Nazorat savollari.
1. Soliq deganda nimani tushuniladi?
2. Soliqlarning qaysi turlarini bilasiz?
3. Soliq solinadigan obyekt nima?
4. Soliq krediti nima?
5. Reklama solig`i deganda nima tushuniladi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
6. Soliq to`lovchining asosiy majburiyatlarini sanab ko`rsating.
7. Iqtisodiy jazo chorasi nima?
8. Soliqlarni rag`batlantiruvchi ahamiyatini so`zlab bering.
www.ziyouz.com kutubxonasi
12-BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI HUQUQIY
TARTIBGA SOLISH
1-§. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasi va uning huquqiy
asoslari
O`zbekiston Respublikasi o`z suvereniteti va milliy mustaqilligini
qo`lga kiritganidan keyingi dastlabki yillardan boshlaboq, jahon xo`jalik
tizimi bilan uzoq vaqt davomida uzilib qolgan aloqalarni tiklashga, xalqaro
hamjamiyatga kiruvchi davlatlar bilan o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy
aloqalarni yo`lga qo`yishga kirishdi. Sobiq ittifoq davrida tashqi
siyosatning asosiy yo`nalishi bo`lgan tashqi iqtisodiy faoliyatni markaz
tomonidan amalga oshirilishi, uning davlat monopoliyasi ekanligi chet
ellarga, xususan O`zbekistonga o`zga mamlakatlar bilan bevosita aloqa
qilish imkonini berilmas edi va bu hol amalda mamlakatimizni tashqi
dunyodan ajratib qo`ydi, jahon iqtisodiy munosabatlar tizimidan ajralib
qolishiga olib keldi. Aslida bu siyosatning maqsadi, mamlakatimizni bir
tomonlama xom ashyo yetkazib beruvchi hududga aylantirishga
qaratilganligi malum bo`ldi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo`lga qo`yilishi va uni keng
rivojlantirilishi O`zbekistonning tashqi dunyoga chiqishining asosiy
usullaridan biri bo`lib qoldi.
Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy aloqalar tarkibiy jihatdan
o`zgartirilib, xom ashyoni chetga chiqarishdan tayyor mahsulotlar, yangi
texnologiya natijalarini eksport qilishga o`tila boshlandi. Jumladan, agar
1991 yilda eksportda paxtaning hissasi 77,6 foizni tashkil etgan bo`lsa,
2000 yilga kelib bu ko`rsatkich 28 foizni, mashinalar va tayyor
uskunalarni chetga sotish 1991 yilda bor-yo`g`i 1 foizni tashkil etgan
bo`lsa, 2000 yilda bu ko`rsatkich 23 foizni tashkil qildi. 2006 yilga kelib
esa 2000 yilga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 1,7 marta, eksport hajmi
1,9 marta oshganini ko`rish mumkin.
1
Bugungi kunga kelib mamlakatimiz
tashqi savdo oboroti yanada ortdi, eksport hajmi uzluksiz o`sib bormokda.
O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat davlat tashqi
siyosatining tarkibiy qismi sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch
ishlatmaslik, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish,
1
“Хaлқ сўзи”, 2007 йил 13 фeврaл
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro
huquqning umumetirof etilgan qoidalari va normalariga asoslangan holda
amalga oshirilishi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab qo`-
yilgan. O`zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati
to`g`risida”gi, “Eksport nazorati to`g`risida”gi, “Investisiya faoliyati
to`g`risida”gi, “Chet el investisiyalari to`g`risida”gi, “Chet ellik investorlar
xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida”gi
qonunlar tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy negiz
hisoblanadi. Bundan tashqari tashqi iqtisodiy faoliyatga u yoki bu darajada
daxldor bo`lgan “Valuta boshqaruvi to`g`risida”gi, “Bojxona tarifi
to`g`risida”gi,
“Tadbirkorlik
faoliyati
erkinligining
kafolatlari
to`g`risida”gi qonunlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 19 sentabr 2005 yildagi “Eksport-import operasiyalarini
tartibga solish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 sentabr 2003 yildagi
“O`zbekiston respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2 fevral 2001 yildagi №66 sonli “Tashqi savdo
faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28 avgust 1995 yildagi
№343 sonli “Eksport –import operasiyalarini tartibga keltirish borasidagi
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorlari kabi normativ hujjatlar
bilan ham tartibga solinadi.
Ushbu normativ hujjatlarda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat
siyosati, eksportni rag`batlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish, tashqi
savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va
mustahkamlashni taminlash hamda mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat
subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish asoslari belgilangan.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida”gi qonunning 3- moddasiga
muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O`zbekiston Respublikasi
yuridik va jismoniy shaxslarining, shuningdek, halqaro tashkilotlar bilan
o`zaro foy-dali iqtisodiy aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishga qaratilgan
faoliyati tushuniladi", yani O`zbekiston qonunchiligiga ko`ra tashqi
iqtisodiy faoliyat, bu O`zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari bilan
xorijiy davlatlarga mansub yuridik va jismoniy shaxslar orasidagi savdo-
iqtisodiy va boshqa xo`jalik aloqalaridan iborat. Ushbu nuqtai nazardan
qaraganda T.M.Ivanovaning: "Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda,
davlatning boshqa davlatlar bilan, savdo, iqtisodiy, texnik, madaniy,
www.ziyouz.com kutubxonasi
sayyohlik kabi sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan
faoliyatidan iboratdir"
1
, degan fikriga qo`shilish qiyin. Chunki, tashqi
iqtisodiy faoliyat uning ishtirokchilari bo`lgan yuridik yoki yakka
tadbirkor jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Davlat bu faoliyatni huquqiy
jihatdan tartibga solib borishi tashqi iqtisodiy faoliyat olib borilishi uchun
zarur qulay tashkiliy, iqtisodiy va boshqacha shart-sharoitlarni yaratib
berishi mumkin. Davlatning o`zi ham subyekt sifatida tashqi iqtisodiy
faoliyatda bevosita yoki o`zining maxsus vakolat berilgan tashkilotlari
orqali ishtirok etishi mumkin.
Tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
yo`lga
qo`yilishida
va
uning
ishtirokchilari tomonidan bu faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur
sharoitlar yaratilishida O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo
iqtisodiy faoliyatiga oid milliy qonunchiligi tizimlari bilan bir qatorda
halqaro shartnomalar, shu jumladan, ko`p tomonlama va ikki tomonlama
bitimlar hamda turli ahdlashuvlar muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 1992 yil
15 maydagi “Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga azo davlatlarning tashqi
iqtisodiy faoliyat yo`nalishida hamkorlik qilish haqidagi kelishuv”ni
shunday ko`p tomonlama shartnoma misolida ko`rsatish mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat aniq olingan sohalar bo`yicha ikki
tomonlama xalqaro shatrnomalar asosida chuqur rivojlanadi. Chunki
bunday shartnomalar iqtisodiy rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etib,
taraflarga nafaqat huquq va majburiyatlar o`rnatish, balki o`zaro hamkorlik
qilishning aniq yo`nalishlarini belgilash, hamkorlik qilishda yuzaga
keladigan muammolarni hal etishda muhim rol o`ynaydi. Chunki savdo-
iqtisodiy aloqalarda o`zaro qulay rejim (bojxona, soliq va boshqa
sohalarda) asosan ikki tomonlama bitimlarga ko`ra belgilanadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish, o`z milliy xo`jalik
yurituvchi subyektlari uchun tashqi iqtisodiy aloqalarda qulay iqtisodiy va
huquqiy rejimni yaratish sohasida o`zga davlatlar, xalqaro tashkilotlar
bilan tuzadigan ko`p tomonlama va ikki tomonlama shartnoma
munosabatlari xalqaro ommaviy huquq predmeti hisoblansa, O`zbekiston
Respublikasi milliy xo`jalik yurituvchi subyektlari tomonidan o`zga
davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslari bilan o`rnatiladigan
shartnoma aloqalari xalqaro xususiy huquqning predmeti bo`lib sanaladi.
Xo`jalik huquqi esa, xo`jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik
1
Қaрaнг: Мaртeмянoв В.С. Хозяйственное право М.:“Бeк”, 1994.2-тoм 253-б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyatini amalga oshirish jarayonida, mamlakatning bojxona hududidan
mahsulot va tovarlarni, moliya mablag`larini, olib o`tish, yoki boshqa
mamlakat hududida xizmat ko`rsatish, ish bajarish bilan yuzaga keladigan
munosabatlarni o`rganadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solishning obyekti bo`lib,
xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasida mahsulotlarni eksport va import
qilish bo`yicha yuzaga keladigan hamda boshqa mamlakat hududida
xizmatlar ko`rsatish va ish bajarish jarayonida yuzaga keladigan
munosabatlar hisoblansa, tashqi iqtisodiy faoliyat obyektlari deganda oldi-
sotdi yoki ayriboshlash mumkin bo`l-gan tovarlar (ishlar, xizmatlar), har
qanday mol-mulk, shu jumladan qimmatbaho qog`ozlar, valutalar va
valuta qim-matliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa
turlari, transport vositalari, intellektual mulk obyektlari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |