullari va vositalaridan
ham keng foydalaniladi. Bunda soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni
meyorida, tadbirkorni noqonuniy xatti-harakatlar qilishga undamaydigan
darajada bo`lishiga erishish muhim ahamiyatga egadir.
Soliq munosabatlari sohasida sodir etilgan huquq-buzarliklar
yuzasidan belgilangan tartibda tekshirishlar (surishtiruv, dastlabki tergov
ham) olib boriladi va vakolatli organlar tomonidan javobgarlik
qo`llanilishi mumkin. Bunday tekshirishlar (shu jumladan surishtiruv,
dastlabki tergov)ni amalga oshirish tartiblari tegishli qonun hujjatlarida
(shu jumladan jinoyat prosessual qonunchilik normalarida) belgilab
qo`yilgan.
Soliq sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni hu-quqiy
javobgarlikka tortish yuzasidan javobgarlikka tortish muddatlari Soliq
kodeksida belgilab qo`yilgan.
Soliq kodeksining 124-moddasi soliqqa oid munosabatlardagi davo
qilish muddatlarini belgilaydi. Unga ko`ra:
soliq to`lovchining huquqlarini himoya qilish, ortiqcha to`langan
soliqlar, yig`imlar va jarimalar summasini budjetdan qaytarib olish uchun
davo qilish muddati fu-qarolik qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
soliqlar, yig`imlar va jarimalarni budjetga to`lash va undirishga doir
etirozlarni taqdim etish uchun davo qi-lish muddati quyidagicha
belgilanadi:
daromadlar
to`g`risida
deklarasiyalar
to`ldirgan,
mo-liyaviy
hisobotlarni taqdim etgan soliq to`lovchilarga nisbatan – uch yil;
soliq summasi 20 foizdan ko`proq kamaytirib ko`rsatilganligi
(yashirilganligi) aniqlanganda – besh yil.
Davo qilish muddatining o`tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq
to`xtatib turiladi, tugatiladi va tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: