4-§. Soliqqa oid huquqbuzarlik va uning uchun javobgarlik Soliqqa oid munosabatlarda javobgarlik deganda, soliq to`lovchi
yuridik yoki jismoniy shaxsning soliq qonunchiligi talablarini o`zlarining
aybli, huquqqa xilof xatti-harakatlari (harakat yoki harakatsizlik) tufayli
buzganliklari uchun qo`llaniladigan davlat majburlov choralari nazarda
tutiladi.
1
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik asosi – bu
huquqbuzarlik tarkibidir. Bu tarkib o`z ichiga huquq-buzarlik obyekti,
obyektiv tomoni, subyekti, subyektiv tomonlarini oladi.
Huquqbuzarlik obyekti - qonun bilan muhofaza eti-ladigan ijtimoiy
munosabatlardan iborat.
Soliqqa tortish tizimlari amal qiladigan sohada
yuzaga keluvchi huquqiy munosabatlar soliqqa oid huquqiy munosabat
obyekti sa-naladi.
Soliqqa oid munosabatlarda huquqbuzarlikning obyektiv tomoni
bo`lib
soliq
to`lovchining
aniq
hatti-harakatlarida
ifodalanuvchi
huquqbuzarlik sanaladi. Huquq-buzarlik sodir etilgan joy, vaqt, holatlar
ham obyektiv tomonni aks ettiruvchi xususiyatlar hisoblanadi.
Huquqbuzarlik subyekti – bu soliq sohasida huquq-buzarlik sodir
etgan va o`z xatti-harakatlari uchun javob bera oladigan yuridik yoki
jismoniy shaxsdir. Bunda jismoniy shaxs tegishli javobgarlikka tortilish
yoshiga yetgan bo`lishi (masalan, mamuriy javobgarlikka tortish 16
yoshga to`lgan bo`lishi) lozim. Korxona, tashkilot esa odatda yuridik shaxs
maqomiga ega bo`lishi kerak.
Soliqqa oid huquqbuzarliklarning subyekt nuqtai nazaridan olgandagi
o`ziga xos jihati shundan iboratki, ularda bitta huquqbuzarlikdan ikki
shaxs
javobgarligi
yuzaga
kelishi
mumkin.
Masalan,
korxona
daromadlarining yashirilganligi ayni ushbu g`ayriqonuniy harakat uchun
yuridik shaxsga iqtisodiy javobgarlikni, korxonaning mansabdor
shaxslariga nisbatan esa huquqiy, (mamuriy yoki jinoiy) javobgarlikni
qo`llanilishiga olib kelishi mumkin.