Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
3-§. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solinishi 
 
 
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishidan 
xalqimiz va davlatimiz manfaatdor ekan albatta bu soha tegishli tartibda 
davlat tomonidan tartibga solib turilishini taqazo etadi. O`zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi 
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi 
vakolatli organi hisoblanadi. Vazirlikka tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida 
yagona davlat siyosati o`tkazilishini, eksportni rag`batlantirishni, xorijiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


investisiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo 
aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni taminlash ; 
- tovarlar jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini 
amalga oshirish, tashqi va ichki sotish bozorlarining istiqboli va 
samaradorligini hisobga olgan holda ularning holati va rivojlantirish 
istiqbollarini chuqur tahlil qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, 
barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlar o`rnatilishiga yo`naltirilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
- iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish 
hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integrasiyalashuvi bo`yicha 
amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning 
eksport salohiyatini 
rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga 
ko`maklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining 
huquq va manfaatlarini taminlash kabi vazifalari yuklangan. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat ham davlat tashqi siyosatining bir yo`nalishi 
sifatida, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va boshqa vositalar bilan tartibga 
solinib boriladi. Bunda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: 
tashqi iqtisodiy subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; 
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi; 
tavdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga 
yo`l qo`yilmasligi; 
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o`zaro manfaatdorlik; 
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. 
Davlat o`z milliy, umumjamiyat manfaatlari himoyasini taminlash, 
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taminlash, milliy iqtisodiyot rivojini 
rag`batlantirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solib turadi 
va u yoki bu usullar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini qo`llab-
quvvatlashligi mumkin yoki aksincha salbiy tasir qilishi mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga davlatning tasir etishi 
“bevosita" va “bilvosita" turlarda bo`lishligi mumkin, bevosita tasir etishga 
misol qilib, davlatning aniq bir eksporterga nisbatan boj to`lovlarini 
to`lashlikda imtiyozlar berish yoki ozod qilishini olsak, biron-bir mahsulot 
importi uchun yuqori bojlarni belgilashlik, cheklovlar joriy etishi bilan 
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini bu mahsulotni emas, boshqalarini 
olib kirish uchun yo`naltirishga qaratilgan tasir choralarini bilvosita tasir 
etish deb atash mumkin. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi 
qonunining 17-moddasiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat 
tomonidan tartibga solish quyidagi yo`llar bilan amalga oshiriladi: 
tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va 
takomillashtirish; valuta bilan tartibga solish; soliq bilan tartibga solish; 
tarif va notarif tartibga solish; 
O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi 
uchun himoya, kompensasiya va dempingga qarshi choralarni qo`llash; 
tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu 
jumladan miqdoriy cheklashlar o`rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari 
eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o`rnatish; qurol-
yarog`lar, harbiy texnika, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo`lgan 
tovarlar va texnologiyalarga nisbatan eksport nazo-ratini o`rnatish; olib 
kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash ; 
texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, 
ekologiya standartlari va talablarini bel-gilash; Tashqi iqtisodiy faoliyat 
subyektlari uchun pre-ferensiya va imtiyozlar berish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatga davlat tasiri quyidagi yo`nalishlarda 
amalga oshiriladi: 
1. Iqtisodiy taraqqiyotga, barqarorlikka erishish maq-sadida eksport-
import operasiyalarini tartibga solish , bojxona va valuta nazoratini amalga 
oshirish yo`li bilan. 
2. Fuqarolar sog`ligini himoyalash va ekologik xavf-sizlikni 
taminlash yo`nalishida, bunda muayyan tovarlarni O`zbekistonga olib 
kirilishi paytida ularning sifat va kelib chiqish sertifikatlariga, veterinariya, 
sanitariya guvohnomalariga ega bo`lishligi talab etiladi, hamda bunday 
hujjatlarning 
mavjud bo`lmasligi ushbu tovarlarni O`z-bekiston 
Respublikasining bojxona hududidan o`tkaz-masligiga sabab bo`ladi. 
3. O`zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun xorijiy bozorlarga 
keng 
yo`l 
ochilishini 
taminlash 
yo`nalishi 
bo`-yicha, 
bunda 
O`zbekistonning xalqaro ko`p tomonlama va ikki tomonlama shartnoma va 
bitimlari, ayniqsa, savdo-iq-tisodiy masalalarda hamkorlikni yo`lga 
qo`yish hamda ri-vojlantirishga oid shartnomalar tuzilishi, ratifikasiya 
qilinishi, O`zbekistonning halqaro tashkilotlarga azo bo`lishi, ular 
faoliyatida ishtirok etishi ushbu maqsadlarga xizmat qiladi. 
4. Davlat ehtiyojlarini taminlash yo`nalishi bo`yicha, bunda imtiyozli 
shartlarda kreditlar berish, bojxona boji va boshqa to`lovlardan ozod 
qilish, valutaning bir qismini majburiy sotish majburiyatidan ozod qilish, 
kvotalar belgilab berish kabi qulay iqtisodiy shart-sharoitlar yaratiladi va 
www.ziyouz.com kutubxonasi


shu yo`l bilan davlat ehtiyoji uchun mahsulot keltirilishi qo`llab- 
quvvatlanadi. 
5. 
O`zbekistonlik 
tadbirkorlarning 
tashqi 
bozorda 
raqobatbardoshligini taminlash va oshirib borish. Ana shu maqsadda 
O`zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to`g`risida”gi qonunida 
kompensasiya hamda dempingga qarshi bojlar qo`llash, boshqa shakllarda 
qulay shart-sharoitlar yaratib berish nazarda tutilgan. 
6. Ayrim tarmoqlar taraqqiyotini rag`batlantirish yo`-nalishi 
bo`yicha, bunda ko`proq O`zbekiston agrar-indus-trial mamlakat 
bo`lganligi tufayli qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, fermer va 
dehqon xo`jaliklari, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari har tomon-
lama qo`llab-quvvatlanmoqda hamda ularga tashqi iqti-sodiy faoliyatni 
amalga oshirilishi sohasida qulay sharoitlar yaratib berilmokda
1

O`zbekiston 
Respublikasining 
“Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
to`g`risida"gi qonunining 9-moddasiga muvofiq O`z-bekistonda tashqi 
iqtisodiy faoliyatning asosiy yo`na-lishlari quyidagilardan iborat: 
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; 
tashqi savdo faoliyati; 
chet el investisiyalarini jalb qilish ; 
O`zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investisiya faoliyati. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin